turli xildagi texnik jihozlar ishlatiladi. Ulardan eng asosiysi va keng tarqalgan
47
-
Muzlatish apparatlari
Mashinalar sovitish muzlatgich apparatlari mahsulotlarni tez muzlatish uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, ularni tez muzlatuvchi apparatlar deyiladi.
Muzlatgich kameralar issiqlik o‘tkazmaydigan izolyasiyali to‘siqlardan iborat.
Bu kameralar havo haroratini nisbatan past holatda saqlab turuvchi sovituvchi
batareyalar bilan jihozlangan, bundan tashqari muzlatgich kameralar unda
muzlatiladigan mahsulotlarning turiga qarab osma yo‘llar, stellajlar, maxsus
telejkalar va boshqa uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular mahsulotlarni
joylashtirish va kameralar ichiga tashish uchun mo‘ljallangan. Batareyalar kameralar
devorlari yonida va potolok ostida joylashtiriladi. Ba’zi holatlarda stellajlar shaklida
kameralar maydonida joylashtiriladilar.
Muzlatgich kameralarda sovituvchi muhit sifatida havo ishlatiladi. Muzlatish
paytida havo harorati - 30
0
S da saqlanadi.
Harorat almashinuv tezligi muzlatish davomiyligini belgilovchi, bu
sovituvchi muhitning harkat tezligi hisoblanadi. SHuning uchun muzlatgich
kameralarida ventelyatorlar yordamida havo harakati yo‘naltiriladi. Harorat
almashinuvi bunday kameralarda juda qiyin bo‘lganligi sababli, mahsulotlar juda
sekin muzlaydi. Masalan havo harorati – 24
0
S bo‘lganda go‘sht tanasini muzlatish
uchun 2 sutka kerak bo‘ladi. Lekin, sovuq havoni ventelyator yordamida
harakatlartirib turganda ko‘pi bilan 36 soat vaqt kerak bo‘ladi.
Muzlatgich kameralarda muzlatish davomiyligi shuningdek, sovutgich
jihozlarining joylanishiga ham bog‘liq. Sovitgich batareyalarini bir necha qator qilib
kamera devorlari yoki shift ostiga joylashtirganga nisbatan, batareyalarni butun
kamera hajmi bo‘yicha yoyib joylashtirganda mahsulotlar tez muzlaydi.
Keyingi yillarda tunelli muzlatish kameralari keng qo‘llanilmoqda bu
kameralar yaxshi izolyasiya qilingan bo‘lib, ichki tomoni bir nechta tunellarga
ajratilgan. Tunellarning ichki devorlari bo‘ylab qovurg‘ali ammiakli batareyalar
o‘rnatilgan. Tunellar orasidagi sovuq havo almashinishi uchun teshiklar qo‘yilgan.
Muzlatgich ishlatilganda kuchli ventelyatorlar yordamida sovuq havo
almashinishi kuchayadi va to‘siqlardagi teshiklar orqali hamma tunellarga 3-4 m/sek.
tezlikda o‘tadi.
Tunellarning yuqori tomonida bir relsli osma yo‘l o‘rnashtirilgan. Har bir
tunelda alohida konveer o‘rnatilgan bo‘lib, muzlatgich ishlatilganda konveer
harakatga tushib, osma yo‘l roliklariga osilgan mol go‘shti tanalarini harkatga
keltiradi, ya’ni oldinga qarab yo‘nalitiradi. Ayrim paytlarda juda katta osyotr va
lasos turidagi baliqlarni ham shu tunellarda muzlatiladi. Tunellarda havo harorati -
35
0
S bo‘lganda va yuqorida qayd etilgan havo almashinish tezligida yarim tana
holatidagi mol go‘shti osma yo‘lga osish, muzlagandan keyin osma yo‘ldan olish
vaqtlari bilan birga 14 soatni tashqil etadi.
Bu usulning bitta kamchiligi shuki, uning ishlash davri uzlukli. CHunki
mahsulot to‘liq muzlagandan keyin osma yo‘ldan olinadi. SHuning uchun bu
jarayonni mexanizatsiyalash ya’ni uzluksiz qilish imkoniyati yo‘q.
Tez muzlatuvchi apparatlarda mahsulotlarni osma yo‘lga osish va
muzlagandan keyin osma yo‘ldan olishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish