Baliqlarni sovitish
Baliqlarni baliq tutuvchi kemalarda, agar qirg‘oqdan uzoq bo‘lmas-
qirg‘oqdagi xolodilniklarda sovitiladi. Sovitish muhiti sifatida muz, sovuq suv yoki
past konsentratsiyali osh tuzi eritmasi ishlatiladi. Baliqlarni sovitish uchun muz keng
qo‘llaniladi. Baliqlarni sovitish uchun muz ishlatiladi. Sun’iy muz tabiiy muzga
qaraganda toza, mikroorganizmalr bilan kam ifloslangan. CHunki, uni sanitariya
talablariga rioya qilingan holda, toza suvdan tayyorlaydilar.
Kerak bo‘lganda unga antiseptik va antibiotik moddalarni qo‘shish ishlatishdan
oldin, sovitiladigan mahsulot bilan yaxshi kontaktga bo‘lishi uchun uni mayda
bo‘lakchalarga bo‘ladilar. Bunda kichik kubik silindrlar, tangachalar yoki qor shaklida
tayyorlangan sun’iy muz juda qulay hisoblanadi. CHunki, un maydalashga hojat
qolmaydi. Muzni baliq ustiga qavatma-qavat sepiladi. YAshik, bochka yoki savat
ichiga avval bir qavat muz sepiladi, ustiga bir qavat baliq joylashtiriladi va ustilan yana
bir qavat muz sepiladi va ustidan bir qavat muz sepiladi va shu jarayon idish to‘lguncha
takrorlanadi.
Baliqni - 1
0
S gacha sovitish tavsiya etiladi. Bu harorat baliq to‘qimalaridagi
suvlarning muzlanishining boshlang‘ich harorati hisoblanadi. Lekin, oddiy suvdan
tayyorlangan muz bilan baliqni 2
0
S gacha sovitish mumkin. SHuning uchun dengizdan
to‘tilgan baliqlarni sovitish uchun dengish suvidan tayyorlangan muz ishlatiladi.
Bunday muz eriganda harorat – 2, 1
0
S bo‘ladi.
Maydalangan muz bilan sovitganda, baliqning sifati yaxshi saqlanadi,
qurimaydi, deformatsiyaga uchramaydi, tovarlik ko‘rinishini yo‘qotmaydi.
Lekin, muzni maydalash va baliqni ustiga qavatma-qavat qilib sepish ko‘p
mehnat talab etadi, muz kristalchalari baliq to‘qimalarini kesishi mumkin, muz esa
suvga aylanib, suvda eruvchi ayrim oziqaviy moddalarni oqizib ketadi. Muz bilan
sovitish jarayoni nisbatan sekin o‘tadi. Lekin, baliqlarni sovitishda bu usul ko‘p
jihatdan afzal hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda 2-4 % li osh tuzi eritmasi, baliqlarni sovitish uchun
qo‘llaniladigan suyuq muhit hisoblanadi. Xolodilnik mashinalari yoki muz va tuz
aralashmasi bilan - 2
0
S gacha sovitilgan osh tuzi eritmasiga baliqni botirib qo‘yishadi
yoki baliq ustidan quyib turiladi. Baliqni botirib sovitganda suyuqlik aralashtirilib
turiladi. Baliqni ustidan suyuqlikn quyib sovitganda, baliqlarni bir qator va ko‘pi bilan
ikki qator qilib panjara yoki setkali transportyor ustiga joylashtiriladi.
Suyuq muhitda sovitish, muzda sovitganda nisbatan tezroq kechadi. Suyuq
sovitgichlarni ishlatganda, sovitish jarayonini to‘liq mexanizatsiyalash, ish paytida
30
kerakli sanitariya sharoitlarini yaratish oson bo‘ladi. suyuq muhitda sovitganda baliq
tanasi tilinmaydi, qurimaydi, deformatsiyalanmaydi.
SHuni qayd etish lozimki, baliq yuzasidagi shilimshiq moddasidan ham
tozalanadi va baliqning tovar ko‘rinishini yaxshilaydi. CHunki bu modda
mikroorganizmlarning rivojalnishi uchun sababchi muhit hisoblanadi.
Sovitilgan baliqlarni yashiklarga joylashtirib xolodilnik kameralarida
saqlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |