MOLYAR KONSENTRATSIYA.
1. Suyultirish qonuni
(C1*V1=C2*V2)
1. Konsentratsiyasi 3 mol/l bo‘lgan kaliy gidroksid eritmasidan 10 ml hajmini qanday hajmgacha suyultirilganda 0,5 mol/l konsentratsiyali eritma hosil bo‘ladi?
A) 40 ml B) 50 ml C) 60 ml D) 70 ml
2. Sulfat kislotaning 0,5 molyarli eritmasidan 500 ml tayyorlash uchun 2 molyarli kislota eritmasidan qancha talab etiladi?
A)175ml B)150ml C)125ml D)200ml
3. Konsentratsiyasi 2,5 molyar bo‘lgan sulfat kislota eritmasining 15 ml miqdoridan foydalanib, necha ml 0,5 molyarli eritma tayyorlash mumkin?
A) 75 B) 80 C) 70 D) 85 E) 90
2. Molyardan % ga,
% dan molyarga o’tish
1. Zichligi 1,15 g/ml bo‘lgan 3 molyarli ortofosfat kislota eritmasidagi kislotaning massa ulushini hisoblang.
A) 0,20 B) 0,26 C) 0,29 D) 0,32 E) 0,35
2. Tarkibida 36,5% xlorid kislota tutgan eritmaning (ρ=1,18 g/sm3) molyar konsentratsiyasini hisoblang.
A) 11,8 B) 10 C) 12,5 D) 13,2 E) 14,1
3. Zichligi 1,611 g/sm3 bo‘lgan 70% li sulfat kislota eritmasining molyar konsentratsiyasini hisoblang.
A)5,57 B)11,50 C)17,45 D)23,0 E)28,75
3. Molyar konsentratsiya topish
(CM=n/V)
1. 2 litr 2 molyar eritma tayyorlash uchun qancha mol kaliy gidroksid kerak?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 6
2. 25 ml 0,5 M li eritmada necha gramm bariy xlorid erigan?
A) 3,2 B) 2,6 C) 1,8 D) 2,8 E) 3,0
3. 800 ml 2mol/l konsentratsiyali mis(II) xlorid eritmasini tayyorlash uchun necha gramm tuz talab etiladi?
A) 128 B) 216 C) 71 D) 299 E) 135
4. Aralashtirish qonuni
1. 150 g 5% li kaliy ishqori eritmasini tayyorlash uchun necha gramm KOH va suv kerak? Eritmaning molyar konsentratsiyasini toping. (ρ (eritma)=1,02 g/sm3)
A) 142,5 g H2O; 7,5 g KOH; 0,91 mol/l
B) 140 g H2O; 7,5 g KOH; 0,93 mol/l
C) 145 g H2O; 7,4 g KOH; 0,96 mol/l
D) 142,5 g H2O; 7,5 g KOH; 0,88 mol/l
E) 142 g H2O; 7,4 g KOH; 0,99 mol/l
2. Natriy gidroksidning 400 ml 1,2 M eritmasi bilan 600 ml 1,8 M eritmasi o‘zaro aralashtirildi. Hosil bo‘lgan eritmada ishqorning molyar konsentratsiyasini aniqlang.
A) 2,15 B) 1,10 C) 3,12 D) 1,56 E) 0,78
3. 100 ml 24% li sulfat kislota eritmasi (ρ=1,17 g/ml) ni 1,82 molyarli eritmaga aylantirish uchun unga necha ml suv qo‘shish kerak?
A)27,4 ml B)37,4 ml C)47,4 mlD)57,4 ml
E) 67,4 ml
5. Reaksiya tenglamasidan foydalanish
1. Kalsiy xloridning 150 ml 0,75 M eritmasi bilan reaksiyaga kirishish uchun natriy karbonatning 0,4 M eritmasidan necha millilitr kerak?
A)300,5 B)140,6 C)252,5 D)281,2 E)135
2. 3 molyarli kaliy karbonat eritmasidan qaysi hajmini (ml) 20 ml 5 molyarli kalsiy xlorid eritmasi bilan aralashtirilganda reaksiyada kalsiy ionlari to‘la qatnashadi?
A) 25 B) 29,2 C) 33,3 D) 42,2 E) 46,6
3. Konsentratsiyasi 1,0 mol/l bo‘lgan kaliy gidroksid eritmasining 50 ml orqali uglerod(IV) oksid bilan azot aralashmasidan 1550 ml miqdori (n.sh.) o‘tkazilganda nordon tuz hosil bo‘lishi aniqlangan. Gazlar aralashmasidagi uglerod(IV) oksidning hajmiy ulushini aniqlang.
A) 0,70 B) 0,75 C) 0,78 D) 0,80 E) 0,72
Do'stlaringiz bilan baham: |