Savol va topshiriqlar:
1. K.Chukovskiyning bolalar adibi sifatidagi alohida mahorati nimada?.
2. “Ikkidan beshgacha” asarining yaratilish tarixi va mundarijasi:
a ) asarda bolalarning til chiqarish masalalari talqini;
b ) bolalarning qiziqishlar olami yoxud nimavoyga aylanishi;
v ) bolalar va yolg’on, ertak munosabatiga doir;
g ) kichkintoylarning she’rto’qiy olish salohiyati;
d ) bola va obrazlar olami haqida ma’lumot bering.
3. Asar tili va ahamiyatini izohlang.
2-mavzu
:
J.Rowling “Garri Potter” romani va uning g’oyaviy-badiiy
mundarijasi (2 soat)
J.Rowling
qalamiga mansub
“Harry Potter”
romanida sehrgarlik olami orqali
yovuz kuchlarga qarshi kurashish, sehrgarlik qobiliyatni behuda sarflamaslik va
75
nazoratli boshqarish maqsadida tashkil etilgan maxsus maktab hamda uning sirli
ta’lim tizimi haqida so’z boradi. Asar olti kitobdan iborat.
Uning birinchi kitobi
“Harry Potter va Filosof toshi”
deb nomlanadi va unda
11 yoshli Harry Potter o’z ota onasi o’lganligidan, ularni yovuz sehrgar Woldemort
o’ldirganidan xabar topadi. Bu odam yovuz sehrgar bo’lib hatto uning ismi ham
odamlarda qo’rquv uyg’otar edi. Woldemort o’zining tomoniga og’dirish uchun
kuchli sehrgarlarni qidirar, kimki uning yo’liga to’g’anoq bo’lsa ayamasdan
o’ldirib yuborar edi. Potterni chaqaloqlik payti uning xolasining uyiga tashlab
ketishadi va u o’n bir yoshga kirgach, xat orqali uni Hogwarts deb atalgan va faqat
sehrgarlar o’qiydigan maktabga chaqirishadi. Ammo uning xolasi va uning eri
bunga yo’l qo’yishmaydi. Shundan so’ng shu maktabning qo’riqchisi (keyinchalik
Potterning eng yaqin do’sti) Rubius Hagreet uni xolasining uyidan o’qishga olib
keladi. Shunday qilib yosh Harry o’ziga Ron va Germiona ismli do’stlarini
orttiradi. Ular hamma to’siqlardan birga o’tib, yovuz Woldemortni Filosofiya
toshini o’g’irlashga yo’l qo’ymaydilar. Potterning ota onasini Woldemort o’ldirgan
paytda Potterga qo’l tekkiza olmagan. Chunki Harryning ota-onasi buyuk
sehrgarlar bo’lib, o’z farzandlariga juda katta sehr hadya etishgan edi. Bu sehr
Harryni xavf-xatardan himoya qilishi kerak edi. Woldemort ham shuning uchun
Potterni o’ldira olmaydi va o’z kuchini yo’qotadi. Filosof toshi esa juda buyuk tosh
bo’lib, o’zida umrboqiy yashash eliksirini ishlab chiqaradi va har qanday metalni
oltinga aylantira oladi. Woldemort nega bu toshni o’g’irlamoqchi bo’lganini
tushungan bo’lsangiz kerak. Harry bundan tashqari, ko’p qahramonliklar
ko’rsatadi. Juda ulkan va bahaybat bo’lgan trolni yengadi va Kvidich (o’sha
paytdagi o’yin turi) o’yinining eng yosh ishtirokchisiga aylanadi, shu o’yinda
g’olib chiqadi. Hogwarts maktabining direktori, sehrgarlik olamidagi eng buyuk
sehrgar Albus Dambldor yosh Harryda qandaydir iste’dod borligini va undan
kelajakda buyuk sehrgar yetishib chiqishini tushunadi.
Shunday qilib, Potterning bir yillik o’qishi tugaydi va Harry yana o’z
xolasinikiga qaytib ketadi.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |