Mo’ljallangan. Mazkur o’quv-usuliy qo’llanmada fanning o’qitish maqsad va vazifalari, talablar bayon etilgan. Shuningdek, unda ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim egallashi va uni o’zlashtirishiga e’tibor qaratilgan



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/43
Sana28.05.2022
Hajmi1,33 Mb.
#614310
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Bog'liq
chet el bolalar adabiyoti

Sharl Perro
(1625 - 1703). 1697 yilda Fransiyada "Mening onajonim 
Gusinining ertaklari" deb nomlangan kitob nashrdan chiqdi. Aslida ertakni 
o`sha davrdagi mashhur shoir, fransuz akademiyasining a`zosi Sharl Perro 
yozgan bo`lsa-da, uning muallifi P.Darmenkur deb hisoblanardi. Ko`p kitoblar 
muallifi Sharl Perro ismi sharifini "jiddiy bo`lmagan" ertaklar ostiga qo`yishni 
o`ziga eb ko`rmay, uni o`g’lining ismi sharifi bilan imzolagan edi. Lekin aynan 
shu sehrli ertaklar jahon adabiyotining oltin fondiga kirib, yozuvchiga shon-
shuhrat keltirdi. Perroning ertaklari ko`p marotaba boshqa tillarga tarjima 
qilingan va nashrdan chiqqan. Ertakning rus tilidagi tarjimasini I.S.Turgenev 
amalgam oshirgan.
Perro o`z ertaklarining so`zboshisida ertak janrining asosida yotgan 
jiddiy hamda kulgili va g’alati narsalarni uyg’unlashib ketishiga ishora 
qilib:"...bu umuman, bekorchilik emas, balki o`zida foydali pand-nasihatni 
mujassamlashtirgan... hikoyaning sho`x, o`ynoqi tuzilishini esa faqagina 
o`quvchi aqliga ko`proq yoqimli tarzda ta`sir qilish, shu bilan birga unga ham 
o`rgatib, ham xushnud qilishi uchundir..." degan edi. Bolalikning ilk davridan 
boshlab bizga "Qizil shapkacha", "Jimjimaloq bola", "Zolushka", "Etikli 
Mushukcha", "Uyqudagi malika", "Ko`k Soqol" kabi ertaklar ma`lum. Bir xil 
ertaklarning qahramonlari odamxo`r maxluqdan yoki zolim bo`ridan o`zlarini 
o`zlari qutqargan bolalardir. Bu odatga ko`ra, bibliyadagi yomonlikka 
yaxshilik bilan javob qaytargan Iosifni esga soladi. Jimjimaloq bola shu 
kabidir; muallif ertakning oxirida yozishicha, o`zining yaqinlariga yaxshilik 
qiladi va o`zining butun oilasini - ham otasini, ham og’alarini ta`minlaydi. 
Zolushka ham xuddi shundaylardan, u qanchalar go`zal bo`lsa, shunchalar 
oqko`ngil hamdir; u o`gay opalarini o`zi bilan saroyga olib ketadi. Perro 
ertaklarida yaxshilik va haqiqat g’alaba qozonadi hamda qahramonlarga 
sehrgar personajlar, “Zolushka” yoki “Etikli mushukcha”da etikdo`zning 
kichik o`g’lini cho`qintirgan onasi - oqko`ngil Feya yordam beradi. Bo`ri, 
mushuk inson tilida so`zlashadi, bu folklorning bir ko`rinishi bo`lib, muallif 
xalq ijodining boy an`analariga tayanadi hamda o`ziga xos mualliflik janrini 
yaratadi. "Qizil shapkacha" ertagida tipik fol'klor asos namoyon bo`ladi: bu 
qizil Shapkachaning buvisiga etayotgan narsasi ("pirojok nesu da gorshochek 
masla"), savollaridagi hamda buvisining kiyimiga kiyinib olgan bo`rining 
javoblaridagi takrorlash va parallelliklarda ko`zga tashlanadi. Perroning 
boshqa ertaklarida birinchi o`rinni romantik sevgi tarixi egallagan. Qahramon 
qator sinovlardan o`tib, o`zining mukofotini oladi: yaxshilik yomonlikni 
ustidan g’alaba qozonadi, ya`ni, xuddi "Uyqudagi malika" yoki "Ko`k Soqol" 


33 
ertaklaridagi kabi. Sharl' Perro ertaklari qahramonlarining nomlari 
allaqachon turdosh otlarga aylanib ulgurgan. Zolushka yoki Ko`k Soqol 
tarixlari har xil ko`rinishlarda ko`p marta jahon adabiyotida qayta-qayta 
ishlangan va saqnalashtirilgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish