Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/606
Sana31.12.2021
Hajmi2,53 Mb.
#200849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   606
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

Bilish  –  falsafa  fanining  fundamental  uslubiy  bo‘limi  bo‘lib,  u 

obyektiv borliqni inson ongida aks etishining o‘rganilishini o‘rgatadi. 

Avvalo,  mazkur  nazariyada  bilishning  obyekti  va  subyekti  tushun-

chasi aniqlanadi.  

Birinchi  tushuncha  mazmunini  bevosita  obyektiv  xatti-harakat, 

amaliyot,  insonning  moddiy  faoliyati  ya’ni  jamiyat  rivojlanishining 

asosini tashkil etuvchi shaxslar tashkil etadi. 

Ikkinchi  tushuncha  esa  insonning  o‘zi,  jamiyat,  insoniyat  ya’ni 

bilish obyektiga ijodiy yondashuvchi shaxslarni bildiradi. 

Bilish obyekti va subyektining dialektik birligi uning ishonchliligini 

va haqqoniyligini ta’minlaydi. 

Amaliyot va uning seziluvchi predmetlari - moddiy buyumlashgan, 

ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik mazmundagi tomonlari bilishning obyekti 

hisoblanadi.  Zamonaviy  fanlarning  usul  va  uslublarini  umumlashtirib 

aytish  mumkinki,  bilish  jarayonida  quyidagi  vositalardan  keng  foyda-

laniladi: analiz va sintez, eksperiment, modellashtirish, ta’kidlash kerak-

ki, bularning barchasini asoslaydigan hamda amalga oshiradigan shaxs-

lar, ya’ni mutaxassislardir. Ular mohiyatiga ko‘ra, barcha holatlarni yu-

qori darajada analiz-sintez etadigan narsa insonning fikrlash qobiliyatidir. 

Fikrlash,  ijodiy  jarayon  sifatida  tushuncha,  hukm,  xulosalarni  o‘z 

ichiga  oladi.  Obyektiv  reallik:  hodisalar,  buyumlar,  munosabatlar, 

ko‘rsatkichlar  o‘z  shakli  va  mazmuniga  hamda  xususiyatlariga  ko‘ra 




 

13

farqlanadi,  guruhlarga  ajratiladi  hamda  fikrlash  vositasida  muayyan 



tushunchani  hosil  qiladi.  Hukm  orqali  nimadir  tasdiqlanadi  yoki  inkor 

etiladi.  Tahlil  etilgan  jarayonlar  sintez  etilib,  xulosa  chiqariladi,  bilish 

nazariyasi  orqali  o‘rganilayotgan  borliqni  muayyan  obyekti  to‘g‘risida 

ishonchli va haqqoniy ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. 

Barcha  tarmoq  fanlarining  uslubiy  asosi  sifatida  bilish  nazariyasi 

iqtisodiy tahlilning mohiyati, zaruriyligi va natijasini aniqlab beradi. 

Iqtisodiy  tahlil  -  amaliy  fandir.  Agar  u  bilish  nazariyasiga  tayanib 

rivojlansa,  insonning  amaliy  faoliyatida  naflilik  va  iqtisodiy  samara-

dorlik oshadi. Bu esa fanning amaliy hayotda o‘z o‘rnini topganligidan 

dalolat  beradi.  Iqtisodiy  tahlil  o‘z  faoliyatida  dialektikaning  asosiy 

tamoyillariga asoslanadi. Ular quyidagilardan iborat:      

- doimo harakat;  

- o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqlik; 

- sabab-oqibat; 

- koordinatsiya va subkoordinatsiya; 

- qarama-qarshilik; 

- miqdor o‘zgarishidan sifat o‘zgarishi; 

- inkorni-inkor va boshqalar. 

Tahlilning  xususiyati,  zaruriyligi  va  qimmatli  tomoni,  u  voqea  va 

hodisalar dinamikasini o‘rganadi. 

Bu  jarayonda  mazkur  fan  tadqiq  qilish  mumkin  bo‘lgan  obyektiv 

reallik;  predmet  va  hodisalar  u  yoki  bu  tomon  hamda  jihatlarga  ko‘ra 

boshqalar  bilan  bevosita  va  bilvosita  bog‘liq  bo‘lgan  holda,  doimo 

harakatda, o‘zgarishda deb o‘rganiladi. 

Iqtisodiy  hodisalarni  bir-biriga  bog‘liqligini,  o‘zaro  harakatlarini, 

alohida  yuzaga  chiqishini  va  boshqa  tomonlarini  o‘rganmasdan  turib, 

ularning tuzilishi, harakat qonunlari, xususiyatlarini o‘rganib bo‘lmaydi. 

Bu esa muayyan iqtisodiy obyektni muhim belgilariga ko‘ra bo‘laklarga 

bo‘lib,  so‘ngra  ularni  umumiyligini  ta’minlovchi  jihatlarini  tahlil 

yordamida aniqlab tegishli xulosalar olishda hamda ulardan amaliyotda 

foydalanishda juda muhimdir.  

Inson tomonidan iqtisodiy faoliyatdagi turli voqealar kuzatilib ular-

ning natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi, ya’ni faktlar to‘planadi.  

Ma’lumki  fanda  voqealar  bevosita  o‘zi  tahlil  etilmaydi,  balki  ular 

qayd etilgan faktlar bo‘yicha o‘rganiladi. 

Emperik  bilishlar  bo‘yicha  qayd  etilgan  faktlar  fanga  kiritiladi, 

qayta ishlanadi va saqlanadi, lekin inson tomonidan qayd etilgan faktlar 



 

14

bir butun voqea yoki predmetni o‘rganish uchun yetarli hisoblanmaydi. 



Buning  uchun  o‘rganilayotgan  obyekt  muayyan  belgilar  bo‘yicha 

guruhlar  va  yoki  bo‘laklarga  ajratilishi  zarur.  Bulardan  ma’lum  bo‘l-

moqdaki,  aniq  obyekt  to‘g‘risida  ilmiy  faktlar  to‘plash,  ularni  tahlil 

qilishdan  boshlanar  ekan.  Yuqorida  aytilganlardan  shu  xulosaga  kelish 

mumkinki tahlil, jamiyat yoki tabiatdagi voqea va hodisalarni o‘rganish 

usuli bo‘lib yuzaga chiqadi. 

Bir butun obyektni fikran bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish tahlilda o‘ta 

ahamiyatli  tadqiqot  usuli  bo‘lib  hisoblanadi.  Mazkur  usul  o‘rganila-

yotgan  hodisani  ichki  mohiyatini  ochishda  va  uni  turli  omillarga 

bog‘liqligini  aniqlashda  juda  muhimdir.  Bunday  fikrlashda  falsafaning 

abstrakt usul-uslublaridan keng foydalaniladi. Tahlilda bir butun hodisa 

yoki  predmet  bo‘laklarga  bo‘linib,  uning  har  bir  alohida  tomonlari 

o‘rganiladi,  lekin  bu  bilan  o‘rganilayotgan  obyektni  to‘la  ma’noda 

tavsiflab  bo‘lmaydi.  Buning  uchun,  obyektni  o‘rganilayotgan  tomonla-

rini umumlashtirib, umumiy jihatlarni hosil qilish kerak. Mazkur masala 

sintez usuli bilan amalga oshiriladi. 

Ta’kidlash kerakki, hodisa yoki jarayonlar o‘rganilib ilmiy xulosalar 

chiqarilishida  tahlil  va  sintez  usuli  birgalikda  harakat  qiladi.  Mazkur 

tartib  obyektning  dialektik  birligini  ta’minlaydi.  Bu  bilan  tadqiq 

etilayotgan predmet yoki hodisalarning dialektik birligini har tomonlama 

bilish  mumkin.  Faktlar  tahlilidan  nazariy  sintezga  o‘tish  induksiya  va 

deduksiya metodlari yordamida amalga oshiriladi. 




Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   606




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish