«Mustaqillik» fermer xo‘jaligi mulkining tahlili
Yil boshida
Yil oxirida
O‘zgarishi (+,-)
№
Mol-mulkning
tarkibi
Ming
so‘m
%
Ming
so‘m
%
Ming
so‘m
%
Yil boshiga
nisbatan %
1 Uzoq muddatli
aktivlar
251184 73,7 265548
71,7
14364
-2,0
5,7
Joriy aktivlar
89545
26,3 104694
28,3
15149
2,0
16,9
2
Shu jumladan:
a Tovar moddiy
zaxiralar
7946
2,3
12216
3,3
4270
1,0
53,7
b
Pul mabag‘lari va
qimmatli
qogozlar
834
0,2
-
-
-0,2
0,0
d Debitorlar
80765
23,7
92478
25,0
11713
1,3
14,5
Balans aktivining
jami:
340729 100
370242
100
29513
0,0
8,7
Ushbu jadvalda «Mustaqillik» fermer xo‘jaligining mulki, ham
mutlaq, ham nisbiy ko‘rsatkichlar asosida hisob-kitob qilingan.
Xo‘jalik faoliyati tahlilida nisbiy kattalikning turli shakllari
qo‘llaniladi: makoniy taqqoslash, rejaviy topshiriq, reja bajarilishi,
dinamika, struktura, koordinatsiya, intensivlik, samaradorlik.
Makoniy taqqoslash nisbiy kattaligi ayni bir davr yoki bir vaqt
momenti bo‘yicha olingan turli obyektlarga tegishli ko‘rsatkichlarning
darajasini taqqoslash natijasida olinadi.
Rejaviy topshiriqni taqqoslash nisbiy kattaligi ko‘rsatkichni joriy
yil rejaviy darajasining o‘tgan yil haqiqatdagi yoki 3-5 yil oldingi
o‘rtachasi darajasiga nisbatini o‘zida aks ettiradi.
Reja bajarilishi nisbiy kattaligi – ko‘rsatkichning hisobot davrining
haqiqatdagi va rejaviy darajasi o‘rtasida foizlarda ifodalangan nisbatida
ifodalanadi.
Dinamika nisbiy kattaligi qandaydir vaqt oralig‘ida ko‘rsatkich-
larning o‘zgarishlarini tavsiflash qo‘llanilishi uchun va joriy davr
ko‘rsatkichlari kattaliklarini uni oldingi davr (oy, kvartal, yil) darajasiga
bo‘lish yo‘li bilan aniqlaydi. Ular o‘sish sur’ati deb aytiladi va odatda,
foiz yoki koeffitsiyentlarda ifodalanadi. Dinamikaning nisbiy kattaliklari
bazis va zanjirli bo‘lishi mumkin.
74
Struktura ko‘rsatkichi – bu qismning umumdagi ulushi (solishtirma
salmog‘i) bo‘lib, foiz yoki koeffitsiyentlarda ifodalanadi. Misol uchun,
umumiy ekin maydonida donli ekinlar solishtirma salmog‘i, korxo-
naning xodimlari umumiy miqdorida ishchilarning solishtirma salmog‘i,
korxonaning aktivlari shakllanishida o‘z kapitalining solishtirma sal-
mog‘i va shu kabilar.
Koordinatsiya nisbiy kattaligi bir qism va umumiy ko‘rsatkichning
o‘zaro nisbatini o‘zida aks ettiradi, misol uchun asosiy ishlab chiqarish
fondlarining aktiv va passiv qismlari, o‘z hamda qarz kapitali va
boshqalar.
Intensivlik nisbiy kattaligi biror hodisaning muhit bilan mutano-
siblikda rivojlanishi darajasini ko‘rsatadi. Misol uchun, xodimlar va
ishchilar tarkibida yuqori malakali ishchilar foizini oshib borishi va shu
kabilar.
Samaradorlik nisbiy kattaligi – bu foydalilikni resurslar yoki xara-
jatlar bilan nisbatini ifodalab beradi. Misol uchun, mahsulot sotishdan
olingan foydani ishlab chiqarish xarajatlarining bir birligiga to‘g‘ri
kelishi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |