Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


«Iqtisodiy  tahlil»  fanining  predmeti  deb  –  turli  mulk  shaklidagi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/606
Sana31.12.2021
Hajmi2,53 Mb.
#200849
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   606
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

«Iqtisodiy  tahlil»  fanining  predmeti  deb  –  turli  mulk  shaklidagi 

firma,  uyushma,  birlashmalarning  (xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar-

ning)  moliyaviy-xo‘jalik  jarayonlarini  sodir  bo‘lishi,  rivojlanishi  va 

o‘zgarishini  ijtimoiy-iqtisodiy  samaradorligi  hamda  moliyaviy 

barqarorligi,  to‘lov  qobiliyati,  raqobatga  chidamli  bo‘lib  faoliyat 

ko‘rsatishi  uchun  zarur  texnik,  tashkiliy,  moddiy,  moliyaviy, 

innovatsion  boyliklardan  oqilona  foydalanayotganligiga  baho 

berishga  aytiladi.  Bunday  o‘rganishda  jamiyatda  amal  qilayotgan 

obyektiv  va  subyektiv  qonunlarga  tayanadi  hamda  ko‘pgina  axborot 

manbalaridan foydalanadi».  

Fanning  predmeti  ta’rifidan  shu  narsa  ko‘rinadiki,  iqtisodiy  tahlil 

korxonalarning  xo‘jalik  jarayonlari  va  boshqa  faoliyatlari  hamda  ular-

ning  yakuniy  moliyaviy  natijalarini  o‘rganadi.  Korxonalardagi  xo‘jalik 

jarayonlari  asosiy  faoliyat,  ularni  tashkil  etish  hamda  yuritish  bilan 

bog‘liq  bo‘lgan  barcha  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlarni  qamrab  oladi. 

Korxonaning  boshqa  faoliyatlarini  xo‘jalik  jarayonlari  bilan  birgalikda 

amalga  oshiriladigan  moliyaviy  hamda  investitsiya  faoliyatini,  soliq 

to‘lovlari  kabi  munosabatlar  tashkil  etadi.  Iqtisodiy  tahlilda  korxona 

iqtisodi faqat dinamik holatda emas, balki statik tarzda ham o‘rganiladi. 

Korxona faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga 

kelgan xo‘jalik jarayonlari mazmuni quyidagicha izohlanadi. Tahlilning 

predmetini  o‘rganishda  faqat  sodir  bo‘layotgan  ijtimoiy-iqtisodiy 

jarayonlar bilan cheklanib qolish yetarli bo‘lmas edi. Tahlildan maqsad 

mavjud  natijaga  odilona  baho  berish  bilan  birgalikda  yo‘l  qo‘yilgan 

kamchiliklarni  kelgusida bartaraf  etish  va shu  orqali  tahlil  qilinayotgan 

obyektning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilashdan iboratdir. 

Korxonalar  faoliyatiga  baho  berishda  o‘rganilayotgan  iqtisodiy 




 

35

hodisa va jarayonlarga bog‘liq bo‘lgan subyektiv omillarni ham e’tibor-



ga olib tahlil qilinadi. Subyektiv (ichki) omil deyilganda korxonalarning 

amaliy  faoliyati  bilan  yuqori  samaradorlikka  erishish,  ya’ni  mehnat, 

moddiy  va  asosiy  fondlardan  oqilona  foydalanish  hisobiga  ko‘proq 

mahsulotlar  ishlab  chiqarishda  hamda  yuqori  foyda  olish  evaziga 

korxonalar faoliyatini yaxshilash mumkinligini ham o‘rganadi. 

Obyektiv  (tashqi)  omillar  deyilganda,  korxona  faoliyatiga  mutlaqo 

bog‘liq bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya’ni davlat siyosatining o‘zgarib 

turishi, bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi, baho, tabiiy omillar va 

hokazolar. 

Iqtisodiy manbalardan foydalanib o‘rganish deyilganda esa buxgal-

teriya,  statistik,  tezkor  hisob  ma’lumotlaridan  foydalangan  holda  kor-

xona  va  firma  faoliyati  aniq  raqamlar  bilan  o‘rganiladi  va  umum-

lashtiriladi.  Chunki,  iqtisodiy  manbalar  korxonalarda  sodir  bo‘layotgan 

hodisa va jarayonlarni aniq o‘lchaydi, aks ettiradi va baho beradi. 

Har qanday fanning obyekti bo‘lishi lozim, ammo, «Iqtisodiy tahlil» 

fanining  nazariyasiga  bag‘ishlangan  eng  so‘nggi  adabiyotlarda  ham  bu 

masalaga  yetarlicha  e’tibor  qaratilmagan.  Shu  tufayli  fanning  predmeti 

bilan obyekti ko‘p hollarda bir xil tushunchalar deb qaraladi. Bu esa, o‘z 

navbatida,  nazariy  jihatdan  asossiz,  chalkash  xulosalarga  olib  kelishi 

mumkin. 


Har  qanday  fanning  obyekti  uning  predmeti  qayerlarda  amalga 

oshishini  ko‘rsatib  beradi.  «Iqtisodiy  tahlil»  fanining  predmeti  hozirgi 

bozor  munosabatlari  shakllanayotgan  sharoitda  ko‘p  mulkchilikka 

asoslangan barcha yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik faoliyatida 

mujassam. Shu tufayli, tahlil fanining obyektiga davlat, jamiyat tashki-

lotlari,  uyushmalar,  trestlar,  birjalar,  korxonalar,  tashkilotlar  va  boshqa 

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik jarayonlari kiradi. Bu obyekt-

lar iqtisodiy asosi jihatidan davlat, jamoa, aksiyadorlik, xususiy, xorijiy 

va aralash kabi mulk shaklida faoliyat ko‘rsatadigan obyektlarga bo‘linadi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  o‘ziga  xos  va  mos  iqtisodiy  taraqqiyot 

yo‘lini  tanladi.  Bu  mustaqil  yo‘l  bilan  hamma  sohada,  xususan,  milliy 

hisoblar  tizimida  ham  jahon  andozalariga  bosqichma-bosqich  o‘tish 

ko‘zda  tutilgan.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  mulk  shaklidan  qat’iy  nazar, 

tahlilning bir xil metodologik usulini yoritishni taqozo etadi. 

Obyektning va davrning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu fan 

predmetining  mohiyati  o‘zgarmasligi,  obyekt  esa  tahlilning  qaysi  ma-

konda o‘tkazilishiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Shu jihatdan uning 



 

36

predmeti obyektidan mazmun va mohiyati jihatidan tubdan farq qiladi. 



Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  «Iqtisodiy  tahlil»ning  sub-

yektlari tahlil obyektini kim tomonidan o‘rganilishiga qarab belgilanadi, 

ya’ni hozirgi vaqtda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini juda ko‘p 

mutaxassislar, mulkdorlar, davlat idoralari xodimlari tahlil qiladilar. 

Tahlil  ishlarini  amalga  oshiruvchi  tahlil  subyektlari  tarkibiga 

korxona  (firma),  tashkilot  va  uyushmalarning  oddiy  xodimidan  rahbar 

xodimigacha  bo‘lgan  barcha  xodimlari,  buxgalterlar,  iqtisodchilar, 

menejerlar,  boshqaruv  idorasi  xodimlari,  statistika  idoralari  xodimlari, 

auditorlar,  moliya  tashkilotlari  xodimlari,  texnik  xizmati  xodimlari, 

mehnat  birjasi  xodimlari,  atrofni  muhofaza  qilish  tashkiloti  xodimlari, 

marketing xizmati xodimlari, bank va birjalar xodimlari kiradi. 

 

 




Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   606




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish