Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


 Iqtisodiy tahlil fanining predmeti haqida tushuncha



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/606
Sana31.12.2021
Hajmi2,53 Mb.
#200849
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   606
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

1.4. Iqtisodiy tahlil fanining predmeti haqida tushuncha 

 

Respublikamizda  raqobatdosh  iqtisodiyotni  shakllantirish  jarayo-

nida korxonalarning yanada rivojlanishi bevosita ularni boshqarish tizi-

miga bog‘liqdir. Iqtisodiyotda korxonalar faoliyatini samarali boshqarish 

uchun  esa  ular  faoliyatini  muttasil  o‘rganib,  tahlil  qilib  turish  kun 

tartibidagi  asosiy  masalalardan  biri  bo‘lib  hisoblanadi.  Shuning  uchun 

ham barcha boshqaruv bo‘g‘inlarida iqtisodiy tahlil  muhim ahamiyatga 

ega,  chunki,  iqtisodiy  tahlil  vositasida  axborotlar  hamda  ma’lumotlar 

o‘rganilib, qayta ishlanib jamiyat hamda alohida olingan korxonalarning 

faoliyati tezkorlik bilan yo‘lga solib turiladi.  



Fan  -  texnika  yangliklari  asosida  ishlab  chiqarishni  yangi  texnika 

hamda  texnologiya  bilan  ta’minlash,  modernizatsiya  qilingan  ishlab 

chiqarish imkoniyatlaridan jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo‘ja-

lik  mexanizmini  zamonaviy  usullar  hamda  yangi  innovatsion  g‘oyalar 

bilan  takomillashtirish  negizida  iqtisodiyotni  rivojlantirish  hamda  shu 

asosda  xalqimizning  farovonligini  yanada  yuksaltirish  hozirgi  davrda 




 

33

oldimizda turgan dolzarb vazifalardir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ba-



jarish  uchun  sanoat  korxonalarining  faoliyatini  har  tomonlama  hamda 

muntazam tarzda iqtisodiy tahlil qilish darkor.  

Erkin  iqtisodiy  munosabatlar  sharoitida  iqtisodiy  tahlil  jarayonida 

o‘rganilayotgan  hodisa  yoki  jarayon  maydadan-yirikka,  oddiydan-mu-

rakkabga yoki aksincha, umumiylikdan eng kichik omilga qadar o‘rga-

nadi hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi e’tiborga 

olinadi. Demak, iqtisodiy tahlil fani firma va korxonalarning iqtisodiy – 

ijtimoiy  faoliyatini  obyektiv  va  subyektiv  omillarni  e’tiborga  olgan 

holda o‘rganadi. 

Fanning  predmeti,  shu  fan  nimani  o‘rgatadi  degan  savolga  javob 

berishi lozim bo‘ladi. Har qanday mustaqil fan o‘zining predmetiga ega. 

«Iqtisodiy  tahlil»  fanining  predmetiga  keng  ma’noda  qaraydigan 

bo‘lsak,  u  iqtisodiy  fan  sifatida  tahlil  qilinayotgan  obyekt  xo‘jalik 

faoliyatining  barcha  sohalarini  o‘z  ichiga  oladi,  lekin  har  bir  iqtisodiy 

fan o‘ziga xos xususiyatga, o‘zi o‘rganadigan predmetiga ega. Bu faqat 

shu  fanga  xos  bo‘lib,  imkoni  boricha  boshqa  fanlarda  takrorlanmasligi 

lozim.  Bu  talab  shu  fanning  mustaqil  fan  sifatida  faoliyat  ko‘rsatishi 

uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi. 

«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti tom ma’noda tahlil qilinayotgan 

obyektning  xo‘jalik  faoliyatidir,  ammo,  «Boshqaruv  hisobi»,  «Moliya-

viy  hisob»,  «Statistika»,  «Moliya»,  «Audit»,  «Marketing»,  «Menej-

ment» kabi fanlarning ham predmeti keng ma’noda xo‘jalik faoliyatidir. 

Bu fanlar ham xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan ijtimoiy – iqtisodiy 

jarayonlarning u yoki bu jihatini o‘rgatadi. Demak, har bir fanning, shu 

jumladan,  «Iqtisodiy  tahlil»  fanining  o‘ziga  xos  va  mos  jihatini,  unga 

tegishli predmetini aniqlab olish lozim. 

Tahlil  fani  xo‘jalik  faoliyatida  sodir  bo‘layotgan  barcha  ijtimoiy-

iqtisodiy  jarayonlarni  o‘z  ichiga  oladi,  ammo  bu  jarayonlarning  sodir 

bo‘lish  paytini  emas,  balki  uning  natijasini  o‘rganadi,  obyektda  sodir 

bo‘ladigan  iqtisodiy  jarayonlar  uning  biznes-rejasida  ko‘zda  tutilgan 

ma’lumotga  asoslansa,  jarayonning  sodir  bo‘lishini  qonuniy  jihatdan 

hujjatlashtirish bilan «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob» va «Statis-

tika»  kabi  fanlar  shug‘ullanadi.  Shu  jarayonlarning  natijasi  ma’lum 

davrlarda  (oy,  chorak,  yil)  jamlanib  boriladi  va  turli  hisobotlarda  o‘z 

aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan 

hujjatlarga asoslanadi. 

 



 

34

«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti haqida turli iqtisodiy adabiyot-



larda  iqtisodchi  olimlarning  qarashlari  turlicha  talqin  etilgan.  Masalan, 

iqtisodchi  olim  M.Q.Pardayev  tahlilning  predmetiga  quyidagicha  ta’rif 

bergan:  «tahlil  fanining  predmeti,  xo‘jalik  faoliyatida  obyektiv  (tashqi) 

va  subyektiv  (ichki)  omillar  ta’sirida  sodir  bo‘lgan,  bo‘layotgan  va 

bo‘ladigan  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarni  ma’lumotlar  manbayida 

ifodalangan  ko‘rsatkichlar  tizimi  orqali  uning  holatiga  baho  berish  va 

yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iboratdir». 

Ushbu  olimning  fikrlariga  qo‘shilgan  holda,  biz  hozirgi  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitida  «Iqtisodiy  tahlil»  fanining  predmetiga  quyida-

gicha ta’rif berishni lozim deb topdik.  




Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   606




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish