bajarilishi tahlili
Mahsulot turlari
|
Biznes-reja bo‘yicha
|
Haqiqatda
|
Biznes-rejaning bajarilishi, %
|
«A» mahsuloti:
|
|
|
|
Yanvar
|
7880 * 8950=70526
|
8129 * 8950=72754,6
|
103,16
|
Fevral
|
7160 * 8950=64082
|
8032 * 8950=71886,4
|
112,18
|
Mart
|
7580 * 8950=67841
|
8229 * 8950=73649,5
|
108,56
|
Jami:
|
22620 * 8950=202449
|
24390 * 8950=218290,5
|
107,82
|
«B» mahsuloti:
|
|
|
|
Yanvar
|
9560 * 7600=72656
|
10567 * 7600=80309,2
|
110,53
|
Fevral
|
9010 * 7600=68476
|
9561 * 7600=72663,6
|
106,11
|
Mart
|
9120 * 7600=69312
|
9067 * 7600=68909,2
|
99,42
|
Jami:
|
27690 * 7600=210444
|
29195 * 7600=221882
|
105,43
|
«V» mahsuloti:
|
|
|
|
Yanvar
|
3870 * 3460=13390,2
|
3051 * 3460=10556,5
|
78,83
|
Fevral
|
3270 * 3460=11314,2
|
3157 * 3460=10923,2
|
96,54
|
Mart
|
3210 * 3460=11106,6
|
3171 * 3460=10971,7
|
98,78
|
Jami:
|
10350 * 3460=35811
|
9379 * 3460=32451,4
|
90,62
|
Hammasi
|
448704
|
472623,9
|
105,33
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
Yanvar
|
156572,2
|
163620,3
|
104,50
|
Fevral
|
143872,2
|
155473,2
|
108,06
|
Mart
|
148259,6
|
153530,4
|
103,55
|
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida aksionerlik jamiyatining birinchi chorak mobaynida mahsulot sotish rejalarining natura va qiymat ifodalarida bajarilishiga baho berishimiz mumkin bo‘ladi. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, korxonada «A» mahsulotini sotish rejasi birinchi chorakda jami natura shaklida 1770 donaga ko‘p bo‘lgan, ya’ni reja 107,82 % ga bajarilgan. «A» mahsulotini sotish bo‘yicha rejaning bajarilishi birinchi chorakning yanvar oyida 103,16 % ni, fevral oyida 112,18 % ni, mart oyida esa 108,56 % ni tashkil etgan. Bundan ko‘rinadiki, «A» mahsulotga bo‘lgan bozor talabi yuqori ekan, ya’ni ushbu mahsulot korxona uchun yuqori rentabelli mahsulot hisoblanar ekan. «B» mahsulotni sotish bo‘yicha birinchi chorak rejasi jami 105,43 % ga ado etilgan bo‘lsada, sotish rejasi yanvar oyida 110,53 % ni, fevral oyida 106,11 % ni tashkil etgani holda, mart oyida esa sotish rejasi 0,58 % ga bajarilmagan, demak, ushbu mahsulot turiga oxirgi oylarda bozordagi talab pasayib borayotganligidan dalolat beradi. Korxona ma’muriyati ushbu mahsulotning tobora kamroq sotilish sabablarini aniqlashi va tegishli choralar ko‘rishi lozim bo‘ladi. Korxonada birinchi chorakda «V» mahsulotini sotish rejasi 90,62 % ni tashkil etgan, ya’ni belgilangan reja 9,38 % ga bajarilmagan. Bunga sabab ushbu mahsulotni sotish rejalari birinchi chorakning yanvar oyida 78,83 % ga, fevral oyida 96,54 % ga, mart oyida esa 98,78 % ga bajarilishi ta’sir etgan. Bundan ko‘rinadiki ushbu mahsulotga bo‘lgan bozordagi talab borgan sari yaxshilanib bormoqda va so‘nggi oylarda deyarli sotish rejalashtirilgan mahsulot hajmida mahsulot sotilmoqda ekan. Korxona ma’muriyati esa ushbu mahsulotga bo‘lgan iste’molchilarning talablarini yanada puxtaroq o‘rganishi hamda ko‘proq mahsulot sotish choralarini topishi lozim bo‘ladi.
Umuman olganda, korxonada birinchi chorak mobaynida uch xil turdagi mahsulot sotish rejalari umumiy tartibda to‘liq bajarilgan. Bu albatta yaxshi natijadir, faqatgina, korxona mahsulot sotish hajmlariga salbiy ta’sir etayotgan omillarni aniqlashi va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishi darkor. Mazkur jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, korxona mahsulotni iste’molchilarga jo‘natish rejasini birinchi chorakda 105,33 % (472623,9* 100:448704)ga bajargan. Belgilangan assortimentda reja bajarilgan. Mahsulot jo‘natish rejasini bunday tarzda bajarilishi korxonani bir maromda ishlab chiqarishni tashkil etishga harakat qilayotganligidan dalolatdir. Tahlil davomida mahsulot yetkazib berilmagan iste’molchilar aniqlanadi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralari belgilanadi.
Mahsulotlarning turlari bo‘yicha reja bajarilishining tahlili bilan bir qatorda assortimenti tahlilini ham amalga oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |