N = R * * yoki
R F
Demak, bu formulaga muvofiq mahsulot hajmi uch omilga bog‘liq:
korxonani xodimlar bilan ta’minlanishi, mehnatni fond bilan qurollanishi, asosiy vositalarning fond qaytimi.
Sotish hajmi indeksining dinamikasi «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» (shakl-2) ma’lumotlari asosida inflatsiya darajasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
I N = N 1 ,
N 0
Ishlab chiqarish turg‘un holatga ega bo‘lish sharti: IN » iinf , bunda iinf - o‘tgan yilga nisbatan inflatsiya indeksi. IN > iinf - bo‘lsa ishlab chiqarish o‘sishini; IN < iinf - ishlab chiqarish pasayishini ifodalaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini oshirish rezervlarini manbalari 14-chizmada keltirilgan.
14-chizma. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarini oshirish rezervlari manbayi.
Ishlab chiqarish amaliyoti natijalarini kuzatishga ko‘ra korxonaning optimal ishlash quvvati 70-80 foizni tashkil etadi. Bu optimal darajadan mashina va uskunalarni ishlashini past bo‘lishi zararga, undan yuqori bo‘lishi riskni kuchaytiradi, ya’ni mashina va uskunalarni buzilishiga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi va oborot mablag‘lar zaxiralarini nisbati orqali mahsulot ishlab chiqarish darajasi va uning dinamikasini o‘rganish mumkin. Bu metod quyidagi tajriba natijalariga tayangan:
Tayyor mahsulot qoldig‘ini pasayishi, ishlab chiqarish hajmini ortishiga va buning aksi bo‘lgan hollarda mahsulot hajmini kamayishiga olib keladi. Talabga nisbatan ishlab chiqarishni yuqori bo‘lishi, tayyor mahsulot qoldig‘ini ortishiga sabab bo‘ladi, demak, ishlab chiqarish darajasini egri usuli – zaxiralarning aylanishini ifodalaydi. Zaxiralarning aylanish tezligini ortishi ishlab chiqarishni yuqori darajada olib borishni ta’minlaydi.
Amaldagi e’lon qilinayotgan moliyaviy hisobotning ikkinchi shakli «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» ma’lumotlarida sotilgan mahsulotlar hajmini o‘tgan va joriy yillardagi ko‘rsatkichlarini o‘rganish uchun sotishdan sof tushum, sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi kabi ko‘rsatkichlar aks ettirilmoqda. Bu ma’lumotlar ham tahlil uchun muhim manba sifatida foydalaniladi.
Korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishda miqdoriy ko‘rsatkichlarni o‘rganish muhim o‘rin egallaydi. Bunda mahsulot turlari bo‘yicha dona, metr, tonna va hokazo birliklarda ishlab chiqarish sur’ati, dinamikasi va o‘zgarish darajalarini aniqlash borasidagi tahlilning imkoniyatlari yaratiladi.
Boshqaruv tahlilida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini o‘rganishda shartli – miqdoriy ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi. Ayniqsa, tovarlar hajmini o‘rganishda, masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda ming shartli banka, paxtani qayta ishlovchi korxonalarda shartli – paxta toyi, poyafzal ishlab chiqaruvchi korxonalarda shartli – juft oyoq kiyimlari kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi.
26-jadval Aksionerlik jamiyatida mahsulot ishlab chiqarishning umumlashtirilgan ko‘rsatikichlari tahlili (ming so‘mda)
Do'stlaringiz bilan baham: |