Mahsulot turi
|
Sotish hajmini o‘sish (pasayish) sur’atlari %
|
Yetakchi
|
Mahsulotni jami sotish hajmidagi ulushi, %
|
A
|
86,2
|
2,0
|
32,6
|
B
|
110,0
|
1,6
|
8,5
|
D
|
114,4
|
0,7
|
1,7
|
E
|
130,0
|
1,2
|
31,4
|
F
|
160,0
|
1,5
|
5,8
|
J
|
166,7
|
0,1
|
1,3
|
Z
|
60,0
|
2,2
|
4,5
|
K
|
70,0
|
1,0
|
8,9
|
L
|
44,4
|
1,0
|
5,2
|
Test savollari:
1. Qaysi javobda Kompleks marketing tahlilining an’anaviy usullari tarkibiga kiruvchi usul to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
taqqoslash usuli;
integral usul;
chiziqli programmalashtirish usuli;
nazariy o‘yin usuli.
2. Qaysi javobda iqtisodiy – matematik usullari tarkibiga kiruvchi usul to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tilgan?
balansli bog‘lanish usuli;
iqtisodiy tashxis qo‘yish usuli;
guruhlashtirish usuli;
taqqoslash usuli.
3. Talabning o‘zgaruvchanligi nimalarga bog‘liq?
baho o‘zgarishi va holatiga;
xaridorlarning didi va istagiga;
xaridorlarning soni, xarid qilish imkoniyatlariga;
barcha javoblar to‘g‘ri.
4. Yuqori sifatga erishish uchun tovar qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak?
texnik parametrlar;
estetik parametrlar;
ergonomik parametrlar;
barcha javoblar to‘g‘ri.
5. Bozorni xaridorligi:
mahsulot sotish hajmi, mahsulot bahosi, sotishdan kelgan tu-
shum, foyda;
sotilgan mahsulot miqdori, mahsulotning o‘rtacha bahosi, renta-
bellik darajasi, ishlab chiqarishning maromiyligi;
sotish hajmi, import tovarlar hajmi, mahsulot sifati, ishlab chi-
qarish maromiyligi;
eksport tovarlar hajmi, bozorni uzoq-yaqin masofada ekanligi,
aholini xaridorligi, mahsulot sifatiga bog‘liq.
6. Kompleks tahlil deb nimaga aytiladi?
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini makon va zamon nuqtayi
nazaridan barcha tuzilmalari bilan birga batafsil tahlil etishdir;
xo‘jalik faoliyatida natijaviy omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik, funksional bog‘liq bo‘lmagan sharoitda, ularning bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan tahlildir;
mulk egalari va mutaxassislari tomonidan ichki imkoniyatlarini
ishga solish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan tahlildir;
noto‘g‘ri javob yo‘q.
V BOB. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH HAJMINING TAHLILI
5.1. Xo‘jalik subyektlarining mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini tahlil etishning ahamiyati va vazifalari
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona ishlab chiqarishi ko‘zda tutgan mahsulotlar hajmi iste’molchilarning ko‘lami hamda korxona ichki imkoniyatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan boyliklarning chegaralanganligi mo‘l-ko‘l tovarlar yaratishni ham chegaralaydi. Bunday sharoitda korxona o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri belgilay olishi muhim ahamiyatga ega.
Korxona faoliyatini tahlili mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) va uni sotish tahlilidan boshlanadi, chunki ishlab chiqarish va sotish hajmlari faoliyat yuritishning asosiy ko‘rsatkichlaridir. Ishlab chiqarilgan va sotiladigan mahsulotning hajmi, assortiment, sifatiga xarajat, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Tahlil natijalari asosida aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlari ishlab chiqiladi, jumladan:
mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab shakllanadi;
ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqqan holda aniq hajmdagi mahsulot miqdori belgilanadi;
ishlab chiqarish xarajatlari smetasi tuziladi;
moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalari shakllanadi; - mehnat resurslariga talab baholanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlari korxona tomonidan bozor kon’yunkturasini chuqur tahlil etgan holda mustaqil ravishda rejalashtiriladi.
Mamlakatimizda oqilona va samarali iqtisodiy siyosatning ishlab chiqilishi va hayotga izchil ravishda tatbiq etilishi, barqaror rivojlanishni asosiy manba, omillarining to‘g‘ri tanlanishi va ularga ustuvor ahamiyat berilishi keyingi yillarda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlanishiga imkoniyat yaratmoqda.
Korxona yaratayotgan mahsulotlarining bozorda mo‘l-ko‘lligi, raqobatchilarning imkoniyatlari va iste’molchilarning ixtisoslik tovarlarga bo‘lgan talablarining o‘zgarib turishi ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri va oqilona rejalashtirishni talab etadi. Har bir korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlarining xaridorlari bilan joriy yil uchun shartnomaviy majburiyatlar tuzadilar. Bunda yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovarlar turi, miqdori, sifati, narxi va muddatlari tomonlar o‘rtasida kelishiladi, demak, mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmi iste’molchilarning talab va istaklariga bog‘liq bo‘ladi.
Ichki imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda korxonadagi barcha mavjud boyliklardan to‘liq foydalanib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kerakli me’yorda, ya’ni foyda olishni to‘liq kafolatlangan sharoitini ta’minlashni ko‘zda tutib ishlab chiqarish tashkil etiladi.
Mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha biznes-rejada mo‘ljallangan hajmni bajarilishini ta’minlash hamda yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni yaratilishi korxonaning bevosita muhim ko‘rsatkichlari bo‘lmish ishlab chiqarish tannarxi, xarajatlar hajmi, foyda va rentabellik, moliyaviy barqarorlik, to‘lov qobiliyati, sof pul mablag‘larining hisobot davri oxiriga ko‘payishini ta’minlovchi omildir.
Boshqaruv hisobotida ishlab chiqarish ko‘rsatkichi natura va qiymat shakllarida aks etadi. Jami korxona bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmat qiymat shaklida aks ettiriladi. Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilangan nomenklatura, assortimentda sifatli bajarishi lozim. Hozirgi sharoitda mahsulotni ishlab chiqarish hajmi korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va rejalashtiriladi.
Mahsulot mo‘l-ko‘lligini ta’minlashda aholini xilma-xil tovarlar bilan ta’minlashda xorijiy sarmoyalarning tutgan roli katta. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini kuzatar ekanmiz, rivojlanish darajasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar chet el sarmoyasi kiritilgan mamlakatlar iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan rivojlanib, salmoqli yutuqlarga erishayotganligining guvohi bo‘lamiz. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra bir yilda qariyb 400 mlrd. AQSh dollari hajmidagi xorijiy sarmoya bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga, bir mintaqadan boshqa mintaqaga olib kiriladi.
Bu borada, Prezidentimiz Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-yanvardagi 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari haqida to‘xtalib, jumladan shunday degan edi: «...shuni tan olish kerakki, so‘nggi yillarda jahon iqtisodiyotida yuzaga kelayotgan muammolar, asosan, qo‘shimcha pul bosib chiqarish va moliya bozorini shunday pullar bilan to‘ldirish hisobidan hal etilishi ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, kelgusida jilovlab bo‘lmaydigan inflatsiyaga, ya’ni qimmatchilikka, zaxira va milliy valutalarning qadrsizlanishiga va shu bilan bog‘liq og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
O‘z-o‘zidan ayonki, jahon bozorida kechayotgan inqiroz jarayonlari o‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi. Birinchi navbatda, dunyo bozorida xomashyo va tayyor mahsulotga ehtiyojning tobora pasayib borishini hisobga oladigan bo‘lsak, bunday holat mamlakatimizning eksport salohiyati va valuta tushumiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi, albatta.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati, kutilganidek, amalda 8,3 foizni tashkil etdi, 2000-2011 yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,1 barobar oshdi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy oldi».1
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk shaklidan qat’iy nazar barcha firma va kompaniyalarda mahsulotlarni eng avvalo sotish uchungina ishlab chiqarishni tashkil etadilar, faqatgina buyurtmachi talabi asosida va iste’molchilarning didini mo‘ljallab, barcha talabni qondirish maqsadida sifatli tovarlar ishlab chiqarishga harakat qiladilar. Mahsulotlarning o‘z muddatida sotilishi ishlab chiqarishni maromida davom etishini ta’minlaydi, boyliklarning aylanishini tezlashtiradi. Mahsulot sotish orqali qilingan doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar qoplanadi va firma foyda ko‘rishni mo‘ljallaydi. Sotish hajmi ishlab chiqarish jarayonining so‘nggi bosqichidir. Mahsulot sotishdan kelgan tushum orqali korxona birinchi galdagi to‘lovlarni amalga oshiradi. Bu hisob-kitoblarning o‘z vaqtida bajarilishi turli xil jarima, iqtisodiy ogohlantirishlar va penyalar to‘lashdan korxonani qutqaradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o‘z vaqtida sotilishi korxonaning ijobiy moliyaviy natijaga erishishi, dividend to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishi, mulk va mablag‘larning uzluksiz hamda samarali aylanishi kabi ko‘pgina moliyaviy ahvol munosabatlarini yaxshilash imkoniyatini tug‘diradi. Sotish jarayonini muddatida bajarilishi korxonaning ishlab chiqarish va ta’minot jarayonlarini ham tezlashishiga ta’sir etadi, debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartiradi, pul oqimlarini ijobiy bo‘lishini ta’minlaydi. Bu fikrlarni oddiy ifodalash maqsadida quyida mablag‘larning korxona va firmalardagi harakat qilishini chizma shaklida keltiramiz (13-chizma).
13-chizma. Mablag‘larning korxonadagi harakati chizmasi.
Sotish bo‘yicha rejaning bajarilishida tayyor mahsulot va uning sifati muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |