Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Download 9,79 Mb.
bet75/334
Sana03.06.2022
Hajmi9,79 Mb.
#631654
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   334
Bog'liq
Moliyaviy taxlil maruza

Tovarlarning
turi

O‘lchov birligi

O‘rtacha o‘tgan uch yilda
bozordagi talab miqdori

Raqobat-
chilar taklif qilgan
tovarlar miqdori

Bozordagi talabdan farq

Firma taklif qilishi lozim bo‘lgan tovarlar

1

2

3

4

5

6

«A» mahsulot

dona

2600

2200

400

560

«B» mahsulot

kg.

1400

1380

20

14

«V» mahsulot

kg.

240

159

81

86

«G» mahsulot

dona

300

160

140

112

«D» mahsulot

tn.

700

670

30

33


11-chizma. Korxonani kompleks raqobat tahlilining tizimi.
Iqtisodiyotda raqobat turli funksional strukturalar o‘rtasida yagona maqsad sari raqobatlashuv tushuniladi. Kompleks raqobat tahlili ikki asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
1) korxonani raqobatda tutgan o‘rnini tahlili; 2) korxonani raqobatga bardoshligini tahlili.
Kompleks marketing tahlilining asosiy yo‘nalishida korxonaning raqobatda tutgan o‘rni muhim rol o‘ynaydi. Korxonaning raqobatbardoshligi qisqa muddatdagi kapital mablag‘ sarfi evaziga rejadagiga nisbatan kam bo‘lmagan miqdordagi foydaga erishish tushuniladi. Korxonani raqobatga bardoshligini ta’minlash uchun raqobat qilish qobiliyatini oshirish, raqobatbardoshlik strategiyasini rivojlantirish lozim. Bu ko‘rsatkichlar korxonani bozordagi faoliyatini samarali yuritish, bozordagi ulushini saqlash yoki uni oshirish, kelgusida yetarli darajadagi rentabellikka, moliyaviy barqarorlikka erishish kabi ko‘rsatkichlar yig‘indisidan iborat. Bunday holatga erishish uchun tovar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi talab etiladi.

  • texnik parametrlar (tovar xususiyati, uni qo‘llanishi va tavsiya

etilishi);

  • estetik parametrlar (tovarlarning tashqi ko‘rinishi);

  • ergonomik parametrlar (tovarning inson organizmiga

zararsizligi);

  • me’yoriy parametrlar (tovarning amaldagi me’yorlarga va standartlarga mos kelishi);

  • iqtisodiy parametrlar (tovar bahosi, ko‘rsatiladigan servis xizmati).

Xaridorlarning xatti-harakatidan shuni anglash mumkinki, tovarlarni taqqoslashda, uning ishlatish samaradorligi (S), sotib olish xarajatlari (X)ga nisbatan yuqori bo‘lsa, shu mahsulotni xarid etadilar. Tovar raqobatdoshligi (R) quyidagicha aniqlanadi:
R = S
Х
Tovar raqobatbardoshligini baholash bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. O‘rinbosar tovarlarni topish va uni tahlil qilish.

  2. O‘xshash mahsulotlarning solishtirilishi orqali asosiy ko‘rsatkichlarini belgilash (aniqlash).

  3. O‘z mahsulotimizdagi integral (umumiy) raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini aniqlash.

Mahsulotning raqobatlashuv qobiliyatini pasayish sabablarini korxonaning muhandislari, iqtisodchi, master, texnik nazorat, moddiytexnika ta’minoti, sotish bo‘limlari xodimlari) sinchiklab o‘rganadilar:

  • mahsulot konstruksiyasi (modeli, tuzilishi);

  • tayyorlov texnologiyasi;

  • materiallar va butlovchi buyumlarning sifati va bahosi; - korxona ishlab chiqarishining holati va boshqalar.


12-chizma. Sifat zanjiri.
Mahsulot turlari parametrlarini o‘zgarish sabablarini kompleks tahlilida etalon sifatida qabul qilingan o‘rtacha bozor yoki tarmoq parametrlari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Har bir detal, material, butlovchi buyum, texnologik jarayonlar bo‘yicha tafovutlar mutaxassislar tomonidan alohida-alohida aniqlanadi va jamlanadi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tufayli mahsulot raqobatbardoshligining pasayishini bartaraf etish tadbiriy choralari quyidagi mazmunga ega:

  • o‘zgartirish kiritiladigan va modernizatsiya qilinadigan mahsulot nomi;

  • mahsulot ishlab chiqarishidagi kamchiliklarni yo‘qotish bo‘yicha bajariladigan ish turlari;

  • kamchiliklarni yo‘qotish bilan bog‘liq ish turlarini muddati, unga javobgar shaxslarning ism-sharifi;

  • zarur material, asbob-uskunalar ro‘yxati va miqdori;

  • bajarilgan ish turlari va moddiy resurslarning summasi;

  • ishni tugatish muddati;

  • kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar samaradorligiga oid ma’lumotlar.

Mahsulot raqobatbardoshligi ko‘p jihatdan sifat ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Sifat zanjiri sifatning uch xil tushunchasini aks ettiradi.
Birinchi bosqichda mahsulot, xizmatlar sifati texnikaviy shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Ikkinchi bosqichda konstruksiya, instruksiya sifati baholanadi, ya’ni sifat firma texnikaviy shartlariga javob berishi, ammo konstruksiya yuqori yoki past sifatli bo‘lishi mumkin. Uchinchi bosqichda sifat iste’molchi talabiga muvofiq darajada bo‘ladi. Sifatning bu jihati uning funksional jihati deb ataladi.

Download 9,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish