Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Download 9,79 Mb.
bet73/334
Sana03.06.2022
Hajmi9,79 Mb.
#631654
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   334
Bog'liq
Moliyaviy taxlil maruza

2010

2011

2012

2010

2011

2012

«A» mahsuloti

Sotish hajmi, ming t.

260

320

328

50

49

42

1 t. mahsulot tannarxi, ming so‘m

5,5

5,8

6,1

5,7

6,0

6,5

1 t. mahsulot bahosi, ming so‘m

7,0

7,3

7,5

7,8

7,9

8,0

Mahsulot rentabelligi, %

27,3

25,9

22,9

36,8

31,7

23,0

Sotishdan ko‘rilgan foyda, mln so‘m

390

480

459

105

93

63


«B» mahsuloti

Sotish hajmi, ming t.

75

143

287

400

350

309

1 t. mahsulot tannarxi, ming so‘m

4,3

4,5

4,9

4,4

4,6

5,0

1 t. mahsulot bahosi, ming so‘m

5,4

5,7

5,9

6,0

5,9

5,9

Mahsulot rentabelligi, %

25,6

26,7

20,4

36,4

28,3

18,0

Sotishdan ko‘rilgan foyda, mln so‘m

82

172

287

640

455

278


«V» mahsuloti

Sotish hajmi, ming t.

386

392

400

380

385

406

1 t.mahsulot tannarxi, ming so‘m

4,4

4,4

4,5

4,4

4,4

4,5

1 t. mahsulot bahosi, ming so‘m

4,5

4,6

4,7

4,7

4,7

4,8

Mahsulot rentabelligi, %

2,3

4,5

4,4

6,8

6,8

6,7

Sotishdan ko‘rilgan foyda, mln so‘m

39

78

80

114

115

122

Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki «A» hamda «B» mahsulotlariga talab ichki bozorda keyingi ikki yil ichida ortgan. Bu mahsulotlarga bo‘lgan talab tashqi bozorda qisqargan, rentabellik darajalari pasaygan. «V» mahsulotga talab o‘zgarmagan 2010-yilda eksport mahsulot daromadligi ichki bozordagiga nisbatan yuqori bo‘lgan. «B» turdagi mahsulotning tashqi bozordagi narxini pasayishi, tannarxini ortishi tufayli rentabellik darajasi 2010-yildagi 36,4 foizdan 2012-yilga kelib 18 foizga qadar pasaygan. Shu davr ichida «A» mahsulotning rentabelligi 36,8 foizdan 23 foizga qadar tushib ketgan. Bunga asosiy sabab eksport qilingan mahsulot tannarxini keskin ortishidir.
Mahsulotni bozor (ichki, tashqi)da egallagan ulushini, daromad darajasiga qarab to‘rt kategoriyaga bo‘lish mumkin:

  • «yulduz» kategoriyali tovarlar – korxona foydasining asosini tashkil etadigan hamda iqtisodiy o‘sishga olib keladigan;

  • «sog‘in sigirlar» kategoriyali tovarlar – og‘ir iqtisodiy davrlarning vujudga kelishini oldini oladigan, investitsiyaga muhtoj bo‘lmagan, foyda keltirayotgan, boshqa kategoriyali mahsulotlar ishlab chiqarishni moliyalashtirishga ishlatiladigan;

  • «og‘ir bola» kategoriyali tovarlar – bu yangi turdagi tovarlar bo‘lib, reklamaga muhtoj bo‘lgan, bozorga olib chiqilishi kerak bo‘lgan, vaqtinchalik foyda keltirmayotgan, ammo kelajakda «yulduz» tovar bo‘lishi mumkin bo‘lgan;

  • «o‘lik yuk» yoki «omadsiz» kategoriyali tovarlar – bugungi kun talabiga javob bermaydigan, iqtisodiy o‘sishga imkoniyat bermaydigan, foyda keltirmaydigan tovarlardir.

Korxona mahsulotini guruhlarga ajratib o‘rganish orqali to‘g‘ri, aniq strategiya ishlab chiqiladi. Strategiyani amalga oshirish orqali «og‘ir bola» kategoriyasiga mansub tovarlarni moliyalashtirish orqali ularni «sog‘in sigirlar», «yulduz» kategoriyalariga yetkazish yo‘llari belgilanadi.
Tahlil jarayonida korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning qay biri qaysi kategoriyaga mos kelishligini o‘rganish ham muhim hisoblanadi.
Ichki ma’lumotlar asosida quyidagicha tahlil ishlarini amalga oshirishimiz mumkin (24-jadval). Bu jadval natura o‘lchov birligiga asoslanib olib borilgan bo‘lib, uning tahlilini boshqa o‘lchov birliklarida yuritishimiz ham mumkin.
Tahlil qilinayotgan korxona 5 xil "A"; "B"; "V"; "G"; "D" turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlar ichida "A" va "G" mahsulotlar xaridorgir bo‘lib, ularning rejaga nisbatan "A" mahsulot 12 foizga, "G" mahsulot esa 23 donaga ko‘p sotilgan. Bu esa bozorda ushbu mahsulot turlariga talabning ko‘pligidan dalolat beradi.
24-jadval
Mahsulot sotish rejasining bajarilishini tahlili

Mahsulot turlari

O‘lchov birligi

Biznes-reja bo‘yicha

Haqiqatda

Farqi (+;-)

Bajarilishi, (%)

A

1

2

3

4

5

A

dona

500

560

+60

112

B

kg.

20

14

-6

70

D

kg.

110

86

-24

78.2

E

dona

89

112

+23

125.8

F

t.

32

33

+1

103.1

Mahsulot tarkibidan "B" va "V" mahsulotlariga talab kam bo‘lgan. Natijada bu mahsulotlardan jami 30 kilogramm (-6+(-24)) mahsulot sotilmay qolib ketgan. Bunga mahsulot sifati, bahosi yoki o‘rinbosar tovarlarning bozorda vujudga kelishi ta’sir etgan.
Korxonaning endigi asosiy vazifasi sifatning buzilishida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish yoki bo‘lmasa boshqa xaridorgir mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Korxona uchun yana bir optimal variant, "B" va "V" mahsulotlarni kamaytirib, unga sarflanadigan mablag‘larni bir qismini "A" hamda "G" tovarlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirishi kerak.
4.4. Raqobat darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlovchi omillar tahlili
Raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida tovarlarning raqobatbardoshliligi aniqlanayotganda, uning boshqa raqobatchi tovarlardan yuksak taraflarini mavjudligi, umume’tirof etilgan talablarga javob berishi hamda ketgan xarajatlar miqdori bilan baholanadi. Mahsulotning raqobatbardoshliligini baholashda xaridorlar ehtiyoji va bozor talabiga asoslanadi, chunki tovar xaridor talabiga javob berishi uchun quyidagi parametrlarga mos kelishi kerak:

  1. texnik parametrlarga (tovar belgisi, uni qo‘llash va tavsiya etish

markazlari);

  1. ergonomik parametrlarga (tovarning inson organizmiga mos

kelishi);

  1. estetik parametrlarga (tovarning tashqi ko‘rinishi);

  2. me’yoriy parametrlarga (tovarning amaldagi me’yorlarga va

standartlarga mos kelishi);

  1. iqtisodiy parametrlarga (tovarning baho darajasi, unga ko‘rsatiladigan servis xizmati, vositalar o‘lchami, xaridorlarning ayni vaqtdagi ehtiyojlarini qondira olishi).

Har bir istemolchi o‘z ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlarni sotib oladi. Bu esa, o‘z navbatida, raqobatni keltirib chiqaradi.
Xaridorlarning xatti - harakatlaridan shuni ko‘rish mumkinki, ular tovarlarni taqqoslashda, uning ishlatish samaradorligi (s), sotib olish xarajatlariga (x) nisbatan yuqori bo‘lsa o‘sha mahsulotni ko‘proq tanlashadi. U holda tovarning raqobatbardoshligi (r) quyidagi,
R=S/X;
ko‘rinishni oladi.
Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarda bo‘ladi:

  1. O‘rinbosar tovarlarni topish va uni tahlil qilish.

  2. O‘xshash mahsulotlarning solishtirilishi orqali asosiy ko‘rsatkichlarini belgilash.

  3. O‘z mahsulotimizdagi integral (umumiy) raqobotbardoshlik ko‘rsatkichlarini aniqlash.

Raqobat - lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, maqsadga erishish uchun kurash, korxonalar o‘rtasidagi sof kurashni bildiradi. Uning asosiy quroli, talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish hisoblanadi.

Download 9,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish