Ko‘rsatkichlar
|
Debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti
|
Debitorlik majburiyatlarining aylanish davri, kun hisobida
|
1. O‘tgan yil
|
27,269
|
13
|
2. Shartli hisobot yili
|
57,079
|
6
|
3. Hisobot yili
|
22,337
|
16
|
Jami farq
|
-4,932
|
+3
|
Ta’sir etuvchi omillar:
|
xxx
|
xxx
|
a) sotishdan olingan sof tushum
summasining o‘zgarishi (2-1)
|
+29,810
|
-7
|
b) debitorlik qarzlari
summasining o‘zgarishi (3-2)
|
-34,742
|
+10
|
Sotishdan olingan sof tushum haqiqatda
Debitorlik qarzlarning shartli
= Debitorlik qarzlar o‘tgan yil shu davri aylanish koeffitsenti bo‘yicha
Debitorlik qarzlar o‘tgan yil shu davri
Debitorlik qarzlarning shartli = bo‘yicha * 360
aylanish davri
Sotishdan olingan sof tushum haqiqatda
11.5. Kreditorlik qarzlarining umumiy hajmi, tarkibi va tashkil topish muddati hamda aylanuvchanligi tahlili
Kreditorlik majburiyatlari qarshi tomonga korxonaning to‘laydigan majburiyatlarini xarakterlaydi. Biz yuqorida uning tarkibiga nimalar kirishini va ularning yuzaga kelish sabablarini tarkiblab o‘tgan edik. Kreditorlik majburiyatlari yuzaga chiqishining asosiy sababi sifatida bevosita debitorlik majburiyatlarining vaqtida kelib tushmasligini ham tarkiblash mumkin.
Kreditorlik majburiyatlarining tarkibi tahlilida qarzdor bo‘lgan tomonlar bo‘yicha majburiyatlarning qatorlanishi, ularni to‘lash muddatlari bo‘yicha tarkiblanishiga baho beriladi. Shuningdek, debitorlik majburiyatlarining aylanish koeffitsiyenti va aylanish davrini aniqlashdagi kabi bunda ham kreditorlik majburiyatlarining aylanishi koeffitsiyenti va davri aniqlanadi. Lekin, bunda qatnashuvchi ko‘rsatkichlar farqlanadi. Kreditorlik majburiyatlari aylanishini o‘rganishda asosiy ko‘rsatkichlar sifatida nasiyaga olingan yoki hali puli to‘lanmagan mollar, ashyolar, ish va xizmatlar summasiga hamda kreditorlik majburiyatlarining haqiqiy ko‘rsatkichlariga murojaat qilinadi.
Kreditorlik majburiyatlarini tahlil etishda ularning yuzaga kelish o‘rni, muddati va tarkibiga alohida ahamiyat qaratilmog‘i lozim. Muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarga yo‘l qo‘yilishi korxonaga nisbatan turli iqtisodiy ogohlantirishlarning qo‘llanilishiga, iqtisodiy jarimalarga hamda korxonaga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi.
Kreditorlik majburiyatlarining to‘lash muddatlari bo‘yicha quyidagi tarkibini berib o‘tish mumkin:
to‘lash muddati kelgan majburiyatlari; – to‘lash muddati o‘tib ketgan majburiyatlari.
Kalendar yili davrining taqsimi bo‘yicha kreditorlik majburiyatlarining quyidagi shakllarini berish mumkin:
1 oygacha bo‘lgan majburiyatlar;
1 oydan 2 oygacha bo‘lgan majburiyatlar;
2 oydan 3 oygacha bo‘lgan majburiyatlar;
3 oydan 6 oygacha bo‘lgan majburiyatlar;
6 oydan 1 yilgacha bo‘lgan majburiyatlar; – 1 yildan ortiq mududatga bo‘lgan majburiyatlar.
Korxonada jami kreditorlik qarzlarining hisobot davri oxiriga bo‘lgan holati 31001 ming so‘mni tashkil qilgan. Shundan 1 oygacha bo‘lgan kreditorlik qarzlari 19520,8 ming so‘mni, 1 oydan 2 oygacha bo‘lgan kreditorlik qarzlari summasi 7258,1 ming so‘mni, 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan kreditorlik qarzlari summasi 2700 ming so‘mni tashkil qilgan. Muddati o‘tkazib yuborilgan, lekin undirilmagan kreditorlik qarzlari summasi 540 ming so‘mni tashkil qilgan.
106-jadval Kreditorlik majburiyatlarining tarkibi va tashkil topish muddati bo‘yicha tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |