Mahsulot turlari
|
2010yil
|
2011-yil
|
Rejaga nisbatan
|
2010-yilga nisbatan
|
Reja bo‘yicha
|
Amalda bajarilishi
|
Farqi (+;-)
|
Bajarilishi, %
|
Farqi (+;-)
|
Dinami kasi,
%
|
1
|
Tola
|
5403
|
8362
|
8775
|
+413
|
104,9
|
+3372
|
162,4
|
2
|
Chigit
|
8510
|
14618
|
15038
|
+420
|
102,9
|
+6528
|
176,7
|
3
|
Momiq
|
412
|
935
|
344
|
-591
|
36,8
|
-68
|
83,5
|
4
|
Katta
momiq
|
286
|
761
|
1175
|
+414
|
154,4
|
+889
|
410,8
|
5
|
Ulyuk
|
48
|
450
|
64
|
-386
|
14,2
|
+16
|
133,3
|
6
|
Kuyundi
|
-
|
2039
|
2027
|
-12
|
99,4
|
-
|
-
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2011-yilda sanoat mahsulotining asosiy turlari – tola va chigit bo‘yicha ishlab chiqarish rejasi oshig‘i bilan bajarilgan. Masalan, paxta tolasi bo‘yicha haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori rejaga nisbatan 413 tonnaga yoki 4,9 %ga, chigit bo‘yicha esa 420 tonnaga yoki 2,9 %ga ko‘p ishlab chiqarilgan. Ushbu mahsulotlarning miqdori 2010-yilga nisbatan keskin oshgan. Paxta tolasi bo‘yicha 3372 tonna yoki 62,4 foizga, chigit bo‘yicha 6528 tonnaga yoki 76,7 foizga mahsulot ko‘p ishlab chiqarilgan. Paxta tolasi chiqimining tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2011-yil reja oshig‘i bilan bajarilgan, ammo 2010-yilga nisbatan u keskin kamaygan.
Aksionerlik jamiyatida paxtani qayta ishlashga 2010-yilda 14659 tonna, 2011-yilda 27423 tonna paxta xomashyosi sarf bo‘lgan.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, qayta ishlangan paxta xomashyosidan olingan paxta tolasi 2010-yilda 36,9 foizni (5403*100/14659), 2011-yilda reja bo‘yicha 30,5 foizni (8362*100/27423), haqiqatda esa u 32 foizni (8775*100/27423) tashkil qildi. Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, paxta tolasi bo‘yicha chiqim darajasi rejaga nisbatan 1,5 % ga oshgan, ammo 2010-yilga nisbatan 13,3 % ga kamaygan
(100- 32,0*100 )= 100-86,7=-13,3 % .
36,9
Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, aksionerlik jamiyati paxta tolasi bo‘yicha chiqimini oshirish imkoniyatidan to‘liq foylangan emas.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori va hajmi bo‘yicha dinamikasi yoki rejasi bajarilishining tahlili qiyoslashdan boshlanadi. Hisobot yilidagi mahsulot miqdorini rejadagi yoki o‘tgan yildagi mahsulot miqdoriga solishtirib, o‘zgarishi aniqlanadi. Ushbu o‘zgarish ekstensiv va intensiv omillar ta’siri ostida yuzaga keladi. Ushbu omillarning mahsulot miqdorining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun «Zanjirli bog‘lanish», «Ko‘rsatkichlar farqi», «Indeks» usullaridan foydalanish mumkin. Biz ushbu bo‘limda «Zanjirli bog‘lanish» usulidan foydalanib natijaning o‘zgarishiga omillarning ta’sirini aniqladik. Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 2011yilda ishlab chiqarilgan paxta tolasi 2010-yilga nisbatan 3372 tonnaga oshgan. Ushbu o‘zgarish quyidagi ikki omil ta’siri ostida yuzaga kelgan: 1) qayta ishlangan paxta xomashyosi miqdorining o‘zgarishi
(ekstensiv omil);
2) tola chiqimi koeffitsiyentining o‘zgarishi (intensiv omil).
Ushbu omillarning ta’siri «Zanjirli bog‘lanish» usuli yordamida aniqlandi.
Omillarning ta’sirini aniqlangunga qadar quyidagi bog‘lanish ko‘rsatkichlarini aniqlab olish zarur.
I. SQ0Ch0 - bazis yilidagi (yoki rejadagi) tola miqdori. II. SQ1Ch0 - shartli tola miqdori.
III. SQ1Ch1 - hisobot yilidagi tola miqdori.
Bunda, Q0, Q1 - mos holda bazis va hisobot yillarida qayta ishlangan paxta xomashyosi miqdori: Ch0, Ch1- mos holda bazis va hisobot yillarida paxta tolasi chiqimi koeffitsiyenti.
Ushbu ko‘rsatkichlar aniqlangandan keyin ishlab chiqarilgan paxta tolasi miqdorining o‘zgarishi aniqlanadi va ushbu o‘zgarishga omillarning ta’siri aniqlanib, tahlil qilinadi.
Paxta tolasi miqdorining o‘zgarishini (ko‘payishi yoki kamayishini) aniqlash uchun hisobot yilida ishlab chiqarilgan paxta tolasi miqdoridan (III-bog‘lanishdan) bazis yilida ishlab chiqarilgan paxta tolasi miqdorini (I-bog‘lanishni) chegirib tashlash kerak:
SQ1Ch1-SQ0Ch0=±DQ,Ch – bu o‘zgarish ikki omil ta’siri ostida yuzaga kelgan.
Paxta tolasi miqdorining o‘zgarishiga qayta ishlangan paxta xomashyosi miqdori o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun «shartli paxta tolasi miqdori»dan (II-bog‘lanishdan) bazis yilidagi paxta tolasi miqdorini (I-bog‘lanishni) ayirib tashlash kerak:
SQCh0 - SQ0Ch0=±Dq
Paxta tolasi miqdorining o‘zgarishiga paxta tolasi chiqimi koeffitsiyenti o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi paxta tolasi miqdoridan (III-bog‘lanishdan) shartli paxta tolasi miqdorini (II-bog‘lanishni) chegirib tashlash kerak:
SQ1Ch1 - SQ1Ch0 =±DZ
Shu ikki omil ta’sirlarining yig‘indisi paxta tolasi miqdorining umumiy o‘zgarishiga teng kelishi kerak:
Dq ± Dch=Dqch
30-jadval Aksionerlik jamiyati bo‘yicha paxta tolasi dinamikasining
Do'stlaringiz bilan baham: |