Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Boshqarish tizimi bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil turlari



Download 9,79 Mb.
bet54/334
Sana03.06.2022
Hajmi9,79 Mb.
#631654
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   334
Bog'liq
Moliyaviy taxlil maruza

Boshqarish tizimi bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil turlari
Xo‘jalik faoliyatining joriy (retrospektiv) tahlili. Korxonalarning amaliy faoliyatida, asosan, joriy tahlil o‘tkazish usuli to‘la ishlab chiqilgan. Joriy tahlil korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda rasmiy jihatdan qabul qilingan hisobotga tayangan holda ularning oylik, kvartallik, yillik va qator yillar tahlil qilinadi.
Joriy tahlilning asosiy vazifasi xo‘jalik faoliyatida erishilgan natijalarga obyektiv baho berish, foydalanilmagan ichki xo‘jalik rezervlarini kompleks tarzda aniqlash va ularni kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb etish, ishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va ularni aybdorlarini topish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni tashkil etishdan iborat.
Joriy tahlilning keng ko‘lamda qo‘llanishining asosiy sabablari deb quyidagilarni hisoblash mumkin:

  1. Tahlilning barcha vazifalari biznes-rejaning tig‘izligi va asoslanganligi, uning bajarilishini nazorat qilish, xo‘jalik faoliyatida erishiladigan natijalarni oldindan aytib berish, mehnat, moddiy va moliya resurslaridan samarali foydalanish joriy tahlil zimmasiga tushadi.

  2. Joriy tahlilning keng ko‘lamda qo‘llanilishi barcha korxonalarning tasdiqlangan yagona hisobot shakllariga, asosan, yuqori tashkilot, statistika, moliya va soliq organlari, davlat bankiga hisobot topshirish vazifasining zarurligi.

  3. Joriy tahlilning bajariladigan tahliliy ishlarda tutgan salmog‘i 90 foizni tashkil qiladi, chunki dastlabki va tezkor tahlilni o‘tkazish usuli hali to‘la ishlab chiqilmagan.

  4. Joriy tahlilda korxonaning xo‘jalik faoliyati har tomonlama chuqur o‘rganiladi, chunki tahliliy xodimning ixtiyorida barcha axborotlar manbayi mavjuddir.

  5. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish tarixan joriy tahlildan boshlangan.

  6. Iqtisodiy oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislarni tayyorlash ham joriy tahlil asosida olib boriladi.

Joriy tahlil uchun asosiy axborotlar oylik, kvartallik, yillik reja va hisobotlar manbayi bo‘lib hisoblanadi.
Joriy tahlilning subyekti - korxonaning iqtisodiy bo‘limlari, yuqori tashkilot, moliya, soliq va statistika organlari, davlat banki hisoblanadi. Joriy tahlilning obyekti-korxonalar, ularning filiallari, boshqarmalar va vazirliklardir. Joriy tahlilning dastlabki va tezkor tahlildan ustunligi shundaki, uni o‘tkazishda axborotlar tizimi sistemali va kompleks xarakterga ega bo‘lib, rasmiy jihatdan qabul qilingan buxgalteriya va statistika hisobotlariga asoslanadi.

Download 9,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish