Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


boshqalar Целевие поступления и прочие



Download 9,79 Mb.
bet300/334
Sana03.06.2022
Hajmi9,79 Mb.
#631654
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   334
Bog'liq
Moliyaviy taxlil maruza

boshqalar
Целевие поступления и прочие

Jami Итого

Yil boshidagi qoldiq
Остаток на начало года

010

2000000,0



256165,3



2256165,3

Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi Емиссия ценних бумаг

020



x

x

x

x


Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash
переоценка долгосрочних активов капитала

030

x

x

1100846,8

x

x

x

1100846,8

Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valuta kursi farqlari
Валютная курсовая разница при формиравании уставного капитала

040

x


x

x

x

x


Rezerv kapitaliga ajratmalar Отчисления в резервный капитал

050

x

x



x

x


Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)
Нераспределенная прибыль (убыток) текущего года

060

x

x


186423,2

x

x

186423,2

Tekinga olingan mol-mulk Безвозмездно полученное имущество

070

x

x

x


x

x


Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag‘lar Полученние средства по целевому назначению

080

x

x


x

x

x


To‘langan dividendlar Дивиденди уплаченные

090

x

x

x


x

x


535

Xususiy kapital shakllanishining
boshqa manbalari Прочие источники формирования собственного
капитала

100








Yil oxiridagi qoldiq

110

2000000,0


1100846,8

442588,5



3543435,3

Xususiy kapitalning ko‘payishi
(+) yoki kamayishi (-) Увеличение (+) или уменьшение (-) собственного капитала

120








Ma’lumot uchun: Справочно:









Chiqarilgan aksiyalar soni, dona Количества выпушенных акций, шт

130

x

x

x

x

x

x


Shu jumladan: В том числе:









imtiyozli
привилегированные

131

x

x

x

x

x

x


oddiy простие

132

x

x

x

x

x

x


Aksiyaning nominal qiymati
Номинальная стоимость акции

140

x

x

x

x

x

x


Muomaladagi aksiyalar soni, dona
Количество акций в обращении, шт

150

x

x

x

x

x

x


Shu jumladan: В том числе:









imtiyozli
привилегированные

151








Oddiy простые

152








536
Test savollari:
1. Ustav kapitali balansning qaysi bo‘limida ko‘rsatiladi?

  1. passiv tomon – 1-bo‘limda;

  2. aktiv tomon – 1-bo‘limda;

  1. passiv tomon – 2-bo‘limda;

  2. aktiv tomon – 2-bo‘limda;

  3. manba sifatida passiv – 1-bo‘limda, mablag‘ sifatida aktiv – 1 va 2-bo‘limlarda.

2. Xususiy kapital qatoriga kiruvchi mablag‘lar:

  1. ustav kapitali, taqsimlanmagan foyda;

  2. zaxira kapitali, qo‘shilgan kapital;

  1. taqsimlanmagan foyda;

  2. ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali, taqsimlanmagan

foyda, qoplanmagan zarar;

  1. ustav kapitali, zaxira kapitali, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar va moliyalashtirishlar, kelgusi davr bo‘yicha to‘lovlar zaxiralari.

3. O‘z mablag‘lari deganda nimani tushunasiz?

  1. korxonaning o‘ziga tegishli mablag‘lari;

  2. qarzga olingan (uzoq muddatga) mablag‘lar;

  1. mahsulot sotishdan olingan daromadlar;

  2. majburiyatlar qoplanishidagi ortiqcha mablag‘lar;

  3. hukumat tomonidan subsidiya sifatida berilgan mablag‘lar.

4. Xususiy kapitalni tahlil qilishda qaysi hisobot shakllari ma’lumotlariga tayaniladi?

  1. 1-shakl – «Balans»;

  2. 2-shakl – «Moliyaviy natijalar» to‘g‘risidagi hisobot;

  1. 3-shakl – «Asosiy vositalar harakati» to‘g‘risidagi hisobot;

  2. 4-shakl – «Pul oqimi» to‘g‘risidagi hisobot;

  3. 5-shakl – «Xususiy kapital» to‘g‘risidagi hisobot;

5. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzishdan maqsad nima?

  1. balans passivi 1-bo‘lim buyicha tarkiblashni berish;

  2. balansning 1-bo‘limi passivini tartiblashtirish;

  1. ma’lumotlardan foydalanuvchilar, qiziquvchilarga xususiy kapital

o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotlar berish;

  1. moliyaviy boshqaruvni axborot so‘rovi bilan ta’minlash;

  2. o‘z mablag‘lari holati to‘g‘risida axborotlar berish.

6. Xususiy kapital o‘zgarishi tahlili.

Ko‘rsatkichlar













Variantlar










a




b

d




e

f

I. Xususiy kapital jami yil boshiga















1. Xususiy kapital o‘sishi

+




+




+





+

2. Qimmatli g‘og‘ozlar emissiyasi

+




+




+





+

3. Asosiy vositalar qayta
baholanishi





+




+





+

4. Rezerv uchun ajratma





+




+

+





5. Joriy yil foyda/zarar

+




+





+





II. Xususiy kapital jami yil oxiriga















Xususiy kapital o‘zgarishiga tegishli qatorlar qaysi variantda to‘liq va to‘g‘ri ifodalangan?
a), b), d), e), f).
XV BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING
INVESTITSION FAOLIYATI TAHLILI
15.1. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida investitsiya faoliyati, uning turlari va asosiy yo‘nalishlari
«...O‘z-o‘zidan ayonki, raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so‘z yuritish mumkin emas.
Bu vazifaning o‘rtaga qo‘yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining chuqurlashuvi, dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq tarzda jahon bozorida xomashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo‘yicha raqobatning yildan yilga kuchayib borayotgani bilan ham bog‘liq, albatta.
Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va tejnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2012-2016-yillarda hisobkitoblar bo‘yicha qiymati 6 milliard 200 million dollar bo‘lgan 270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Joriy 2012-yilda iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirishda o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish mo‘ljallangan. Jumladan, Surshl koni bazasida Ustyurt gazkimyo kompleksi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar va Qo‘ng‘irot soda zavodlarining ikkinchi navbatini, sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini qurish ishlari boshlanadi.
Shuningdek, Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasida ikkita bug‘-gaz qurilmasi, Angren issiqlik elektr stansiyasida yangi energoblok qurish, avtomobil shinalari va transportyor tasmasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, to‘qimachilik korxonalari quvvatlarini yanada kengaytirish va butun texnologik jarayonni takomillashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining roli tobora ortib borayotganini alohida ta’kidlashni istardim.
Aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu Jamg‘arma kapitali 9 milliard dollardan oshib ketdi. 2012-yilda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasining yetakchi tarmoqlarida 758 million dollardan ziyod hajmdagi 29 ta strategik investitsiya loyihasini birgalikda moliyalash mo‘ljallanmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 38,2 foizga ko‘p demakdir.
Vazirlar Mahkamasi strategik ahamiyatga molik loyihalarning amalga oshirilishini alohida nazoratga olishi, loyiha-smeta hujjatlarining puxta ishlanishini, tanlov savdolarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini, zarur asbob-uskunalarning yetkazib berilishi bo‘yicha shartnomalar tuzilishi hamda qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlashi zarur».1
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish va tarmoqlar iqtisodini rivojlantirish investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita bog‘liqdir. Bozor munosabatlariga o‘tish bosqichida davlatning olib borgan investitsiya siyosatini hayotga tatbiq etish natijasida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida yuksalishlar yuz bergan. Xalq xo‘jaligi tarmoqlariga yo‘naltirilgan investitsiya mamlakatlar iqtisodini rivojlantirishni ta’minlab, ichki bozorini tovarlar bilan to‘ldirishga va xalqaro savdo aloqalarining kengayishiga har tomonlama o‘z hissasini qo‘shgan.
Investitsiya lotincha «INVEST» so‘zidan olingan bo‘lib «sarmoya» degan ma’noni bildiradi. Kengroq ma’noda qo‘llanilganda foyda olish maqsadida mamlakat ichkarisida va chet ellarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarga qo‘yilgan uzoq muddatli mablag‘ sarmoyani bildiradi.
Bugungi kunda investitsiya va investitsion jarayon tushunchasiga amaliyotchilar har xil nuqtayi nazardan qaraydilar. Ayrim olimlar investitsiyani hali ham «kapital qo‘yilmalar», «kapital qurilish» kategoriyalariga tenglashtirib keladilar. Aslini olganda, investitsiya hajmi jihatdan ham, rang-barangligi jihatdan ham hozir aytilgan kategoriyalardan ustun turadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida «kapital qo‘yilmalar», «kapital qurilish» kategoriyalari investitsiyalarning tarkibiy qismidir.
Investitsiyaning iqtisodiy ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadigan bo‘lsak, bu o‘rinda «investitsiya» tushunchasining moliyaviy, mulkiy va intellektual qadriyatlarni takror ishlab chiqarish in’ikosi bo‘lishini dastlabki va asosiy tushuncha bo‘lib maydonga chiqishini unutmaslik kerak.
Bizda investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991-yildan boshlab qabul qilindi va o‘tgan vaqt ichida ular ancha takomillashdi. Investitsiya to‘g‘risida qabul qilingan qonunda ko‘rsatilishicha investitsiya – bu iqtisodiy samara olish yoki ijobiy ko‘rinishdagi ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan omonatlar kabilar, qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, asbob-uskunalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir.
Xorijiy mamlakatlar tajribasi va investitsiya to‘g‘risida respublikamizda qabul qilingan qonunning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda 3 ta turini ajratish mumkin:

  1. Moliyaviy investitsiyalar.

  2. Moddiy investitsiyalar.

  3. Intellektual (aqliy) investitsiyalar.

Iqtisodiyotni modernitsiya qilish sharotida har bir investitsiya turining o‘ziga xos o‘rni bo‘ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlar hamda ularga tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbobuskunalar, inshootlar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Intellektual (aqliy) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy huquqlar guruhiga kirgan investitsiyalarning xillari bozor munosabatlarining nechog‘lik rivojlanishiga, milliy bozorlarning o‘ziga xos tomonlariga qarab har xil bo‘ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, «nou-xau» kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari ko‘rinishidagi investitsiyalari yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarini o‘z ichiga oladi.
Hamma turdagi investitsiyalar, ularning hajmidan qat’iy nazar, biror-bir investitsion jarayonning natijasidir. Investitsiyada qatnashish tasnifiga ko‘ra:

  1. to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar - asosan obyekt aniq ma’lum maq-

sadni amalga oshirish real bo‘lgan taqdirda yo‘naltirilgan mablag‘dir.

  1. boshqa investitsiyalar – bular vositachilar orqali obyektlarga

sarflanadi va olingan daromad mijozlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Investitsiyalash davriga qarab qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalarga bo‘linadi: qisqa muddatli investitsiyalar bir yilgacha bo‘lgan omonat sertifikatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlardir; uzoq muddatli investitsiyalar bu bir yildan ortiq muddatlarga qo‘yilgan kapital bo‘lib, 2 yilga, 2-3 yil va 5 yildan ortiq muddatlarga ham qo‘yilishi mumkin.

Download 9,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish