Avvalo, korxona (firma)ning mehnat vositalari bilan ta’minlanganligida quyidagi jihatlarni farqlash lozim:
o‘ziga tegishli bo‘lgan mehnat vositalari bilan ta’minlanganligi;
ijaraga olingan mehnat vositalari hisobiga ta’minlanganligi.
Demak, korxona har ikkala holatda ham asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikning me’yor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi mumkin.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik tahlilida korxona (firma) da asosiy vositalarning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan mutlaq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.
114-jadval Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik va qurollanganlik tahlili
Ko‘rsatkichlar
O‘tgan yil
Hisobot yili
Farqi (+, –)
Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘mda
162387
173161
+10774
Sanoat ishlab chiqarish xodimlari soni, kishi
838
814
-24
Bir xodimga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, so‘m
193779
212728
+18949
Asosiy vositalar bilan qurollanganlik ko‘rsatkichlari sifatida bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan mehnat vositalari, bir ish o‘rniga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi aniqlanadi. Asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi. Ya’ni korxona faoliyatiga faqat miqdor ko‘rsatkichlar orqaligina emas, balki sifat ko‘rsatkichlarini ham o‘rganish asosida baho beriladi.
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida sanoat ishlab chiqarish xodimlarining asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 18949 so‘mga o‘sgan. Bu o‘sish ikkita omil hisobiga to‘g‘ri kelgan. Birinchi omil bu ishchilar sonining o‘zgarishi hisobiga bo‘lib {(173161/838)-(162387/838)} 12857 so‘mni, hamda ikkinchi omil asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi hisobiga {(173161/814)-(173161/838)} 6092 so‘mni tashkil etgan. Bundan ko‘rinadiki, korxonada xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 18949 so‘mga ortgan. Bunday natijalarni ijobiy holat sifatida baholash maqsadga muvofiqdir.
Yil davomida asosiy vositalar tarkibida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Sotib olingan va qurib bitkazilgan obyektlarni ishga tushirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish tufayli asosiy vositalar safi kengayadi.
Jismoniy va ma’naviy eskirish tufayli ularni bir qismi safdan chiqariladi.
Asosiy vositalarning atmosfera sharoitlari ta’sirida va ulardan foydalanish jarayonida uning moddiy tuzilishida ichki o‘zgarishlar (zanglash, chirish ) sodir bo‘lganda boshlang‘ich holatining yo‘qolishi tufayli jismoniy eskirish ro‘y beradi.
Jismoniy eskirish asosiy vositalardan foydalanish jarayonida, ulardan foydalanilmayotgan hollarda ham sodir bo‘ladi.
Asosiy vositalarning ma’naviy eskirishi, ularning texnik tavsifi hamda iqtisodiy samaradorligining davr talabidan orqada qolishi tufayli ro‘y beradi.
Ma’naviy eskirish ikki xil bo‘ladi:
asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarishning arzonroqqa tushishi natijasida ular qiymatining kamayishi;
yangi, ilg‘or asosiy vositalarni joriy qilish va ularning texnik jihatdan orqada qolishi natijasida qiymatining pasayib ketishi hisoblanadi.
Asosiy vositalar harakatining tahlili quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlashdan boshlanadi. Asosiy vositalarni:
ishga tushirish koeffitsiyenti;
yangilanish koeffitsiyenti;
chiqib ketish koeffitsiyenti;
tugatish koeffitsiyenti;
mashina va jihozlar parkini kengaytirish koeffitsiyenti.
Asosiy vositalar harakati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil etish uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanamiz.
115-jadval Asosiy vositalar harakati