Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

Tezkor  tahlil. 

Bu  tahlil  iqtisodiy  tahlil  turlaridan  biri  bo‘lib,  xo‘-

jalik tizimini tezkor boshqarish uchun lozim bo‘ladigan masalalarni hal 

qilishga  qaratilgandir.  U  korxonaning  xo‘jalik  faoliyatini  boshqarishda 

shu  kundagi  ishlab  chiqarish  jarayonini  tezkor  tarzda  boshqarishda 

qo‘llaniladi. Bu qisqa muddatli tahlil bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida 

ro‘y  bergan  chetga  chiqishlarni  tezkorlik  bilan  aniqlab,  uni  bartaraf 

qilish chora-tadbirlarini ko‘radi.  

Tezkor  tahlilning 

asosiy  vazifasi

  topshiriqlarni  muntazam  nazorat 

qilish,  mahsulotni  ishlab  chiqarish  va  uni  sotish  jarayonini  kunda 

aniqlash, shu kundagi ishlab chiqarish rezervlarini o‘z vaqtida aniqlash 

va  ularning  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishga  jalb  qilish 

hisoblanadi.  Tezkor  tahlil  boshqaruv  tizimida  boshqaruv  xodimlarining 

taxminan  50  foiz  ish  vaqtini  egallaydi,  amalda  esa  uning  umumiy 

bajariladigan  tahliliy  ishlarda  tutgan  salmogi  10  foizni  tashkil  etadi. 

Tezkor  tahlil  joriy  tahlildan  farqli  o‘laroq  u  asosan  boshlang‘ich 

ma’lumotlarga asoslanadi. 

Tezkor tahlil quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

-  korxonaning  asosiy  miqdor  va  sifat  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha 

hamda  uning  bo‘linmalari  smenada,  sutkada,  besh  kunlikda  va 

dekadalardan chetga chiqishini aniqlash; 

-  me’yordan chiqishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash; 

-  kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan javobgar shaxslarni aniqlash; 

-  salbiy omillarni bartaraf qilish uchun tadbirlar ishlab chiqish; 

-  ko‘rsatilgan vaqtda erishilgan natijalarni yakunlash va «Tor» joy 

va ilg‘or bo‘g‘inlarni aniqlash. 

Tezkor tahlil, odatda, quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib boriladi: 

mahsulotni  ishlab  chiqarish,  jo‘natish  va  sotish,  ishchi  kuchidan 

foydalanish, asbob-uskuna va moddiy resurslardan foydalanish, tannarx, 

foyda  va  rentabellik,  to‘lov  qobiliyati.  Demak,  joriy  tahlilda  o‘rgani-



 

107


ladigan  ko‘rsatkichlar  soni  tezkor  tahlilda  o‘rganiladigan  ko‘rsatkich-

lardan  ancha  ko‘pdir.  Tezkor  tahlilning  natijasi  joriy  tahlilga  nisbatan 

unchalik  aniq  bo‘lmaydi,  chunki  oyning  istalgan  kunida  ishlab 

chiqarilgan  mahsulotning  haqiqiy  tannarxini  va  mahsulot  tannarxining 

pasayishi  natijasida  olingan  foyda  miqdorini  aniq  hisoblab  chiqish 

mumkin  emas,  oldindan  mahsulotning  qancha  qismi  shu  oyda  sotiladi, 

qancha qismi esa kelgusi oyda sotilishini aniq hisoblab bo‘lmaydi, lekin 

tezkor tahlilning bu kamchiligi uning ahamiyatini kamaytirmaydi, zero, 

tezkor tahlil orqali olingan natijalarning mutlaq aniqligidan ko‘ra uni o‘z 

vaqtida olish ahamiyatliroqdir. 

Bunday  tahlilni  o‘tkazish  uchun  ma’lumot  manbalari  bo‘lib, 

boshlang‘ich hujjatlar, buxgalteriya va tezkor texnik hisob ma’lumotlari, 

uning  shaxsiy  kuzatish  natijalari  hisoblanadi.  Bu  hujjatlarda  iqtisodiy 

ko‘rsatkichlar  ko‘proq  natural  holda  beriladi.  Tahlilni  natura 

ko‘rsatkichida  amalga  oshirilishi  tezkor  tahlilning  xarakterli  xususiyati 

bo‘lib hisoblanadi. 




Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish