Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Korxonaning material resurslaridan foydalanilishiga oid



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

Korxonaning material resurslaridan foydalanilishiga oid 

ma’lumotlar 

 

Resurs xarajatlari, t 



Me’yordan og‘ishish (+;-) 

Resurslar 

turi 

me’yor 

bo‘yicha 

haqiqatda 

mutlaq 

foizda 

Neft mahsu-

lotlari 

600 


615 

+15 


+2,5 

xomashyo 

1200 


1176 

-24 


-2,0 

yoqilg‘i 

2500 


2750 

+250 


10,0 

va hokazo 

 

 



 

 

 




 

64

Iqtisodiy  tahlilda  ham  haqiqatda  erishilgan  natijalarni  o‘tgan  davr 



ma’lumotlari bilan taqqoslash juda ko‘p qo‘llaniladi. Bu o‘rganilayotgan 

ko‘rsatkichlar  o‘zgarishlariga  oid  sur’atlarni  baholashga  va  iqtisodiy 

jarayonlar  rivojlanishi  tendensiyalari  va  qonuniyatlarini  aniqlashga 

imkon beradi. 



9-jadval 

Asosiy ko‘rsatkichlar dinamikasi

 

Mahsulotlar ishlab 



chiqarish hajmi 

Ishchilar soni 

Bir ishchi tomonidan 

ishlab chiqarilgan 

mahsulot 

Yillar 

mln. 

so‘m 

bazis yilga 

nisbatan 

% da 

kishi 

bazis 

yilga 

nisbatan 

% da 

ming 

so‘m. 

bazis 

yilga 

nisbatan 

% da 

2003 


830 

1094 



758,7 


2004 


910 

9.6 


1087 

-0.7 


837,2 

+10,3 


2005 

930 


2.2 

1075 


-1.2 

865,1 


+3,3 

2006 


1150 

1.2 


1064 

-1.1 


1080,8 

+24,9 


2007 

1200 


4.3 

1000 


-6.1 

1200,0 


+11,0 

 

9-jadvaldan  ko‘rinib  turibdiki,  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi 



o‘sish,  ishchilar  soni  esa  kamayish  tendensiyasiga  ega.  Bu  o‘sish  va 

kamayish  mehnat  unumdorligini  bazis  yilga  nisbatan  ortishiga  sabab 

bo‘lgan. 

Korxonada tegishli ko‘rsatkichlarni texnika, texnologiya va ishlab 

chiqarishni  tashkil  qilish  sohasida  erishilgan  eng  yaxshi  natijalar  bilan 

taqqoslash  biznes  samaradorligini  oshirish  rezervlarini  izlashga  yo‘nal-

tirilgan  bo‘ladi.  Bunda  ichki  korxona  va  korxonalararo  taqqoslash 

bo‘lishi  mumkin.  Korxonaning  ichida  ko‘rsatkichlarning  o‘rtacha  dara-

jasini  uning  alohida  segmentlari  yutuqlari  bilan  taqqoslash  ishlari  olib 

boriladi  va  ularning  muvaffaqiyati  sabablari  o‘rganiladi.  Korxonalararo 

qiyosiy tahlil

 

jarayonida tahlil qilinayotgan korxonaning ko‘rsatkichlari 

mavjud eng yaxshi natijalarga, xo‘jalik yuritishning bir xil boshlang‘ich 

sharoitlariga ega yetakchi korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. 

Tahlil  qilinayotgan  korxonaning  faoliyat  natijalarini  raqobatdosh 

korxonalar ma’lumotlari bilan taqqoslash katta ahamiyatga ega. 

Korxonalararo taqqoslash quyidagi maqsadda olib boriladi: 

 



korxona  va  o‘xshash  korxonalardagi  faoliyat  natijalari  qanday 

nisbatlanishini rahbariyatga ko‘rsatish; 

 

biznesning  kuchli  va  kuchsiz  tomonlariga  rahbariyat  e’tiborini 



jalb qilish; 


 

65



 

korxonaning  faoliyat  samaradorligini  baholash  va  uning  stra-

tegik va taktik siyosatiga tuzatishlar kiritish uchun rahbariyatga obyektiv 

baho berish. 

Korxonalararo  qiyosiy  tahlil  sohasida  eng  so‘nggi  yutuq  bu  – 

benchmarking



Bu  nafaqat  xususiy  sohaning,  balki  boshqa  sohalardagi 

fan  va  amaliyot  yutuqlariga  asoslangan  yetilib  kelayotgan  muammolar 

haqida  oldindan  ogohlantiruvchi  tizimdir.  U  raqobatda  ustunlikka 

erishish  va  uni  saqlash  uchun  talab  qilingan  axborotlarni  olish 

instrumenti sifatida foydalaniladi. Benchmarking korxona va yetakchilar 

o‘rtasida  erishilgan  natijalardagi  tafovut  mohiyatini  tushunishga 

ko‘maklashadi.  Menejerlarni  yangiliklarni  izlashga  yanada  undaydi, 

innovatsion  faoliyat  uchun  baza  hosil  qiladi.  Yuqori  rahbariyatga 

xususiy  biznesda  strategik  va  taktik boshqaruv  qarorlari  bo‘yicha  ortda 

qolishni  bartaraf  etishga  maqbullashtirishga,  mahsulot  va  xizmatlar 

bozorida yetakchi o‘rin egallashga ko‘maklashadi. 

Korxonalarni  taqqoslash  bevosita  va  bilvosita

 

bo‘lishi  mumkin



Raqobat  va  tijorat  siri  tufayli  raqobatdosh  korxonalar  kamdan-kam 

axborot  ayirboshlashadi.  Shuning  uchun  bir  korxonaning  holati  bilan 

boshqasiniki o‘rtasida bevosita taqqoslash o‘tkazish doimo ham mumkin 

bo‘lmaydi  –  odatda,  muayyan  soha  bo‘yicha  e’lon  qilingan  o‘rtacha 

statistik  ma’lumotlarga  yoki  aksionerlik  jamiyati  va  mas’uliyati 

cheklangan  jamiyat  hisobotiga  asoslangan  bilvosita  taqqoslash  bilan 

cheklanishga to‘g‘ri keladi. 

Tahlil  qilinayotgan  korxona  ko‘rsatkichlarining  haqiqatdagi 

darajasini  soha  bo‘yicha  (vazirlik,  birlashma,  konsern)  o‘rtacha 

ko‘rsatkichlar  bilan

 

qiyoslash  ham  iqtisodiy  tahlilda  katta  ahamiyatga 

ega. Bunday taqqoslash tahlil qilinayotgan ushbu sohaning, korxonaning 

boshqa  xo‘jalik  subyektlari  o‘rtasida  reytingini  aniqlash,  korxonaning 

rivojlanishi darajasini yanada to‘liq va obyektiv baholash, uning xo‘jalik 

faoliyati  natijalarini  belgilovchi  umumiy  va  o‘ziga  xos  omillarni 

o‘rganish, operatsion va moliyaviy risk darajasini baholash uchun zarur. 

Parallel  va  dinamik  qatorlarni



 

qiyoslash  turli  ko‘rsatkichlar 

o‘rtasida  aloqa  shakllari  va  yo‘nalishlarini  aniqlash  va  asoslash  uchun 

foydalaniladi.  Shu  maqsadda  ko‘rsatkichlardan  birini  tavsiflovchi 

raqamni o‘suvchi yoki kamayuvchi tartibda ranjirlash va shunga bog‘liq 

ravishda  boshqa  tadqiq  etilayotgan  ko‘rsatkichlarni  qay  tarzda 

o‘zgarishini ko‘rib chiqish zarur. 

10-jadvalda  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  va  tuproq  hosildorligi 




 

66

bo‘yicha tumanning 10 fermer xo‘jaligiga oid ranjirlangan ma’lumotlar 



keltirilgan.  Ushbu  ma’lumotlarni  o‘rganish  o‘rganilayotgan  ko‘rsat-

kichlar  o‘rtasida  chambarchas  aloqa  mavjudligini  tasdiqlaydi:  tuproq 

sifati oshganda don ekinlari hosildorligi o‘sadi. 

 

10-jadval  




Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish