Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

 

 

1.3. Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni 

 

Bozor iqtisodiyoti – bozorning o‘ziga xos qonunlari, funksiyalari va 



vazifalarini  bajarishga  asoslangan  iqtisodiy  munosabatlarni  alohida 

shaklidir.  Bu  jarayonda  bozor  munosabatlarining  barcha  jihatlari, 

xususiyatlari amal qiladi. 

Bozor subyektlari ya’ni ishlab chiqaruvchilar yoki xaridorlar, mav-

jud tarkib topgan tizimda talab va taklif, pul muomalasi, raqobat, inqiroz 

va shu kabi tomonlarga moslashib, o‘z faoliyatini amalga oshirishi shart. 

Bu esa ularni mazkur sharoitda yashab qolish yoki rivojlanishini ta’min-

laydi. Aks holda, ular o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erisha olmay bozor 

munosabatlarida  o‘rinlarini  yo‘qotadilar.  Demak,  korxonalar  bozordagi 

mavjud  holatni  va  o‘zlaridagi  ichki  imkoniyatlarni  chuqur  o‘rganmay 

turib  faoliyatlarini  amalga  oshira  olmaydilar  yoki  qo‘yilgan  maqsadga 

erisha olmaydilar. 

Bozor munosabatlarida korxonalar faoliyatini boshlashi yoki davom 

ettirishidan  oldin,  dastavval  uning  va  o‘zining  barcha  holat  hamda 

imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishga majbur. Natijada, tavakkalchilikka 

asoslangan,  lekin ayni  paytda  ilmiy  asosga  ega bo‘lgan  faoliyat  dasturi 

ishlab  chiqiladi.  Dasturga  amal  qilish  esa  mablag‘lardan  to‘g‘ri  va 

samarali foydalanishni ta’minlaydi. 

Bozor munosabatlari rivojlanib, tobora takomillashib borishi korxo-

nalarda  tahlil  qilinadigan,  o‘rganiladigan  obyektlar  sonini  ham  ko‘pay-

tirib,  murakkablashtirib  bormoqda.  Jumladan,  bozordagi  infrastruktura 

xizmatidan boshlab to korxonadagi ta’minot, ishlab chiqarish, sotish va 

boshqa  hisob-kitoblar  hamda  moliyaviy  munosabatlargacha,  qiymat 

yaratilishi va erishilishining barcha bosqichlari va shu kabilar ular uchun 

tahlil  obyekti  bo‘lib  qolmoqda,  ayniqsa,  2009-yildan  boshlangan  jahon 



 

28

moliyaviy-iqtisodiy inqirozi iqtisodiy tahlil ishlarida ham jiddiy kamchi-



liklar mavjudligini va bu borada ko‘plab ishlarni amalga oshirish zarur-

ligini  ko‘rsatib berdi. 

Ma’lumki, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot o‘zgaruv-

chanlik tavsifiga ega. Korxonalar o‘z faoliyatini har doim uzluksiz uning 

talablariga  moslashtirib boradi. Bu jarayon korxonada  marketing tadqi-

qotlarini ishlab chiqish va unga amal qilishni talab etadi. Demak, tashqi 

va ichki muhit ta’siridan kelib chiqqan holda korxonalar o‘z faoliyatini 

marketing  yo‘nalishida  olib  borishga  majbur.  Natija  esa,  strategiya  va 

taktikani  hamda  unga  muvofiq  keluvchi  dasturlar  va  rejalarni  ishlab 

chiqishni ta’minlaydi. 

Bozor sharoitida ilmiy asosda ishlab chiqilgan biznes-rejalar harakat 

uchun qo‘llanmadir. Rejani ilmiy asosda bo‘lishi bevosita iqtisodiy tahlil 

ishlari bilan bog‘langandir. Chunki, reja ko‘rsatkichlari bozordagi holat, 

o‘tgan yillar tajribasi, belgilangan me’yorlar, yetakchi korxonalar hamda 

ichki imkoniyatlar ahvolidan kelib chiqib belgilanadi. 

Mazkur tadbir mulk egalari uchun o‘ta muhim hisoblanib, mablag‘-

lardan  foydalanishda  eng  yaxshi  deb  tanlangan  samarali  yo‘nalishning 

har  bir  bosqichida  amalga  oshiriladigan  xatti-harakat  aniq  belgilanib 

olinadi.  Undan  kutiladigan  natijalar  esa  ilmiy  asosda  hisob-kitob  qili-

nadi.  Demak,  rejalashtirish  ishlarining  har  bir  elementi  dastavval  turli 

usullar bilan muqobillik asosida tahlil etiladi. Natijada esa, eng maqbul 

faoliyat deb tanlab olingan yo‘nalish uchun mablag‘lardan foydalanish-

da imkon qadar samarali chora-tadbirlar ilmiy asosda ishlab chiqiladi. 

Korxonalar  ishlab  chiqarish  va  tijorat  ishlarini  amalga  oshira 

boshlaganida  haqiqiy  ma’lumotlar  olinib,  u  reja    ko‘rsatkichlari  bilan 

taqqoslanib ko‘riladi. Bu bilan rejaning naqadar realligiga baho beriladi, 

yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy holatlar aniqlanadi hamda qay darajada 

imkoniyatlar ko‘zda tutilgani o‘rganiladi. Haqiqiy ma’lumotlar bevosita 

bozordagi  holat  bilan  ham  bog‘lanadi.  Bozordagi  o‘zgarishlar  va  ular-

ning  korxona  faoliyatiga  ijobiy  yoki  salbiy  ta’siri  tezkorlik  bilan  tahlil 

qilinadi.  Shu  asosda  tegishli  chora-tadbirlar  belgilanadi.  Demak,  bozor 

sharoitida iqtisodiy tahlil vositasida barcha jarayonlar aniq faktlar bilan 

analitik  usulda  tahlil  qilinib,  ularni  sintez  yo‘li  bilan  umumlashtirib  te-

gishli


 

qarorlar


 

qabul


 

qilinadi hamda korxona faoliyatiga ta’sir o‘tkaziladi. 

 Iqtisodiy tahlil bozor sharoitida faqatgina haqiqiy holatni o‘rganib 

uni  ijobiy  tomonga  o‘zgartirish  vazifasini  bajaribgina  qolmay,  balki 

uning vositasida korxona faoliyati bilan qiziquvchi tashqi shaxslar uchun 



 

29

ham zarur bo‘lgan  ma’lumotlar tayyorlanadi. Bu bilan korxonani  moli-



yaviy  holati  hamda  iqtisodiy  imkoniyati  to‘g‘risida  ham  to‘la  tasavvur 

hosil  qilinadi.  Natijada  esa,  korxonaga  ko‘plab  hamkorlar  jalb  etish 

imkoniyati tug‘iladi.  

Bozor  munosabatlari  sohasida  har  qanday  xo‘jalik  yurituvchi  sub-

yektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va meh-

nat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri 

boshqarishni  ta’minlashi  zarur  bo‘ladi.  Ammo,  ko‘pgina  korxona  va 

tashkilotlar iqtisodiy mustaqillik hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar 

tuzish huquqini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng xo‘jalik yuritishning yangi 

sharoitlariga  tayyor  emasliklari  ayon  bo‘lib  qoldi.  Bozor  iqtisodiyoti 

sohasida  boshqaruv  subyektlariga  faqat  axborotga  ega  bo‘lishning  o‘zi 

kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, to‘g‘ri xulosalar chiqarish va 

ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish 

zarur  bo‘ladi.  Samarali  boshqarishda  eng  muhimi  axborot  va  undan 

foydalana bilishdir. 

Iqtisodiy  axborotlar  bilan  ishlashning  eng  muhim  jihatlaridan  biri 

uni  tahlil  qilishdir.  Tahlil  davomida  xo‘jalik  faoliyatini  o‘rganishda 

hamda xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan 

foydalaniladi. 

Iqtisodiy tahlilning ikki xil yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin: 

1. Sanoat korxonalarining xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish. 

2. Iqtisodiyot tarmoqlarining boshqa tarmoqlarini tahlil qilish.  

Bunda  iqtisodiy  tumanlar,  hududlar  va  butun  iqtisodiyot  tarmoqla-

rini  tahlil  qilish  tushuniladi.  Shuni  aytish  kerakki,  iqtisodiyot  tarmoq-

larini  tahlil  qilish  iqtisodiy  fanlar  majmuasida  mustaqil  o‘rin  olmagan 

bo‘lib, u siyosiy iqtisod va tarmoqlar



 

iqtisodiyoti kurslarida o‘rganiladi, 

holbuki, korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish iqtisodiy fanlar 

qatoridan o‘ziga xos mustaqil o‘rin olgan. 

Hozirgi  sharoitda  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotini  jadal-

lashtirishda,  iqtisodiyotdagi  noqulay  yo‘nalishlarni  tez  bartaraf  etishda, 

iqtisodiyotni  boshqarishni  tubdan  qayta  isloh  qilishni  jadallashtirish 

birinchi  navbatdagi  vazifadir.  Iqtisodiy  tahlilni  takomillashtirishning 

asosiy yo‘nalishlari iqtisodiyotni boshqarish, qayta qurishning mohiyati 

va  uni  amalga  oshirish  tamoyillari  bilan  bevosita  belgilanadi.  Iqtiso-

diyotni boshqarishni tubdan qayta qurishning mohiyati – barcha daraja-

larda, asosan, ma’muriy rahbarlik usullaridan iqtisodiy usullarga, manfa-

atlar  orqali  boshqarishga,  boshqarishni  keng  demokratiyalashga,  inson 



 

30

omilini butun choralar bilan kuchaytirishga o‘tishdir. Hozirgi bosqichda 



tub  islohotni  amalga  oshirish  bozor  iqtisodiyoti  afzalliklarini  mumkin 

qadar to‘laroq ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan yaxlit, samarali va 

epchil boshqarish sistemasini vujudga keltirishni taqozo etadi. 

Xo‘jalik  faoliyatini  muvaffaqiyatli  boshqarish  ko‘pgina  ta’sir 

etuvchi  omillarga,  shartlarga  va  holatlarga  bog‘liq  bo‘ladi.  Yuqorida 

ko‘rsatib  o‘tilganidek,  korxonalar  faoliyatini  boshqarishda  boshqaruv 

funksiyasi  asosiy  mavqeni  egallaydi,  shu  bilan  birga  tahlil  ham  ushbu 

funksiyalarning  to‘liq  faoliyati  va  darajasi  ko‘p  jihatdan  ularning 

uslubiyatiga  bog‘liqligi  bilan,  bundan  tashqari  boshqaruv  obyektida 

fanning predmetini o‘z vaqtida aniq tushunishi bilan ajralib turadi. 

Bizga ma’lumki, odatda, har qanday fan o‘z predmeti orqali obyek-

tiv  borliqning  qaysidir  tomonlari  va  qismlarini  tushuna  oladi.  Aynan 

bitta  obyektni  turli  xil  fanlar  o‘zining  ixtisoslik  tomonlaridan  yoki 

aloqalaridan kelib chiqib turlicha qarashi mumkin. Ko‘rinib turganidek, 

xo‘jalik  faoliyati  o‘zining  mazmuni  va  strukturasi  jihatidan  murakkab 

obyekt ekanligi bilan ajralib turadi. Shu sababli korxonalarning xo‘jalik 

faoliyatini  ko‘pgina  iqtisodiy  fanlar  hamda  boshqa  fanlar  o‘rganishi 

mumkin.  Har  bir  fan  jamiyat,  tabiat  va  idroklash,  taraqqiyot  haqida 

ma’lum  bir  darajada  bilim  beradi.  Bunday  bilim  berishda  yoki  o‘rga-

nishda  tabiat  va  jamiyatni  rivojlantirishdagi  umumiy  qonuniyatlarga, 

tamoyillariga amal qiladi. 


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish