Natura o‘lchovlari – hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning harakatlarini natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi. Natura o‘lchovlarini qo‘llash hisobga olinayotgan obyektning xususiyatlari, ya’ni uning fizik va iste’mol hossasi fark qiladi. Masalan, hisob obyektlari: og‘irlik birligida (gramm, kilogramm, tsentner, tonna); hajm birligida (metr, kubometr); uzunlik birligida (santimetr, metr, kilometr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda o‘lchanadi.
Natura o‘lchov birliklari moddiy qiymatliklarni hisoblash, tortish va o‘lchash natijasida olingan ma’lumotlarni hisobga olish, ularning miqdor hamda sifat o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish uchun qo‘llaniladi. Ular yordamida umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarning olinishi istisno qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |