"Upravlencheskiy uchyot" (pod red. V. Paliya), Moskva INFRA-M, 1997 god.
"Buxgalterskiy uchyot dlya predprinimateley". F.Vud. Moskva OOO Askeri 1996 god.
8-BOB. MEHNAT VA ISH HAQINI HISOBGA OLISH
Mehnat va ish haqini hisobga olish vazifalari, xojalik yurituvchi subektning shaxsiy tarkibi va turkumlanishi
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariningshaxsiydaromadi, ya’ni mehnatga haq to’lash mablag’lari-mahsulot tannarxiga kiritiladigan tolovlarhamda xojalikyurituvchi subektixtiyorida qoldiriladigan foyda hisobidan beriladigan tolovlardan(dividend va foizlar)iborat. Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning tub negizida aholini ijtimoiy himoya qilish, qilingan mehnatiga yarasha taqdirlash hamda turmush farovonligini oshirish masalasi yotadi.
Ushbu masalalarni xal etish borasida bugalteriya sohasida ham ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda, xususan inson mehnat qilar ekan uning hisobini togri tashkil etish va yuritish, tolovlarni hamda ajratmalarni oz vaqtida olib borishni taqozo etadi.
Fuqarolarni mehnat qilishi uchun har qanday sharoitlar yaratilib ularning mehnatga bolgan munosabatini, mulkiy xissiyotini uygotishga oid qator tadbirlar qilinmoqda. Xususan Prezidentimiz ozining bir qator qaror va qonunlarida bu kabi yuqoridagi masalalarga ijobiy yondashmoqda. Malumki, mashhur besh tamoyillaridan biri»bolmish ijtimoiy himoya qilish dasturi buning yaqqol asosidir. Chunonchi, Ozbekiston Vazirlar mahkamasining 1997 yil 24 dekabrdagi №562 sonli qaroriga muvofiq 1998 yilda ham mehnat sharoitlari ota zararli, ota ogir bolgan ishchilarning daromadlaridan chegirmalar darajasi 25% dan oshmasligi hamda noqulay iqlim sharoitida ishlayotganlar daromadiga eng kam soliq stavkasi boyicha 15% miqdorida undirish tartibi korsatib otilgan.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan osishini taminlovchi eng muhim omillaridan biri mehnat unumdorligini ostirishdir.
Hozirgi paytda xalqimiz oldida turgan mamlakat iktisodiy va ijtimoiy-siyosiy turmushini barqarorlashtirish tadbirlari, yaqin vaqt ichida istemol bozoridagi taqchillikni bartaraf qilish borasidagi vazifalarini bajarish uchun, birinchi navbatda, mehnat unumdorligini ostirish talab etiladi.
Tarif tizimi va mehnatni muvofiqlashtirish, xojalik yurituvchi subekt jamoasiga beriladigan mukofotlari ularning mehnat hissalariga qarab belgilash borasida muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xodimlarning mehnatiga haq tolash shakllari, tartibi va miqdori hamda daromadlarining boshqa turlari xojalik yurituvchi subekt tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunda xojalik yurituvchi subektlar tomonidan bajarilayotgan ishlarning murakkabligi va sharoitga qarab tabaqalash uchun davlat tarif stavkalari boyicha ish haqi, maoshlaridan moljal uchun foydalanishlari mumkin.
Xojalik yurituvchi subekt va tashkilotlarga ish haqi fondi va modtsiy ragbatlantirish fondining miqtsorini belgilaydigan nomativlar yuqoridan tasdiqlanmaydi. Mehnatga haq tolash xarajatlarining meyorlashtiriladigan miqdori xojalik yurituvchi
subektning ozi tomonidan faqat soliq solinmaydigan foydani hisoblab chiqish uchun aniqlanadi.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan tolovlar tarkibiga ishbay ish haqi, tarif stavkasi, lavozimlik maoshlari (okladlari), ragbatlantirish va tovon (kompensatsiya) tolovlari, ishchi va xizmatchilarni ularning ishlab chiqarish faoliyatidagi aniq korsatkichlari uchun belgilangan mukofotlash tartiblariga qarab hisoblangan ish haqi hamda amaldagi qonunlarda kozda totilgan tolovlar kiradi.
Istemolga yonaltiradigan mablaglarni tartibga solish maqsadida soliq belgalangan. Bunda istemol uchun yonaltiriladigan mablaglar deb, xojalik yurituvchi subektdagi barcha xodimlarning mehnat haqi xarajatlari summasi, pul tolovlari, shu jumladan, bir yildagi yil yakunlari boyicha mukofotlar, moddiy yordam, mehnat va ijtimoiy imtiyozlarni belgilashga atalgan summalar va yakka tartibdagi xususiyatlarga ega bolgan boshqa tolovlar hamda ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflar uchun tolovlardan tashqari mehnat jamoasining azolari qoshgan mablaglari boyicha tolanadigan daromadlar (dividendlar, foizlar)ga aytiladi.
Soliq solish obekti sifatida istemol uchun yonaltirilgan mablaglarning soliq solinmaydigan miqdoridan ortiqcha summasi qabul qilingan. Istemol uchun yonaltirilgan mablaglarning soliq solinmaydigan miqdori hisobot yilining joriy davridagi xojalik hisobi daromadini shu mablaglarning otgan "ilning tegishli davridagi xojalik hisobi daromadidagi salmogiga kopaytirish yoli bilan topiladi. Shunday yol bilan topilgan miqdor 0,98 koeffitsienti bilan tuzatilib, xojalik hisobi daromadining osishini istemol uchun yonaltirilgan mablaglarning osishiga qaraganda tezlashtirishni taminlaydi.
Istemol uchun yonaltiriladigan mablaglarni tartibga solish uchun qabul qilinadigan xojalik yurituvchi subekt xojalik hisobidagi daromadi sotilgan maxsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi tarkibidagi mehnatga haq tolash xarajatlari bilan xojalik yurituvchi subekt ixtiyorida qoladigan foyda summalari sifatida hisoblab chiqiladi. Bunda xojalik yurituvchi subektning xojalik hisobidagi daromadi taqqoslash mumkin bolgan narxlar va sharoitlarda hisoblab chiqilishi lozim boladi.
Hozirgi paytda ish haqini tashkil qilishni qayta qurishning muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:
xodimlarning juda keng bolgan doirasiga tegishliligi;
birinchi marta ish haqini tashkil qilishning barcha qismlarini, yani tarif tartibi, haq tolash shakllari va mukofotlash tartibi, mehnatni muvofiqlashtirish, qoshimcha haq tolash mexanizmi, mehnatga haq tolash fondlarini hosil qilish va foydalanish kabi elementlar kompleksini oz ichiga oladi;
mehnat jamoasining roli ayniqsa oshiriladi, mehnatning umumiy natijasiga har bir xizmatchi hissasini baholash hamda unga haq tolash va mukofotlash miqdorlarini aniqlash bilan bogliq bolgan masalalarni echishdagi kopchilik tosiqlar bartaraf qilinadi;
Mehnat va ish haqiga tegishli reja topshiriqlarini hisobga olish va nazorat qilishda buxgalteriya hisobi muhim rol oynaydi. Chunki uning yordamida xojalik yurituvchi subektning barcha bolimlarida mehnat korsatkichlarining bajarilishi va uning ozgarishi haqida iqtisodiy asoslangan axborotlar yaratiladi.
Mehnatkashlarning mehnat unumdorligini oshirish va xojalik yurituvchi subekt ishini yaxshilashga bolgan moddiy qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida ularga tolanadigan ish haqida xojalik yurituvchi subekt ishining umumiy yakunini yaxshilash uchun tolanadigan qismini oshirishga keng yol ochib berilmoqda. Shuning uchun sanoat xojalik yurituvchi subektlaridagi buxgalteriya hisobining eng muhim vazifalaridan biri mehnat olchovi va unga haq tolash ustidan nazorat qilib turishdir.
Buxgalteriya hisobi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga xarajatlangan mehnat miqdorini va ish haqini togri aniqlab berish lozim.
Har bir sanoat xojalik yurituvchi subekt faoliyati togri va normal olib borilishi uchun unda malum kasb va malakaga ega bolgan kadrlar ishlashi kerak. Xojalik yurituvchi subektda malum davr ichida ishlayotgan barcha xodimlar xojalik yurituvchi subektning shaxsiy tarkibi deb yuritiladi. U ikkiga bolinadi: