Naqd pul, kassa muomalalarining hisobini yuritish tartibi.
Xojalik yurituvchi subekt kassasidan naqd pulni olish va xarajatlash bilan bogliq bolgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. Xojalik yurituvchi subektning bu boradagi xatti-harakatlari Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Kassamuomalalariniolibborishtartibida belgilab berilgan.
Kassa muomalalarining buxgalteriya hisobi 5000-“Kassa” hisobvaragida yuritiladi. Mazkur schyot xojalik yurituvchi subekt kassalarida turgan pul mablaglari va ularning harakati togrisidagi malumotlarni umumlashtirish uchun moljallangan.
Xojalik yurituvchi subektlar oz kassalarida ularga belgilangan limitdan ortiq naqd pullarni faqat ish haqi, mukofot, ijtimoiy sugurta boyicha nafaqalar, stipendiya va pensiyalarni tolash uchun, bank muassasasidan pul olingan kunni ham qoshib hisoblaganda 3 bank ish kunidan oshmaydigan muddatda (bankmuassasasidanancha olisda joylashgan xojalikyurituvchi subektlaruchun 5 ish kuni) saqlab turishlari mumkin.
Xojalik yurituvchi subektlar naqd pullarni hisobot topshirish sharti bilan xizmat safarlariga xojalik xarajatlari ekspeditsiyalar, geologiya-razvedka guruhlari, xojalik yurituvchi subekt rahbarlari ularga kassa xizmatlari korsatuvchi tijorat banki bilan kelishgan holda belgilagan miqdorlarda beradilar.
Xizmat safarlari xarajatlari uchun naqd pullar xizmat safariga yuborilayotganlarga respublika hududida amal qiluvchi tartibga asosan belgilangan summalar miqdorida beriladi.
Hisobot topshirish sharti bilan berilgan, lekin xarajatlanmagan naqd pullar shu mablag berilgan muddat tugaganidan keyin 3 ish kuni mobaynida xojalik yurituvchi subekt kassasiga qaytarilishi kerak.
Hisobot topshirish sharti bilan naqd pul olgan shaxslar xarajatlangan summalar togrisida xojalik yurituvchi subekt buxgalteriyasiga (avtobus, yol pattalari, mehmonxona pattalari, poezd pattalari, samolyot pattalari) hisobot berishlari shart.
Ilgari hisobot topshirish sharti bilan berilgan summalar yuzasidan toliq
hisobot berilganidan keyingina yana hisobot topshirish sharti bilan naqd pul berilishi mumkin.
Xojalik yurituvchi subektlar kassasidan naqd pullar chiqim kassa orderlari asosida yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (tolov vedomostlari, pul berish togrisidagiarizalar, tolovnomava boshqalar) ga asosan beriladi. Bu hujjatlarda chiqim kassa orderi rekvizitlari tushirilgan shtamp izi bolishi lozim. Naqd pul olish uchun toldirilgan hujjatlarda xojalik yurituvchi subekt rahbari va bosh buxgalterning yoki ular vakolat bergan shaxslarning imzosi bolishi kerak.
Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar, tolovnomalar (schyotlar) va boshqalarda xojalik yurituvchi subekt rahbarining ijozat beruvchi imzosi bolgan hollarda chiqim kassa orderlarida rahbar imzosi bolishi shart emas.
Chiqim kassa orderi yoki uning ornini bosuvchi hujjat boyicha alohida shaxsga pul berayotganda kassir pul oluvchidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat korsatilishini talab qiladi, hujjatning nomi va raqamini, u kim tomonidan va qachon berilganini yozib oladi hamda olinayotgan pulning miqdorini soz bilan yozdiradi va
pul oluvchiga imzo chektiradi. Agar chiqim kassa orderining ornini bosuvchi hujjat bir necha shaxsga pul berish uchun tuzilgan bolsa, u holda oluvchilar ham yuqorida aytilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini korsatadilar hamda tolov hujjatlarining tegishli ustuniga imzo chekadilar.
Xojalik yurituvchi subektning xodimlari royxatida turmaydigan shaxslarga pul tuzilgan shartnomalar asosida har bir shaxs uchun alohida yoziladigan chiqim kassa orderi boyicha beriladi.
Kassir pulni faqat chiqim kassa orderida yoki uning ornini bosuvchi hujjatda korsatilgan shaxsga beradi. Ayrim hollarda pul korsatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida olinadigan bolsa, chiqim orderi matnida pul oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismidan keyin pul olish uchun ishonch bildirilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yozib qoyiladi. Agar pul vedomosti boyicha berilayotgan bolsa, pul olinganini tasdiqlovchi imzo oldidan kassir Ishonchnoma asosida deb yozib qoyadi. Ishonchnomani kassir olib qoladi va chiqim kassa orderiga yoki ishonchnomaga tikib qoyadi.
Kassir ish haqi, ish qobiliyatini vaqtincha yoqotish nafaqasi, stipendiya, pensiya va mukofotlarni har bir oluvchi uchun chiqim kassa orderi tuzmasdan, tolov (hisob-kitob-tolov)vedomostlari boyicha beradi.
Tolov (hisob-kitob-tolov)vedomostining yuzida pul berishga ruxsat etuvchi ustxat yozilib, xojalik yurituvchi subekt rahbari va bosh buxgalterining yoki ular vakolat bergan shaxslarning imzolari, pul berish muddatlari hamda soz bilan yozilgan summa bolishi shart.
Ish haqi sifatida bir marta tolanadigan pullar (tatilgachiqayotganda, kasal bolganda va hokazo), shuningdek, deponentdagi summalar, bir necha shaxslarga xizmat safari xarajatlari uchun hisobot topshirish sharti bilan beriladigan pullar ham shu tartibda rasmiylashtiriladi.
Buxgalteriya kassir tomonidan tolov vedomostlariga kiritgan yozuvlarni tekshirib berilgan va deponentga qoyilgan summalarni inventarizatsiyalaydi. Deponentlashtirilgan summalar bankka topshiriladi va ushbu topshirilgan summalar uchun bitta umumiy chiqim kassa orderi tuziladi.
Buxgalteriya kirim kassa orderlari, ularning kvitantsiyalarni, shuningdek chiqim kassa orderlari va ular ornini bosuvchi hujjatlarni siyohli yoki sharikli ruchkada aniq-ravshan qilib yozishi kerak. Kassa hujjatlarda biror yozuvlar ochirilishi, chaplanishi yoki ozgartarilishiga, hatto tuzatish togriligi qayd etilgan bolsa ham, yol qoyilmaydi. Quyidagi qoidaga rioya qilish tavsiya etiladi:
kirim va chiqim kassa orderlarida ularni tuzish uchun asos bolgan hamda ilova qilingan hujjatlar korsatiladi;
kirim va chiqim kassa orderlarini yoxud ular ornini bosuvchi hujjatlarni pul topshirayotgan yoki olayotgan shaxslar qoliga berish taqiqlanadi;
kassa orderlari boyicha naqd pul faqat ular tuzilgan kuni qabul qilinishi va berilishi mumkin;
kirim va chiqim kassa orderlarini yoki ular ornini bosuvchi hujjatlarni olayotganda kassir quyidagilarni tekshirishi shart;
hujjatlarda bosh buxgalter imzosi, chiqim kassa orderi yoki uning ornini bosuvchi hujjatda esa xojalik yurituvchi subekt rahbari yoki u vakolat bergan shaxsning ijozat ustxati borligi va haqiqiyligi;
hujjatlar togri rasmiylashtirilgani;
- hujjatlarda qayd etilgan ilovalar mavjudligi.
Yuqoridagi talablardan birortasiga rioya etilmagan bolsa, kassir bu hujjatlarni tegishlicha rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytaradi.
Kassa kirim va chiqim orderlari boyicha pul berilgan zahoti kassir tomonidan imzolanadi, ularga ilova qilingan hujjatlar esa tegishli shtamp asosida Puli tolangan deb yozib, sana (kun,oy,yil)ni korsatish yoli bilan hujjat yopiladi.
Kassa kirim va chiqim orderlari yoki ularning ornini bosuvchi hujjatlar kassaga yuborilishidan oldin buxgalter tomonidan kirim va chiqim kassa orderlarini royxatga olish daftarida qayd etiladi. Ish haqi tolash uchun moljallangan tolov (hisob-kitob- tolov)vedomostlarida rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari pul tolanganidan keyin royxatga olinadi.
Kassa kirim va chiqim hujjatlarini hisoblash texnikasi yordamida royxatga olib borish mumkin. Bunda tegishli kun uchun tuziladigan Kassa kirim va chiqim orderlarini royxatga olish daftarining qistirma varagi mashinagrammasida pul mablaglari kozlangan maqsadlar boyicha harakatlanishining hisobini yuritish uchun kerakli malumotlar yozilishi ham taminlanadi.
Har bir xojalik yurituvchi subektda bitta kassa daftari totiladi. Bu daftar sahifalari raqamlangan, ipcha bilan tikilgan va uning uchi surguchli yoki mastikali muhr bilan tamgalangan bolishi lozim. Kassa daftaridagi varaqlar soni mazkur xojalik yurituvchi subekt yoki yuqori tashkilot rahbari va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Kassa daftariga yozuvlar kopirovka qogozi (qora qogoz) orqali sharikli ruchkada 2 nusxada yoziladi. Sahifalarning ikkinchi nusxasi qirqib olinib hujjatlar ilova qilingan holda kassir hisoboti sifatida topshiriladi. Varaqning siyohda yozilgan asl nusxalari kassa daftarida qoladi.
Kassa daftaridagi yozuvlar ochirilishi hamda tasdiqlanmagan ozgartishlar kiritilishi man etiladi. Kiritilgan tuzatishlar kassir, shuningdek xojalik yurituvchi subekt bosh buxgalteri yoki uning vazifalarini bajarib turgan shaxs imzolari bilan tasdiqlanadi.
Kassir kassa daftariga yozuvlarni har bir order yoki uning ornini bosuvchi hujjat asosida pul olingan yoki berilgan zahoti yozadi. Ish kuni oxirida kun davomida bajarilgan muomalalar yakunini hisoblab, kassadagi pul qoldigini keyingi kunga otkazadi va hisoboti sifatida ikkinchi nusxa (kun davomida kassa daftariga kiritilgan yozuvlar nusxasi) ni kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birga buxgalterga topshirib, unga kassa daftariga imzo chektiradi.
Kassir moddiy javobgarlik togrisida tuzgan shartnomasiga muvofiq, ozi qabul qilgan barcha boyliklarni but saqlashi, qilgan hatti-harakatlari natijasida, yani oz vazifalariga sovuqqonlik yoki nohalollik bilan qarash oqibatida xojalik yurituvchi subektga etkazilgan har qanday zarar moddiy uchun javob beradi.
Kassada inventarizatsiyasi bir oyda bir marta otkazilib, uning natijasi akt- taqqoslash vedomostida tuziladi. Inventarizatsiya vaqtida pul kam chiqsa, u moddiy
javobgar shaxsdan undirib olinadi, ortiqcha chiqsa, u holda davlat byudjetiga otkaziladi.
Tekshirishni amalga oshirish jarayonida buxgalter quyidagi tartibga rioya qilishi kerak:
Kassani tekshirish kassir ishtirokida amalga oshiriladi;
Kassani tekshirish paytida barcha kassa jarayonlari toxtatiladi. Agar xojalik yurituvchi subektda bir nechta kassa mavjud bolsa, otkazish holda buxgalter barcha kassalarni muhrlaydi. Kassa kaliti kassirda,muhr esa bosh buxgalterda qoladi;
Kassadagi naqd pullar va qimmatbaho qogozlar kassir va bosh buxgalter ishtirokida birma-bir sanab chiqiladi. Pullar qanday holda bolishidan qatiy nazar, toliq sanab chiqilishi lozim. Bank oramidagi pullar ham oramidan olib sanaladi. Sanash tugagach, dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada kassadagi pullar belgilari boyicha alohida korsatiladi va ularning toliq summasi yoziladi. Dalolatnomaga taftish hayati, bosh buxgalter va kassir imzo chekadi. Kassa xarajat orderi bilan rasmiylashtirilmagan turli xildagi tilxatlar, vedomostlar va schyotlar tekshirish jarayonida hisobga olinmaydi;
Kassadagi sanalgan pullarning va qimmatbaho qogozlarning hammasi shu xojalik yurituvchi subektga tegishli hisoblanadi, chunki boshqa xojalik yurituvchi subektlar va shaxslarning pullari va qimmatbaho qogozlarini xojalik yurituvchi subekt kassasida saqlash taqiqlanadi;
Kassadagi kamomad yoki ortiqcha pul mablaglari togrisidagi malumotni auditor dalolatnomada yoritadi, pul mablaglarining kopul mablag yoki kam chiqishi sabablari togrisida kassirdan tushuntirish xati oladi. Kamomad summasi yoki suiistemol qilingan pul miqdori haddan ziyod bolsa, buxgalter haqda xojalik yurituvchi subekt rahbariga xabar beradi;
Togri rasmiylashtirilgan kassa hujjatlarini auditor kassirga tekshirish vaqtiga qoldiq chiqarish uchun beradi. Agar tekshirish ish haqi berish davriga togri kelgan, vedomostdagi pul qisman tolangan bolsa bu vedomost qoida boyicha biriktiriladi va hisobotga qoshiladi;
Kassani tekshirish vaqtida kassadagi qimmatbaho qogozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar), yoqilgi-moylash TMZlarini olish talonlari, qatiy hisobot blankalari, dam olish uylari, sihatgohlarga yollanmalar va boshqa pul hujjatlari miqdori dalolatnomada korsatiladi.
Inventarizatsiya vaqtida barcha kassa hujjatlari korib chiqiladi. Bankdagi hisob raqamidan olingan pullarni kassaga tola kirim qilinishi vedomostlarini taqqoslash orqali aniqlaydi. Agar kassa kirim orderida, bank kochirmasida, kassir hisobotida yoki cheklar koreshoklarida summalar mos kelmasa, ular bevosita bank muassasasiga borib tekshiriladi. Bank kochirmalarida ochirilgan summalar izi bolsa, togrilangan summalar aniqlansa yoki qoldiqlar mos kelmasa, otkazish holda bankdagi joriy raqamdan ishonchli kochirmalar olinadi.
Buxgalteriya tomonidan olingan kassa hisobotlari va hujjatlariga ishlov beriladi. Har bir yozuv mohiyatiga qarab tekshiriladi, birlamchi hujjat bilan solishtiriladi, shundan song hisobotga 5000 - Kassa hisobvaragi bilan analitik korrespondentsiyalanadigan jamlama schyot va schyotning shifri qoyiladi. Kassir hisoboti boyicha kun boshidagi pul qoldigini buxgalter avvalgi hisobotda korsatilgan kun oxiridagi pul qoldigi bilan solishtiradi va chiqarilgan oborotlar hamda qoldiqning togriligini tekshiradi.
Kassirning ishlov berilgan hisoboti asosida buxgalteriyada 5000-Kassa hisobvaragining krediti boyicha 1 - jurnal-orderda va 5000- Kassa schyot debeti boyicha 1- vedomostda kassa muomalalarining hisobi yuritiladi.