Moliyaviy texnologiyalarning mohiyati va rivojlanish istiqbollari



Download 22,83 Kb.
Sana26.01.2022
Hajmi22,83 Kb.
#411851
Bog'liq
Nurmuxamedov-Moliyaviy texnologiyalar-Tezis


MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNING MOHIYATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Magistratura bo’limi, KMQQB-3 guruh

magistranti Nurmuxamedov Azizbek
Moliyaviy texnologiyalar (inglizcha: financial technology, qisqartmasi - fintech) – moliyaviy xizmatlar va kompaniyalarga biznesning moliyaviy tomonlarini boshqarishda yordam beradigan texnologiyalar. Bularga: dasturiy ta’minot, mobil ilovalar, jarayonlar va biznes modellari kabilarni misol qilish mumkin.

Moliyaviy texnologiyalarni, shuningdek, kompaniyalarning mijozlar e’tirofi va mablag’lariga ega bo’lishda an’anaviy moliya institutlari va tashkilotlari (banklar, sug’urta kompaniyalari, investitsiya fondlari) bilan raqobat qilish uchun yangi moliyaviy texnologiyalar va yechimlardan foydalanadigan tarmoq deb ham atash mumkin. Ko’p hollarda bu o’z xizmatlarini yaxshilash uchun fintech- vositalardan foydalanadigan texnologik startaplar va kompaniyalardir. Misol uchun, Xitoyda mavjud bo’lgan “WeChat” – bu Tencent xoldingining ilovalari to'plami. Ushbu platformada “WeChat to’lovlari” opsiyasi mavjud bo'lib, har 5-foydalanuvchi (har oyda 889 million kishi ilovadan foydalanadi) o’z bank kartasini ulagan bo’lib, “Hamyon” xizmati orqali barcha tijorat funksiyalari va savdo hisoblariga kirish huquqiga ega. Ushbu texnologiya smartfon orqali ko’plab oflayn va onlayn tovarlar va xizmatlarni to’lashda yordam beradi.

Ilgari fintech faqat moliya institutlarining ichki ishlanmalari kontekstida foydalanilgan. Endilikda moliyaviy texnologiyalar yordamida ko’pchilik moliyaviy xizmatlar iste’molchisiga imkon qadar yaqin va qulay bo’ldi, chunki ular yordamida barcha onlayn operatsiyalar - pul o’tkazmalaridan tortib kommunal to’lovlargacha amalga oshirish imkonini yaratdi.

Fintech – moliyaviy ko'rsatkichlarni yaxshilash uchun texnologiyadan foydalanadigan rivojlanayotgan tarmoq. Mobil banking, investitsiya, onlayn kredit olish va kriptovalyutalar uchun smartfonlardan foydalanish moliyaviy xizmatlarni keng iste’molchilar qatlamlariga yanada qulayroq qilishga qaratilgan texnologiyalarga yaqqol misoldir.

Fintech bu raqamli texnologiyalar va moliyaning tobora kengayib borayotgan integratsiyasini o’z ichiga olgan innovatsiya sifatida ta’riflanadi. Bunday integratsiya, odatda, yangi biznes modellari yoki hatto yangi biznesga olib kelishi mumkin bo’lgan turli biznes vaziyatlarga javoban texnologik yechimlarni taklif qilish orqali iste’molchilar va korxonalarga moliyaviy xizmatlardan foydalanish va yetkazib berishni yaxshilash va avtomatlashtirishga qaratilgan. Ushbu atama, shuningdek, bunday innovatsion moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni yaratuvchi va taqdim etuvchi firmalarga nisbatan qo’llaniladi.

Dastlab, fintech xizmatlaridan foydalanish faqat ish stoli va noutbuklar bilan cheklangan edi, ammo bugungi kunda fintech xizmatlaridan oddiy smartfonlar orqali tobora ko’proq foydalanilmoqda. Moliyaviy texnologiyalarda qo’llaniladigan vositalar yordamida ko’plab iste'molchilar o’z moliyaviy mablag’larining harakatini kuzatish, boshqarish va soddalashtirish imkoniga ega bo’ladilar. Yildan-yilga dunyo bo’yicha fintechdan foydalanadigan insonlar soni tobora ortib bormoqda.

Oddiygina mobil toʻlov ilovalari sugʻurta va investitsiya kompaniyalari vakili bo’lgan ko’plab anʼanaviy moliya va bank industriyasini buzib yubordi. Moliyaviy texnologiyalarning rivojlanib va takomillashib borishi an'anaviy moliya institutlarining mavjud bo’lishiga tobora ko’proq tahdid solmoqda.

Fintech naqd pulsiz dunyoni haqiqatga aylantirishda muhim rol o’ynaydi. Texnologiyaning moliyaviy dunyoni o’zgartirayotgan jadal sur’atlarini hisobga olsak, moliyaviy texnologiyadagi keyingi yutuqlar biznes va moliya sohasida sezilarli yaxshilanishlarga olib kelishi mumkin.

Banklar uzoq vaqtdan beri qarz oluvchilar uchun yagona imkoniyat bo’lib kelgan, ammo kredit qobiliyati past bo’lganlar yoki jarayonni soddalashtirmoqchi bo’lganlar uchun fintech boshqa variantni taqdim etdi. Moliyaviy inqirozdan so’ng banklar ko’plab iste’molchilarning kredit bozoriga kirishiga to’sqinlik qilib, kredit berishdan bosh tortdilar. Boshqa risklarni baholash vositasi bilan qurollangan Fintech kompaniyalari talabni qondirish uchun qadam tashladilar.

Hozirgi vaqtda moliyaviy texnologiyalar barcha turdagi moliyaviy xizmatlarning ajralmas qismiga aylanib bormoqda: kreditlash, to'lovlar va o'tkazmalar, jamg'armalar, investitsiyalar, sug'urta va boshqalar, biznes modellarini o'zgartirib, mijozlarga e'tiborni kuchaytirmoqda. Turli xil fintech yechimlari banklar kabi yirik moliya institutlari va cheklangan xizmatlarni taqdim etuvchi yuqori darajada ixtisoslashgan fintech kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. Moliya bozorining bunday texnologik o'zgarishi yondashuvlarni o'zgartirishni talab qiladi.



Moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy maqsadlari:

  • moliya bozorida raqobatni rivojlantirish;

  • moliyaviy xizmatlarning mavjudligi, sifati va turlarini oshirish;

  • moliya sektoridagi risklar va xarajatlarni kamaytirish;

  • moliyaviy texnologiyalardan foydalanishda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash;

  • o’zbek texnologiyalarining raqobatbardoshlik darajasini oshirish.

O’zbekiston Banki moliyaviy bozor ishtirokchilari, fintech kompaniyalari va manfaatdor davlat idoralari bilan birgalikda ushbu maqsadlarga erishish ustida ishlamoqda.

Asosiy yo'nalishlarda nazarda tutilgan tadbirlar O’zbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyot dasturini amalga oshirishga ham, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi boshqa loyihalarni ham amalga oshirishga
Download 22,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish