Moliyaviy tahlilning asosiy bosqichlari:
Tahlilning maqsadini aniqlash va unga yondoshish yo‘llarini belgilash. Bu bosqichda koxona ko‘rsatkichlari ularning xalq xo‘jaligi, tarmoq bo‘yicha miqdorlariga, o‘tgan davr va rejadagi hajmlariga, boshqa turdagi korxonalar ko‘rsatkichlariga solishtiriladi.
Tahlil uchun qilingan axborotlar sifatiga baho berish bosqichi. Bu bosqichda axborotlarning to‘g‘riligini hisobotlardagi ko‘rsatkichlarning tahlil talablariga javob bera olishligiga qarab tekshiriladi.
Tahlilning usullaridan foydalangan holda tahlil o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish. Ushbu bosqichda bevosita tahlil o‘tkaziladi va unda uning usullari majmuasidan foydalaniladi va tegishli xulosa chiqariladi.
1-jadval
Korxonaning Moliyaviy tahlilini o‘tkazuvchilar ularni maqsadi va manfaatlari
№
|
Tahlil qiluvchilar
|
Maqsadi va manfaatlari
|
1.
|
Korxonani boshqaruvchilar (menejerlar)
|
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligiga baho berish, ichki imkoniyatlarini topish va ulardan foydalanish chora- tadbirlarini ishlab chiqish evaziga koxonaning moliyaviy barqarorligini, raqobatbardoshligini ta’minlash.
|
2.
|
Aksiyadorlar va boshqa investorlar
|
O‘zlari oladigan dividendlarini, aksiyaning bozor bahosini aniqlash. Korxonaning kelgusi istiqbolini bilish.
|
3.
|
Soliq idoralari
|
Soliqlarning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq to‘langanligini
tekshirish.
|
4.
|
Bank muassasalari, kreditorlar
|
Pul mablag‘lari va boshqa kredit resurslarini aniqlash, olingan kreditni va boshqa majburiyatlarni tegishli foizi bilan to‘lovga qodirligi darajasini tekshirish.
|
5.
|
Statistika va istiqbolni belgilash idoralari
|
Statistik jihatdan hisobga olish va umumlashtirish
|
6.
|
Tovar jo‘natuvchilar
|
Jo‘natiladigan tovarlar uchun to‘laydigan mablag‘i bor yoki
yo‘qligini bilish.
|
7.
|
Tovar oluvchilar
|
Mahsulot bahosining asosliligi, sifati andozaga to‘g‘rililigi,
vaqtida yetkazib bera olishini bilish.
|
Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi quyidagi- lardan iborat:
moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
iqtisodiy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
moliyaviy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
ish faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
bozor faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
davlat budjeti bilan aloqalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
to‘lov qobiliyati va to‘lovga qodirlikni ifodalovchi ko‘rsat- kichlar.
Yuqorida jahon amaliyotida iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda tahlil fanining ham shakllanishi, rivojlanishi va mustaqil fan sifatida tashkil topishining tarixiy bosqichlari haqida fikr yuritildi. Buxgalteriya hisobi fanining yaratilganligiga 500 yildan oshdi. Shu fan negizida «Moliyaviy tahlil» fani vujudga kelganligiga ham 100 yilga yaqinlashdi. O‘zbekis- tonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki, amaliyotda iqtisodiy dastaklarning biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
90-yillarning boshlariga kelib O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach barcha sohalarda bo‘lgani singari ilm-fan sohasida ham o‘zining mustaqil yo‘lini tanlab oldi. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarida Moliyaviy tahlilga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi.
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish bir tomondan, korxonalarning mustaqil faoliyati uchun katta imkoniyat yaratib bersa, ikkinchi tomondan ularning mas’uliyatini ham oshiradi. Korxonalarning iqtisodiy erkinligi va mas’uliyatining oshganligi ularning o‘z faoliyatini chuqur tahlil qilishni taqozo etadi.
Albatta, Moliyaviy tahlil ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyot sharoitida ham mavjud bo‘lgan. Ammo, uning maqsadi va mohiyati, rejali iqtisodiyotga moslashtirilgan bo‘lib, bevosita rejaning shakllanishi va bajarilishiga xizmat qilishga qaratilgan edi. Uning maz- muni esa, ma’lum darajada, mafkuraviy bo‘lib, avvalo, davlat manfaatini ifodalab kelgan, chunki, barcha mulk va uni tasarruf etish bevosita davlatning ixtiyorida edi. Endilikda iqtisodiy vaziyat tubdan o‘zgardi.
Davlatning mulkka va barcha iqtisodiy jarayonlarga egaligi barham topib, ko‘p mulkchilikka asoslangan, bozor munosabatlarini o‘zida ifoda etadigan, mazmun jihatidan yangi iqtisodiyot shakllanmoqda. Bu esa, shunga mos ravishda mazmunan yangi «Moliyaviy tahlil» fanini shakllantirilishini taqozo etadi.
Endigi «Moliyaviy tahlil» fani, eng avvalo, hech qanday mafkuraga tobe emasligi, davlat manfaatini inkor etmagan holda, turli mulk egalarining manfaatlarini o‘zida aks ettirishi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Bu holat mazkur fanning maqsadi, vazifalari, tarkibi, unda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zgartirishni taqozo etadi.
Moliyaviy tahlil – bu iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatini ang- lash, tarkibiy qismlarga bo‘lishga asoslangan. Ularni ko‘p qirrali aloqa va bog‘liqligini o‘rganishdir. Tahlil fanining paydo bo‘lishi har qanday yangi bilimlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan obyektiv sharoit va talablarni vujudga kelishidir.
Birinchi navbatda – kompleks va tizimli tahlilga bo‘lgan amaliy talabning vujudga kelish sababi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoj- lanishi, ishlab chiqarish munosabatlarining takomillashuvi, ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishidir. Bunday sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida qo‘llanilib kelingan tahliliy hisob- kitoblar, faraz qilishlarning qo‘llanilishi yirik xo‘jalik subyeklari sharoi- tiga yetarli bo‘lmay qolishi, korxona faoliyatini har tomonlama qamrab olgan kompleks Moliyaviy tahlilsiz murakkab iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va optimal qarorlar qabul qilish mushkul bo‘lib qoladi.
Tahlil fanining O‘zbekistonda yaratilish tarixini taxminan 5 bosqichga bo‘lish mumkin. Respublikamizda «Moliyaviy tahlil» fanining yaratilish va rivojlanish tarixini quyidagi jadvalda ifodalab o‘tish mumkin (2-chizma).
Sobiq ittifoq olimlari ichida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani bo‘yicha o‘zbekistonlik olimlarning mavqei uzluksiz oshib bordi. Bu fanga bag‘ishlangan qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar va ilmiy maqolalar chop etila boshlandi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda uzoq yillar mobaynida oliy va o‘rta max- sus o‘quv yurtlarida tahlil fani, asosan, markaziy shaharlardagi (Moskva, Leningrad, Kiyev) olimlar tomonidan tayyorlangan darsliklar asosida o‘qitilib kelindi, ammo bunda o‘zimizga xos xususiyatlar aks ettiril- magan edi. Bu esa 60-yillarga kelib o‘zbekistonlik olimlarni ham bu fan sohasida ijod qilishga da’vat etdi. Markazdan chiqadigan darsliklarga muallif sifatida taklif qilinadi- gan bo‘lindi. Jumladan, 1966-yilda Moskvaning «Экономика» nashriyotida chop etilgan «Matbuot kooperatsiyasi korxonalar xo‘jalik faoliyatining tahlili» nomli darslikning mualliflari novosibirsklik L.A.Falkovichlar bilan birgalikda samarqandlik olim I.N.Toporovskiy ham taklif qilingan edi. Bu darslikda respublikamizning ba’zi xususi- yatlari birinchi marta o‘z ifodasini topdi.
Bu albomning birinchi qismi «Moliyaviy tahlilning nazariy asoslariga» bag‘ishlangan. Ushbu albomning ikkinchi tomi «Kooperativ savdoda Moliyaviy tahlil» nomi bilan ataladi. Bunda kooperativ savdo korxonalari xo‘jalik faoliyati batafsil tahlil qilingan, ammo matbuot kooperatsiyasi ko‘p tarmoqli soha. Shu tufayli albomning 3-tomi «Matbuot kooperat- siyasi alohida tarmoqlari xo‘jalik faoliyatining tahlili» mavzusiga bag‘ishlangan. Albomning bir tomi matbuot kooperatsiyasi tashkilotlari- da barcha tarmoqlardan hisobot qabul qilingandan keyingi o‘tkazila- digan tahlil usullarini o‘z ichiga olgan. Bu «Moliyaviy holatning tahlili» deb nomlangan va bunda barcha soha bo‘yicha moliyaviy holatning qanday ahvolda ekanligi to‘g‘risida xulosa qilishga bag‘ishlangan. Ushbu tahlil usullari ham aniq chizmalar orqali yoritilgan.
1984-yilda I.T.Abdukarimov tomonidan «Matbuot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» nomli darslik Moskvaning
«Экономика» nashriyotida chop etildi. Bu darslik Ittifoqdagi barcha kooperativ institutlarga va «Buxgalteriya hisobi, nazorat va xo‘jalik faoliyatining tahlili» bo‘yicha mutaxassislik tayyorlaydigan barcha oliy o‘quv yurtlariga tavsiya qilindi. Bu darslikni keng jamoatchilik juda yaxshi kutib oldi. Natijada 1989-yilda ushbu darslik aynan ana shu nashriyotda qayta ishlangan va to‘ldirilgan variantida qaytadan nashr qilindi.
O‘zbekistonlik olimlar tahlilning yangi shakli – kompleks tahlil usullarini ishlab chiqishga kirishdi. Natijada 1983-yilda prof. I.T.Abdu- karimov tahririda M.Q.Pardayev va YU.S.Sattarovlar tomonidan tayyor- langan «Chakana savdoda mehnat samaradorligini kompleks baholash» bo‘yicha uslubiy tavsiya yuzaga keldi. Bu tavsiya «O‘zbekbirlashuv» boshqaruvi tomonidan amaliyotga tatbiq qilish uchun qabul qilindi. Kompleks tahlil bo‘yicha olimlarning maqolalari ittifoqda chiqadigan jurnallarda chop etilishi ularning nufuzini yanada oshiradi. Natijada 1986-yilda o‘tkazilgan Butunittifoq ilmiy-amaliy anjumanining asosiy mavzusi ana shu muammoga qaratildi. Ilmiy-amaliy tavsiya sifatida 1986-yilda chop etilgan I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev, V.I.Abduka- rimov, V.N.Abramovalarning «Matbuot kooperatsiyasida sotsial-iqtiso- diy samaradorlikni aniqlash usuli» risolasi qabul qilindi. Bunda mual- liflar samaradorlikni kompleks tahlil qilish va baholash masalalarini ko‘tarib chiqdi.
Xo‘jalik faoliyatini kompleks baholash borasida ilmiy izlanishlar davom etadi. Endi bir tarmoqda emas, balki ko‘p tarmoqda qanday usul bilan kompleks baholash mumkinligi ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi va nihoyat 1990-yilda V.I.Abdukarimov tomonidan «Axborot- larni avtomatlashtirilgan tizimi sharoitida ko‘p tarmoqli matbuot kooperatsiyasi samaradorligini kompleks baholash masalalari» nomli monografiya Toshkentdagi «Mehnat» nashriyotida nashrdan chiqdi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, respublikamizda Moliyaviy tahlil fanining ravnaqi o‘ziga xos tarixga ega. Bu fan borasida tegishli maktab shakllangan, biroq bu fanning ravnaqi va uning kelajagi oldinda. Respublikamizda savdo va qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha har holda darsliklar yaratilgan va ancha ishlar qilingan, ammo xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan bo‘lgan sanoat, qurilish, transport, xizmat ko‘rsa- tish sohasidagi korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha hali ancha ishlar qilish lozim. Bu sohalar bo‘yicha hali darsliklar va tegishli adabiyotlar deyarli yaratilmagan. Bunday holat respublikamizning ravnaqi uchun, uning kelajakdagi taraqqiyoti uchun keng yo‘l ochib berilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin, chunki sanoat va boshqa iqtisodiyotning taraqqiyoti o‘zimizga xos bo‘lmog‘i lozim. Bu esa ushbu sohalar bo‘yicha o‘zimizga xos Moliyaviy tahlil usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Ushbu tadbirlarning amalga oshishi, mustaqil davlatimizning musta- qil fani – moliyaviy va boshqaruv tahlilining vujudga kelishi va rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Bu fanning kelajakda ahamiyati keskin oshadi, chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har xil korxonalarning xo‘jalik faoliyatini chuqur o‘rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi.
Mustaqillik yillarida respublikamizda «Moliyaviy tahlil»ga oid bir necha o‘nlab darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar chop ettirildi. Mustaqqillik yillari tahlil fanining yuksak rivojlanish davri bo‘ldi. Mustaqqillik yillarida oliy ta’lim standartlari hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining davlat standartlariga asosan,
«Moliyaviy tahlil» fanining yangi o‘quv dasturlari yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |