Moliyaviy tahlilni tashkil etish yuzasidan rasmiy jihatlaming belgilanmaganligi sababli uni tashkil etishda an’anaviy yocnalishlardan foydalanish mumkin



Download 318,8 Kb.
Sana22.06.2022
Hajmi318,8 Kb.
#690324
Bog'liq
15-16.1 savollar


15-variant

  1. Moliyaviy tahlilni tashkil etish yuzasidan rasmiy jihatlaming belgilanmaganligi sababli uni tashkil etishda an’anaviy yocnalishlardan foydalanish mumkin. Odatda, buxgalteriya hisobini va auditni (ichki, tashqi) tashkil etishdagi rasmiy jihatlar bilan belgilangan aniq tartib va qoidalar moliyaviy tahlilni tashkil etishda asos boiib xizmat qiladi. Jumladan, yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi” to‘g‘risidagi qonunning “Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish” to^risidagi 11-moddasi buxgalteriya hisobi va hisobotini buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshirishi qayd etiladi hamda buxgalteriya hisobi subyektining rahbari qanday huquqlarga ega ekanligi tarkiblanadi. Ushbu huquqlar qatorida: Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish; Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bocyicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklashi; Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritishi qayd etiladi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning ushbu tartiblari bevosita, moliyaviy tahlilga nisbatan ham to4a mos deyish mumkin. Tahlilni tashkil etish shakli sifatida ichki moliyaviy tahlilni tashkil etilishi va tashqi moliyaviy tahlilni tashkil etilishini tarkiblash maqsadga muvofiqdir.

Moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlarim iqtisodiy tahlil va uning tarkibiy qismlariga nisbatan yagona asosda birday belgilash to‘g4ri, lekin aynan moliyaviy tahlil yuzasidan uni quyidagi ketma- ketlikda o4kazish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. 1. Moliyaviy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish; 2. Moliyaviy tahlil yuzasidan ma’lumotlar bazasini to'plash; 3. Moliyaviy tahlilni bevosita o'tkazish bosqichi; 4. Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi; 5. Qarorlar tayyorlash bosqichi; 6. Tahlil natijalarini realizatsiya qilish bosqichi. Iqtisodiy tahlilni yoki moliyaviy tahlilni tashkil etishdagi yondashuvlar turlicha boMganligi bilan ulaming mazmuni albatta bitta jihatga ya’ni tahlilni sifatli va foydali o‘tkazishga qaratilgan. Moliyaviy tahlilni tashkil etishda albatta har bitta tarmoqning va sohaning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Jumladan, xo‘jalik subyektlarining faoliyat turlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Farqlanish nafaqat ularning faoliyat turida, balki mulkiy shaklida, kapitalda qatnashishi, mulkiy taqsimotida, ko‘lamida ham mavjud. Moliyaviy hisobotlar bir xil shakl va mazmunni ifoda etgani bilan ulaming qatorlari, qatorlarning shakllanish tartiblari bir-biridan tubdan farq qiladi.
Moliyaviy holat va natijaviylikni baholashda bu jihatlarni farqlanishi muhim o‘rin tutmasa ham, aslida masalaning yechimi uning quyi bo'giniga, faoliyatning turiga, xususiyatiga, taqsimotning shakliga, mulkiy va moliyaviy munosabatlarga borib taqaladi. lqtisodiyotning u yoki bu tarmog'i yagona maqsadda birlashsa ham, boshqa munosabatlarda tubdan farq qiladi. Bu jihat farqlanishlar albatta moliyaviy tahlilda hisobga olinishi lozim.








16-variant

  1. Nazariy o'yin usuli va tahlilda foydalanishning o'ziga xos tomonlari. Nazariy o'yin usuli o‘rganilayotgan voqelik tafsifiga ko‘ra undagi mavjud vaziyatlar ichida eng maqbul strategiyani topishni tadqiq qiladi. Bunda korxona uchun eng qulay va maqbul vaziyat strategiya qilib boshqaruv qarorlari asosida belgilab olinadi. Mazkur holatni matematik ko'rinishga keltirishda har bir vaziyatni alohida o‘yin ishtirokchisi deb belgilab olinadi. Har bir ishtirokchi esa o'zining manfaatini maksimallashtirishni boshqa ishtirokchilar hisobidan amalga oshirishga harakat qiladi. Nazariy o‘yin usulida masala aniq formulalashtirishni talab qiladi. Bunda o‘yin qoidasi va ishtirokchilar soni belgilanadi, ishtirokchilar imkoniyatidagi strategiyalar aniqlanadi, yutuqlar va yutqazishlar o‘rganiladi. Masalalami hal qilishda algebraning chiziqli tenglamalar va tengsizliklar tizimi usullari va boshqa shu kabilardan foydalaniladi. Nazariy o‘yin usulining mazmunini quyidagi misolda ko'rishimiz mumkin. Korxona mavsumiy ishlab chiqarish sikliga ega bo‘lib bolalar kiyimi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Qishki mavsum uchun kurtka va palto ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Biroq, mahsulotlami qaysi birini qancha ishlab chiqarish qish mavsumidagi ob-havoga bog'liq. Agar, qish mavsumida o‘ta sovuq boiishi kutilayotgan boisa palto mahsuloti ko‘p ishlab chiqariladi. Basharti, qish mavsumi iliqroq kelsa kurtka mahsulotiga talab ko‘p bo‘ladi. Yana, bu yerda shu holatlar kuzatiladiki qishning оЧа sovuq bo‘lishi rejalashtirilgan bir paytda mavsum iliq kelishi mumkin, yoki aksincha. Bu esa, korxona ishlab chiqargan mahsulotlarini qaysi bir turini sotilmay qolishiga sabab boMadi. Demak, yuqorida ko‘rib chiqilgan vaziyatlarda korxonaning mahsulot sotishdan tushum, pirovardda esa foydasi (zarari) turlicha bo'ladi. Maksimal tushumga, uning natijasida foydaga erishish (yoki zarar ko'rish) korxona uchun eng ma’qul variant hisoblanmaydi.

Download 318,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish