-itnvestitsion faoliyat tahlili,logistik tahlil soliq to‘lovlari va majburiyatlar tahlili innovatsion mahsulot va faoliyat tahlili ish va bozor aktivligi tahlili
to‘lov layoqati va likvidlik tahlili moliyaviy barqarorlik tahlili
2.Moliyaviy tahlilni tashkil etish shakllari. Moliyaviy tahlilni tashkil etishda korxonaning tarmoq xususiyati, faoliyat ko‘lami, raqobatdagi o‘rni kabi jihatlarini hisobga olish
Xo‘jalik sub’ekti faoliyatiga baho berish va tahlil etishda bir qator analitik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlarning asosiy manbasi sifatida buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti ma’lumotlari olinadi. Biznesdagi holat va uning kelgusidagi rivojini prognozlash yuzasidan shuningdek, statistik, makroiqtisodiy va tarmoq ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili ham amalga oshiriladi. SHu bilan bir qatorda xo‘jalik sub’etlarida bu borada tahlil boshqaruvning eng muhim dastagi sifatida qaraladi.
Xo‘jalik sub’ekti faoliyatiga baho berish va tahlil etishda bir qator analitik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlarning asosiy manbasi sifatida buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti ma’lumotlari olinadi. Biznesdagi holat va uning kelgusidagi rivojini prognozlash yuzasidan shuningdek, statistik, makroiqtisodiy va tarmoq ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili ham amalga oshiriladi. SHu bilan bir qatorda xo‘jalik sub’etlarida bu borada tahlil boshqaruvning eng muhim dastagi sifatida qaraladi.
Moliyaviy tahlildan foydalanishning yagona metodikasi shu paytga qadar yaratilmagan. SHu sababli, har bitta menejer o‘z amaliy tajribasidan, xo‘jalik sub’ektining faoliyat va boshqaruv xususiyatlaridan, axborot manbalarining hajmidan kelib chiqqan holda alohida metodik ishlanmalardan foydalanadilar
Iqtisodiyot sub’ektini xo‘jalik-moliya faoliyatini tahlil etishning moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida asosan 3 ta bosqichi tarkiblanadi
ishonchli axborotlar bazasini shakllantirish tahlil usullari (metodlari)ni aniqlash, tahlilni o‘tkazish va olingan natijalarni umumlashtirish
tahlilning maqsadini va uni realizatsiya qilish tartibini belgilash; tahlilda foydalaniladigan axborotlar sifatini baholash
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari raqobatda sinmasligi uchun quyidagilarga amal qilishlari lozim kreditor qarz majburiyatlarini to‘lov muddati bo‘yicha nazoratini olib borish mavjud mablag‘larini to‘g‘ri joylashtirish va boshqarish; -ijobiy faoliyat natijaviyligiga erisha borish debitor qarzlarni ko‘paytirmaslik yo‘llarini topish, mavjud debitor qarzlarni muddatida qaytarish chora tadbirlarini ko‘rish .
Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibiga muvofiq korxonalar moliyaviy-iqtisodiy holati bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-iqtisodiy tahlikali (havf xatarli)
-iqtisodiy nobarqaror
-to‘lovga qobilligini tiklash imkoniiga ega bo‘lgan korxonalar
-to‘lovga qobilligini tiklash imkoniga ega bo‘lmagan korxonalar
-iqtisodiy barqaror
Ichki moliyaviy tahlilning o‘ziga xos jihatlari :
-teran moliyaviy tahlilni o‘tkazishda axborotlarning keng doirasidan foydalanish imkoniyatining yuqoriligi ;
-tahlil natijalari faqat ichki talablarga, korxona boshqaruvi yuzasidan yo‘naltirilganligi ;
-tahlil sub’ektlarining tor guruhi .
3.Moliyaviy hisobot tahlili, investitsion tahlil, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi jarayonlar tahlili, moliyaviy hisobotni bashoratlash
Tahlilni o‘tkazish bo‘yicha normativ metodikalar bilan birgalikda aniq reglamentlari (tartiblarning) belgilanmagan usullardan foydalanish imkoniyatlari aniq boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan chuqur moliyaviy tahlilni o‘tkazishning imkoniyatligi boshqaruv apparati talablaridan kelib chiqqan holda analitik ishni tashkil etilishi
Tashqi moliyaviy tahlilning ahamiyatli jihatlari quyidagilar bilan harakterlanadi.
- tahlil sub’ektlari va axborot foydalanuvchilarining ko‘pligi;
- tahlilchilarning maqsadi va kiziqishlarining turli tumanligi hisobga olish va hisobotlashning normativ qoidalari, tahlil etishning rasmiy jihatlarining belgilanganligi tahlilning faqat chop etiladigan moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar bazasiga tayangan holda o‘tkalishi qo‘yiladigan analitik masalalarning cheklanganligi axborot foydalanuvchilar uchun korxona faoliyati yuzasidan tahlil natijalaridan foydalanishning maksimal ochiqligi
Moliyaviy tahlilni tashkil etishni boskichlarini iqtisodiy tahlil va uning tarkibiy qismlariga nisbatan yagona asosda birday belgilash to‘g‘ri, lekin aynan moliyaviy tahlili yuzasidan uni quyidagi ketma ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq .
-Moliyaviy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish
-Moliyaviy tahlil yuzasidan ma’lumotlar bazasini to‘plash
-Moliyaviy tahlilni bevosita o‘tkazish bosqichi
-Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi
-Qarorlar tayyorlash bosqichi
-Tahlil natijalarini realizatsiya qilish bosqichi .
Moliyaviy hisobotlar tadbirkorlik sub’ektiga tegishli bo‘lgan quyidagi jihatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ta’minlaydi: aktivlar; majburiyatlar; kapital;daromad va xarajatlar, jumladan foyda va zararlar; mulk egalari tomonidan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi qilingan qo‘yilmalar va ularga taqsimlanadigan summalar va pul oqimlari.
Ushu ma’lumotlar, izohlardagi boshqa ma’lumotlar moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga tadbirkorlik sub’ektining kelgusi pul oqimlarini va, xususan, ularning muddatini va aniqliligini bashorat qilishga yordam beradi
Moliyaviy hisobotlarning to‘liq to‘plami quyidagilarni qamrab oladi
-davr oxiriga moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot
-davr uchun kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot, avr uchun pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot
-izohlar, ya’ni ahamiyatli hisob siyosatlarining va boshqa tushuntirish ma’lumotlarining qisqa bayonini qamrab olgan izohlar
-davr uchun foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobot
-oldingi davr uchun qiyosiy ma’lumotlarni
Moliyaviy hisobotlar tahlilida o‘rganiladigan mavzularni quyidagicha tarkiblash mumkin
Moliyaviy hisobotlar tahlilining umumiy mavzulari.
-Buxgalteriya alnsi va moliyaviy holat tahlili;
-Moliyaviy natijalar va rentabellik tahlili
-Moliyaviy hisobotlarni kompleks tahlili
Moliyaviy hisobotlarning birlik mavzulari
-Investitsion faoliyat va investitsion jozibadorlik tahlili
-Bozor va ish aktivligi tahlili
-Pul oqimlari va valyuta mablag‘lari harakatini tahlili
-Xususiy kapital tahlili
Kreditga layoqatlik tahlili
-Iqtisodiy nochorlik tahlili
-Moliyaviy indikatorlar tahlili
-Risklar tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |