Moliyaviy tahlilni axborotlar tizimi va uning oldiga qo’yiladigan talablar
Tahlil natijalari va uning sifati ko’p jihatdan uning axborotlar manbayi bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq. Biz iqtisodiy tahlilni axborotlar tizimiga quyidagi manbalarni kiritamiz; Hisob ma’lumotlari; Hisobdan tashqari ma’lumotlar. Hisob ma’lumotlariga; buxgalteriya hisobi va hisoboti, statistik hisob va hisobot ma’lumotlari, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari kiritiladi. Hisobdan tashqari ma’lumotlarga; tekshirish natijalari, yig’ilish qarorlari, reja ma’lumotlari, turli katologlar, nashrlar, statistik byuletenlardan olingan ma’lumotlar kiradi. Iqtisodiy tahlilni tarkibiy qismi bo’lgan moliyaviy va boshqaruv tahliliga nisbatan yuqoridagi tarkiblashni berib o’tish esa iqtisodiy jihatdan to’g’ri bo’lmaydi. Negaki, boshqaruv tahlilini axborot manbalari moliyaviy tahlilni axborot manbalaridan o’zining ifoda etilishi, mazmuni, ko’lami, rasmiylashtirish tartibi, olish tartiblari va boshqa belgilari bo’yicha farq etadi. Moliyaviy tahlil i.f.d. prof. M.Q.Pardaev tomonidan moliyaviy tahlilni quyidagi axborot manbalari tarkiblanadi;
1. Tashqi moliyaviy tahlil-buxgalteriya hisoboti asosida;
2. Ichki moliyaviy tahlil-buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda tezkor hisobotlar asosida.
Abdukarimov I.T. tomonidan moliyaviy tahlilni axborot manbalariga quyidagilar kiritiladi;
1. buxgalteriya hisobi va hisoboti;
2. statistik hisob va hisobot ma’lumotlari;
3. operativ hisob va hisobot ma’lumotlari;
4. Tanlab olingan hisobot ’lumotlari
5 . Prof. M.Q.Pardaev tomonidan moliyaviy tahlilni ichki va tashqi tahlil turlariga nisbatan tarkiblangan axborot manbalari to’g’ri belgilangan. Negaki, uning iste’molchilari manfaatlaridan kelib chiqqan holda tahlil olib borish uchun zaruriy bo’lgan axborotlar to’g’ri ifoda etilgan. Prof. AI.T.Abdukarimov tomonidan tarkiblangan guruxlash esa iqtisodiy tahlilni o’zi uchun axamiyatli uning moliyaviy tahlili yuzasidan o’rinli emas. Negaki statistik hisob va hisobot, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari, tanlangan ma’lumotlarni tarkiblanishi moliyaviy tahlilga nisbatan to’g’ri emas. Yuqoridagi qarashlarga qarama qarshi tarzda biz moliyaviy tahlilni axborotlar bazasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin;
1. Moliyaviy hisob va hisobot malumotlari;
2. Tanlab olingan ma’lumotlar (moliyaviy hisobotga ilovalar, hisob varaqalari bo’yicha ma’lumotlar va h.k.)
Moliyaviy hisob va hisobot ma’lumotlariga iqtisodiy jarayonlarni o’zida ifoda etuvchi umumlashgan ma’lumotlar kiradi. Ushbu axborotlar moliyaviy hisobot shakllarida aks etadi. Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, tashqi moliyaviy tahlil faqat e’lon qilinadigan moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar asosida o’tkaziladi. Tashqi moliyaviy tahlil moliyaviy hisob va hisobot ma’lumotlari, tanlab olingan ma’lumotlar asosida tashkil etiladi. Moliyaviy hisobot shakllariga; 1-shakl”Buxgalteriya balansi” 2-shakl “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi” hisobot 3-shakl “Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi” hisobot 4-shakl “Pul oqimlari to’g’risidagi” hisobot 5-shakl “Xususiy kapital”to’g’risidagi hisobot -ma’lumotnomalar (2-A, 2-B,..,) va moliyaviy hisobotga ilovalar. Moliyaviy tahlilni axborotlar bazasiga qo’yiladigan talablarga quyidagilar kiradi. Ya’ni; axborotlar ishonchligi, taqqoslanuvchanligi, betarafligi, pulda baholanishi, uzluksizligi, hisobga olinish, hisob-kitoblarda xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilmasligi, daromad va xarajatlar, aktivlar va passivlar to’g’ri baholanganligidir. Bu talablar moliyaviy hisob va hisobotlashning konseptual asoslarida ham belgilanadi. Ma’lumotlarni mantiqiy tekshirishda, hisob-kitoblarni aniqligi, raqamlarni bo’yab yozishlarga yo’l qo’yilmaganligi, turli hisobot shakllaridagi nazorat raqamlarining mosligiga axamiyat berish lozim.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy isloxotlarning natijasi deyish mumkin. Bu o’zgarishlarni nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohada balki xayotimizning barcha jabhalarida ko’rish mumkin. Ana shu qatorda biz, iqtisodiy tahlil sohasidagi isloxotlarga va ular ta’siridagi o’zgarishlarga alohida ahamiyat qaratishni lozim topdik. Uning Davlatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi tamoyillardan biri sifatida qaralishi ham bejiz emas. Bugungi kunda, korxona va tashkilotlarga berilgan imkoniyatlar, ularning o’z maqsadlariga erishishdagi har qanday suniy to’siqlarni bartaraf etilishi, erkinlik va mustaqillikni qaror topishi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini yo’lga qo’yish va rivojlanishida moliyaviy tahlilning va moliyaviy barqarorlikning o’rni albatta beqiyos
Do'stlaringiz bilan baham: |