Ko’rsatkichlar
|
Satr raqami
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
Farqi (+,-)
|
1
|
Jami pul mablag’lari, ming so’m
|
320
|
45925
|
207536
|
+161611
|
2
|
Qisqa muddatli investisiyalar, ming so’m
|
370
|
0
|
0
|
0
|
3
|
Debitorlik qarzlari, ming so’m
|
210
|
165130
|
383626
|
+218496
|
4
|
Tovar-moddiy zahiralari, ming so’m
|
140
|
70771
|
202721
|
+131950
|
5
|
Joriy majburiyatlar, ming so’m
|
600
|
121536
|
316492
|
+194956
|
6
|
Mutloq to’lov qobiliyati, koeffisient
|
|
0,38
|
0,66
|
+0,28
|
7
|
Oraliq to’lov qobiliyati, koeffisient
|
|
1,74
|
1,87
|
+0,13
|
8
|
Umumiy to’lov qobiliyati, koeffisient
|
|
2,32
|
2,51
|
+0,19
|
9
|
Qisqa muddatli majburiyatlarda zahira va xarajatlarning tutgan ulushi, %
|
|
58
|
64
|
+6
|
33-jadval ma’lumotlariga ko’ra, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining mutloq to’loq qobiliyati yil boshi va oxirida mos ravishda 0,38 va 0,66 koeffisientni tashkil etib, bu uning uchun ijobiy holatdir. Negaki, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti yil oxirida to’lov qobiliyatini 0,28 (0,66-0,38) koeffisientga oshirgan.
Shuningdek, oraliq va umumiy to’lov qobiliyatlari ham ortgan. Xususan, oraliq to’lov qobiliyati 0,13 (1,87-1,74), umumiy to’lov qobiliyati 0,19 (2,51-2,32) koeffisientlarga ortgan.
Demak, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektini Yuqori to’lov qobiliyatiga ega, deb hisoblash mumkin va uning bu natijaga erishishida muhim omil sanalgan mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan keladigan tushumini oshirish maqsadga muvofiqdir.
6.Moliyaviy koeffisientlarning tahlili
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatiga moliyaviy koeffisientlar asosida ham baho beriladi. Shuning uchun, moliyaviy holatni ifodalovchi quyidagi moliyaviy koeffisientlarni bilish, ularning dinamik o’zgarishiga omilli baho berish tahlilning muhim vazifalaridan sanaladi:
Moliyaviy koeffisientlar tahlilining ahamiyati, xo’jalik yurituvchi sub’ektni buxgalteriya balansi moddalarini bir-biriga bo’lgan munosabati asosida, ularni umumiy qabul qilingan standart ko’rsatkichlar bilan taqqoslashda belgilanadi.
Ular quyidagilardan iborat:
Moliyaviy mustaqillik koeffisienti (Mk);
To’lov qobiliyati koeffisienti (Tk);
Qarz va o’z mablag’lar manbai o’rtasidagi nisbat koeffisienti (Nk);
Tovar-moddiy zaxiralarini mablag’lar manbai bilan qoplanganligi koeffisienti (Mt);
Mablag’larning chaqqon harakatchanlik koeffisienti (CHk).
Moliyaviy mustaqillik koeffisienti, xo’jalik yurituvchi sub’ekt mulkining qancha qismi o’z mablag’lari hisobiga shakllanganligini anglatib, bu ko’rsatkichning 0,5 birlikdan yuqori bo’lishi maqsadga muvofiq sanaladi va quyidagicha aniqlanadi:
To’lov qobiliyati (umumiy to’lov qobiliyati) ham xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatiga baho beruvchi muhim ko’rsatkich sanalib, uning 2 dan Yuqori bo’lishi ijobiy sanalib, quyidagicha aniqlanadi:
Majburiyatlar va o’z mablag’lar manbai o’rtasidagi nisbat koeffisienti qanchalik 0 ga yaqinlashib borsa, xo’jalik yurituvchi sub’ektining mulki Shunchalik o’ziga tegishli bo’lib boradi va u quyidagicha aniqlanadi:
Tovar-moddiy zaxiralarini jami mablag’lar manbalari bilan qanchalik darajada qoplanganligi, xo’jalik yurituvchi sub’ektining moliyaviy holatini Shu darajada barqarorlaShuvini ta’minlab, quyidagicha aniqlanadi:
Mablag’larning chaqqon harakatchanlik koeffisienti, o’z mablag’lar manbaidan qancha qismi joriy aktivlarga yo’naltirilganini bildirib, quyidagicha aniqlanadi (34-jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: |