Moliyaviy tahlil


Iqtisodiy tahlil fanining asosiy vazifalari



Download 1,42 Mb.
bet10/94
Sana20.06.2022
Hajmi1,42 Mb.
#682120
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94
Bog'liq
Moliyaviy tahlil

2. Iqtisodiy tahlil fanining asosiy vazifalari

Iqtisodiy tahlil mavjud natijaga odilona baho berish bilan birga yo’l qo’yilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf etish orqali o’rganilayotgan ob’ektning iqtisodiy hamda moliyaviy ahvolini yaxshilashdan iboratdir. Bu sodir bo’lgan va bo’layotgan jarayonlarga to’g’ri baho berib, bo’ladigan ijtimoiy-iqtisodiy holat andozasini ham chizib berishni taqozo qiladi. Barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning natijasi ko’rsatkichlarda ifodalanib, ma’lumotlar axborot manbalaridan (reja, me’yor va hisobot) olinadi.


Xo’jalik yurituvchi sub’ektining faoliyatiga baho berishda tahlilchi amal etadiga ma’lum tamoyillar mavjudki, ular:

  • tizilmalilik, iqtisodiy tahlil etilayotgan ob’ektni alohida bir butun tizilma yoki tizilmaning elementi deb qarashi zarur;

  • ishonchlilik, olingan ma’lumotlarda xato yo’qligi va haqqoniy ekanligi, realligiga ishonch hosil etishi kerak;

  • taqqoslanuvchanlik, ko’rsatkichlar taqqoslanuvchanliga, ularning bir asosli tarzda turli davrlar va boshqa xo’jalik sub’ektlarining ma’lumotlari (taqqoslash shartlariga binoan) bilan qiyosiy o’rganishni anglatadi;

  • betaraflilik, ma’lumotlardan foydalanuvchilarning bir guruhining zarari hisobiga boshqa shaxslar manfatlarining qondirilishiga yo’l qo’ymaslik;

  • pulli baholash, barcha aktivlar, kapital va majburiyatlarninng so’mda ifoda etilishiga e’tibor qaratish;

  • mazmunning shakldan ustunligi, ma’lumotlarning hisobotlardagi mohiyati va iqtisodiy voqeligi bo’yicha hisobga olishdagi ifodasini ustunligi ta’minlanishini bildiradi;

  • uzluksizlik, xo’jalik faoliyati yuzasidan barcha jarayonlarning o’z yakuniga qadar hisobda uzluksiz aks ettirilishini anglatadi va h.k..

Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib, xo’jalik yurituvchi sub’ektining mexnat, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslari bilan ta’minlanganligi hamda ulardan samarali foydalanganligini ta’sir etuvchi omillar asosida, axborot manbalariga binoan monitoring etib, foydalanuvchilarni ma’lumotlar bilan ta’minlash, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlashni fanning maqsadi deb hisoblash mumkin.
Yuqoridagi maqsadga erishishda iqtisodiy tahlil quyidagi vazifalarga amal etadi:

  • o’rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonga to’g’ri va holisona baho berish;

  • tuzilgan biznes reja ma’lumotlarining to’g’ri va ilmiy asoslanganligini baholash;

  • moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanganlikka baho berish;

  • iqtisodiy tahlil tamoyillari va xo’jalik hisob-kitoblariga amal qilishlikni muntazam tekshirib turish;

  • monitoring natijasida mavjud bo’lgan samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini aniqlash;

  • korxonani rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko’rsatkichlar asosini aniqlash;

  • xo’jalik sub’ektini kelgusida ish yuritishi bo’yicha takliflar tayyorlash va h.k..

Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida «Iqtisodiy tahlil»ning vazifasi ushbu Yuqorida ta’kidlangan vazifalar bilan cheklanmaydi. Bozor sharoitida korxonalar faoliyati Shu darajada serqirraki, tahlil jarayonida uning hamma jihatlarini o’rganish lozim bo’ladi. Shu sababli ham, iqtisodiy tahlilning vazifasi ham ko’p qirralidir. Biz esa Shu kabi vazifalarning ayrimlarini sanab o’tdik xolos.
Ko’rinib turibdiki, iqtisodiy tahlilning vazifasi bozor munosabatlari shakllanayotgan bugungi sharoitda ham, kelajakda ham korxonalar xo’jalik faoliyatini uzluksiz yaxshilab borishi uchun iqtisodiy dastak sifatida muhim ahamiyatga ega bo’ladi.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish