59
qo’llaniladigan
usullarda emas, faqat tizimning tashkiliy tomonida bo’lishi
lozim.
Standartlarning bu bo’limida har bir auditorlik firmasida mavjud bo’lishi
lozim bo’lgan sifatni nazorat qilish tizimining usullari bayon qilingan. Xalqaro
standartlarda bu usullar sifatni nazorat qilish siyosatining maqsadi sifatida
belgilangan. Bunday tafovut shu bilan izohlanadiki, xalqaro standartga ilovada
belgilangan maqsadlarning har biriga nisbatan aniq tadbirlar keltirilgan. Shu
jihatdan qaraganda xalqaro standartda ahborot ko’p bo’lib, hozirgi holatda juda
foydalidir. Shu sababli respublikamizda auditorlik firmalariga sifatni nazorat
qilish tizimini barpo etishda xalqaro standartda keltirilgan tadbirlardan keng
foydalanish tavsiya qilinadi.
Auditning milliy standartida xalqaro standartda bo’lmagan sifatni nazorat
qilish tizimining usullari mavjud. Bu auditorlik tashkiloti hodimlari o’zlariga
topshirilgan vazifani bajarmagan taqdirda ularga
nisbatan tegishli choralar
ko’rishdir. Hodimlarga ta'sir o’tkazish choralari Mehnat Kodeksida sanab
o’tilgan va ular quyidagilardan iborat: ogohlantirish, hayfsan e'lon qilish, ishdan
bo’shatish.
Bundan tashqari, ichki intizom qoidasida (uni auditorlik firmasi mustaqil
ishlab chiqadi) hodimlarning ayrim toifalari uchun boshqa intizomiy choralar
ham ko’rilishi mumkin. Sifatni nazorat qilish tizimining bu usullaridan
foydalanishning murakkabligi, zarur choralar qo’llanish
oqibati hilma-hil
bo’lishi mumkin. Shu boisdan uni tanlashga puhta yondashish kerak. Firma
hodimlari intizomiy jazo choralari ko’rilishi mumkinligi to’g’risida oldindan
ogohlantirilgan bo’lishi lozim.
Standartning ko’rib chiqilgan bu bo’limi auditorlik tekshiruvi davomida
hodimlar o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga
bag’ishlangan auditning milliy standarti xalqaro standart qoidalarini to’la
takrorlaydi, hatto so’zma-so’z tarjima qilingan, deyish mumkin. Bu qoidalarning
mohiyati quyidagicha:
audit jarayonida, ya'ni hodimlarning ishiga tuzatish
60
kiritish va auditorlik hizmatining yuqori sifatli bo’lishini ta'minlash imkoni bor
vaqtida kuchli nazorat amalga oshirilishi lozim.
Standartda bunday nazoratni amalga oshiradigan hodimlarning vazifalari
aniq belgilab berilgan, ayni paytda nazorat vositasi sifatida audit dasturiga katta
ahamiyat berilgan. Shubhasiz, yordamchi bo’lib ishlayotgan barcha auditorlar
ozmi-ko’pmi joriy nazorat qilib boradi. Biroq bu
jarayon rasmiylashtirilishi
lozim, busiz nazorat o’z maqsadiga erisha olmaydi. Auditni rejalashtirish
bosqichida katta auditorlarga aniq nazorat vazifalarini topshirib qo’yish,
auditorning nazorat vazifalari to’g’risidagi qoidalarni lavozim yo’riqnomalariga
kiritish, tekshirish o’tkazish chog’ida nazorat tadbirlarini hujjatlashtirish lozim.
qilingan ishlarning natijalarini tekshirish uchun auditda ishtirok etmayotgan
hodimlarni qo’shimcha ravishda jalb etish mumkinligi ikkala standartda ham
ko’zda tutilgan. Bunday tekshirish g’oyat samarali bo’lishi mumkin, shu sababli
uni faqat yirik va murakkab iqtisodiy sub'ektilarnigina emas, barcha sub'ektlarni
audit qilish chog’ida qo’llash tavsiya etiladi. Bunday tekshirish teranligi turlicha
ish hujjatlarini tahlil qilish va tekshirishda ishtirok etayotgan hodimlardan
so’rashdan tortib, auditorlarning noto’g’ri tavsiyalarini
aniqlash maqsadida
yozma ahborot va auditorlik hulosasini ko’zdan kechirishgacha bo’lishi
mumkin. Amalga oshirilgan tahlil auditorlik faoliyatining milliy va xalqaro
auditorli standartlari orasida « arli » yo’qligini ko’rsatadi. Aksincha, ko’p
qoidalar juda o’xshashdir. Bu tadqiq etilgan standartlargagina emas, boshqa
standartlarga ham taalluqlidir.
Respublikamizda milliy auditorlik standartlarini
tatbiq etishda xalqaro
standartlarning qo’llanilish tartibi, rivojlangan mamlakatlardagi audit tizimining
tashkil qilinish darajasiga muhim e'tibor qaratishni taqozo qiladi.
Respublikamizda audit ishlarini tashkil etishda asosan tashqi audit
tomonidan o’t aziladigan auditorli te shiruvlari o’zda tutiladi. Mening
fi rimcha, O’zbe istonda ham buhgalter va auditorlarni tayyorlash, kasbi, ish
sta i, asbiy mala a sertifi atiga bo’lgan talabni oshirish zarur. Auditorli