Moliyaviy tahlil fanining predmeti, obyekti, maqsadi, prinsplari


MOLIYAVIY TAHLILNING MAZMUNI, PREDMETI VA VAZIFALARI



Download 158,66 Kb.
bet2/22
Sana01.01.2022
Hajmi158,66 Kb.
#302658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
molyaviy tahlil 1

MOLIYAVIY TAHLILNING MAZMUNI, PREDMETI VA VAZIFALARI



    1. Moliyaviy tahlil fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi

Kishilik jamiyatining vujudga kelishi insoniyat ongining takomil- lashib borishiga turtki bo‘ldi. Insoniyat ongining rivojlanishi natijasida borliqni o‘rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Fikrlar shakllanib, takomillashib borishi natijasida ma’lum bir fanlarga asos solingan.

Har qanday fanning vujudga kelishi uchun hayotiy zarurat tug‘ilishi lozim. Shu tufayli, fanning shakllanishi biror-bir shaxsning ijod mahsuli bo‘lib qolmasdan, balki obyektiv jarayonga tayanadi.

Xo‘jalik faoliyatini Moliyaviy tahlil qilish fani ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan buxgalteriya hisobi va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan, bu uchun esa obyektiv shart-sharoitlar yaratilgan.

Buxgalteriya hisobi bo‘yicha birinchi asar XV asrda Reguzda paydo bo‘lgan. Bunga misol qilib Vendrikt Katrulinning 1458-yilda nashr qilingan «Savdo va xususiy savdogar» nomli kitobini keltirish mumkin. Buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan ikkinchi asar 1494-yilda Venet- siyada nashrdan chiqqan bu Luka Pacholinning «Schotlar va yozuvlar haqida»gi kitobidir. Ushbu kitoblarda buxgalteriya hisobining savdo va kredit operatsiyalari yoritilgan. Bu fan xo‘jalik yuritishda asosiy dastak sifatida hamon takomillashib va zamonaviylashib kelmoqda.

Barcha fanlar qatori buxgalteriya hisobi ham o‘z tarixi davomida takomillashib, bir qancha boshqa fanlarning vujudga kelishi uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qildi, chunki, ishlab chiqarishning kon- sentratsiyalashuvi, korxonalarning yiriklashuvi, xo‘jalik faoliyatining kengayishi, iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi hisob ishlarini takomillashtirish zaruratini tug‘dirdi. Shu bois, XVI-XVII asrlarda bux- galteriya hisobiga bag‘ishlangan kitoblar Gollandiya, Fransiya, Angliya kabi mamlakatlarda chop etildi. Natijada buxgalteriya Yer kurrasining bir qismida emas, balki barcha mamlakatlarda keng yoyila boshladi.

Rossiyada buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlar XVIII asrda paydo bo‘la boshlagan. Chet el adabiyotlari rus tiliga tarjima qilingan- dan so‘nggina, rus olimlari ham bu fanga bag‘ishlangan asarlarni chop etishga kirishganlar.

Rus olimlarining buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlari XIX asrda paydo bo‘la boshlagan. Bunga V.S. Nemchinovning 1840-yilda nashrdan chiqqan, ikki qismdan iborat «Hisob fani» asarini misol qilib keltirish mumkin. Bu kitobda savdo korxonalari hisobi tizimi batafsil yoritilgan. Shundan so‘ng, asta-sekinlik bilan buxgalteriya hisobining prinsiplari boshqa tarmoqlar bo‘yicha ham yozila boshlagan. 1861-yilda Klinchening «Qishloq xo‘jaligi buxgalteriyasi», 1863-yilda «Idora bo‘limi yo‘riqnomasi» kitoblari dunyoga kelgan. Bu asarlar safini F. V. Yezerskiy o‘zining «Uch tizimli buxgalteriya» (1870-yil), P.I. Reynbot

«Fabrika schotchiligi» (1875-yil), A.V. Prokofyev «Ikkiyoqlama buxgalteriya kursi» (1884-yil) kitoblari bilan kengaytirgan.

Shu davrdagi ishlab chiqarish taraqqiyoti iqtisodiy jarayonlarni to‘g‘ri va to‘liq hisobga olishni talab qiladi, ammo ishlab chiqarishning takomillashib borishi, korxonalar o‘rtasida erkin raqobatning vujudga kelishi, buxgalteriya ma’lumotlarini chuqurroq o‘rganishni va uni to‘g‘ri tushuntirish zaruratini tug‘diradi. Bu esa, o‘z navbatida, tahlil element- larining vujudga kelishini taqozo etdi, chunki «tijorat sirini» takomil- lashtirish borasidagi juda ko‘p savollarga buxgalteriya hisobi va statis- tika fani javob berishga qiynalib qolardi.

Korxonalarni to‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan ba’zi ko‘rsatkichlarga izoh berishni talab qildi, aynan shu hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun obyektiv asos bo‘lgan.

Tahlilning elementlari birinchi marta 1880-yildan chiqa boshlagan

«Счётoвoдствo» jurnalida paydo bo‘la boshlagan. Shunday qilib, tahlil- ning ba’zi elementlari mavjud bo‘lgan – «Balansshunoslik» fani paydo bo‘lgan. Fanning «Balansshunoslik» deb nomlanishiga esa asos bo‘lgan, chunki, o‘sha paytlarda xo‘jalik faoliyatining natijasi, asosan, buxgal- teriya balansida ifoda etilgan. Balans ma’lumotlariga korxonaning mab- lag‘i yoki ular manbayining ma’lum muddatda o‘zgarishi aniqlanadi, lekin shu o‘zgarishlar nima evaziga sodir bo‘layotganligi, ularga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatayotganligi korxona egalari uchun muhim bo‘lib boradi, bu esa balansdagi ko‘rsatkichlarni batafsil tahlil qilish zaruratini vujudga keltiradi.

Jamiyatda ishlab chiqarish taraqqiyotni rivojlantirish bilan bir qatorda iqtisodiy krizislar va raqobatni ham vujudga keltirdi. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etgan:

«...davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini va uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sirini e’tiborga olgan holda, bank-moliya tizimining barqarorligini ta’minlash muhim ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.

2010-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi – bu islohotlarni davom ettirish va chuqur- lashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, 2009- 2012-yillarga mo‘ljallangan. «Inqirozga qarshi choralar dasturi» ni so‘z- siz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’min- lashdan iboratdir».1

Bunday sharoitda har bir korxona faoliyatining moliyaviy barqa- rorligi, undagi «tijorat siri» muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sharoitda buxgalteriya balansi ma’lumotlari yetarli bo‘lmay qoladi. Buxgalteriya balansi bilan birgalikda boshqa ko‘rsatkichlarni ifodalaydigan hisobotlar ham vujudga kela boshladi va tahlilning ko‘lami kengaydi. Shu vaqtgacha faqat buxgalteriya balansi tahlil qilingan bo‘lsa, endi unga boshqa hisobotlar tahlili ham qo‘shilib «hisobot tahlili» vujudga keldi. Shu tarzda tahlil shakllanib, rivojlanib bordi va mustaqil fan sifatida shakl topdi.

Moliyaviy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o‘ziga xos bir qancha nomlarga ega bo‘ldi. Moliyaviy tahlilning vujudga kelishi tarixi bo‘yicha nashr etilgan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi. Shu yo‘l bilan Moliyaviy tahlil shakllandi va mustaqil fanga aylandi. Tahlil fani rivojlangunga qadar bir qancha evolutsion yo‘llarni bosib o‘tdi. Mazkur evolutsion yo‘l orqali tahlil fani bugungi kungi holatga keldi. Ushbu fan o‘zining evolutsion rivojlanish yo‘li davomida bir qancha nomlar bilan atalgan. Dastavval, xo‘jalik subyektlarining, asosan, balans ma’lumot- larini tahlil etish maqsadiga qaratilganligi bois, tahlil fani «Balans- shunoslik» deb yuritila boshlangan, ya’ni balansni o‘rganuvchi, tahlil etuvchi fan deb qaralgan. Bu evolutsion rivojlanish yo‘llari quyidagi ketma-ketlikda ko‘rsatib o‘tilgan. (1-chizma).







  1. Download 158,66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish