Induksiya – alohida faktlar bilimidan umum bilimlarga (ya’ni qo- nunlar yoki boshqa amaliy va zaruriy aloqalarni aks ettiradigan) o‘tish usulidir.
Deduksiya – fikrlarni umumiylikdan xususiylikka tatbiq etish usuli, bunda umumiy tasnifdagi qonunlar, bog‘liqliklar xususiy tasnifga o‘tka- ziladi.
Mazkur usullar yordamida iqtisodiy hodisalarni ham xususiy, ham umumiy jihatlari o‘rganilib, tegishli xulosalar chiqarilib, amaliyotga tatbiq etiladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan bilishning elementlari, usullari (dialektika, analiz, sintez, induksiya va deduksiya) iqtisodiy-tahlil fanida ham iqtisodiy voqea va jarayonlarning o‘rganish asosini tashkil etadi. Moliyaviy tahlil aytib o‘tilgan umumiy usullar va xususiy jihatlar bilan birgalikda alohida fan sifatida yuzaga chiqib, korxonalarni tadqiq qilish tizimiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |