Moliyaviy tahlil fanining predmeti, obyekti, maqsadi, prinsplari
molyaviy tahlil 1
Fanlar sistemasida tahlilning tutgan o‘rni Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida Moliyaviy tahlil fanining boshqaruvdagi o‘rni ortib bormoqda. Moliyaviy tahlil fani boshqa fanlar zamirida vujudga keldi va ko‘pgina fanlarga nisbatan yangidir. Moliyaviy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllandi va rivojlandi. Shunga qara- may, respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin Moliyaviy tahlil fani mazmuni va tarkibi jihatidan tubdan o‘zgardi. Rejali iqtisodiyot sharoitida barcha fanlar singari Moliyaviy tahlil fani ham rejaning bajarilishini nazorat qilish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, yuqoridan ko‘r-ko‘rona tushirilgan rejani asoslashga qaratilgan edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Moliyaviy tahlil haqiqatdan ham amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, mulk va ish egalariga xizmat qiladigan bo‘ldi. Oldinlari korxonalarning xo‘jalik faoliyati yuqori tashkilot va davlat nuqtayi-nazaridan tahlil qilingan bo‘lsa, endilikda bevosita shu korxona, uning mehnat jamoasi va mulk egasi nuqtayi-nazaridan tahlil qilinadigan bo‘ldi, biroq barcha hollarda ham davlatning manfaati hisobga olinadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ham korxona bilan davlat o‘rtasidagi aloqalar erkin ravishda o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarga asoslanadi. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy jarayonlar va mu- nosabatlardagi bunday o‘zgarishlar har bir fan va iqtisodiy mexanizmlar mazmunini sifat jihatidan yangilashni, tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Moliyaviy tahlil xo‘jalik munosabatlaridagi obyektiv zarurat talabi- dan kelib chiqqan aniq fan bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, usul-uslublar, tamoyillar kabilarga rioya qiladi, ya’ni ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Jumladan, Moliyaviy tahlil umumiqtisodiy nazariya fani bilan bevosita aloqadordir, chunki, obyekt- larni Moliyaviy tahlil qilish umumiqtisodiy qonunlarga asoslanadi va umumqabul qilingan kategoriyalardan foydalaniladi. Umumiqtisodiy nazariya fanida kategoriyalar va atamalarning mohiyati hamda mazmuni ochib beriladigan bo‘lsa, Moliyaviy tahlilda esa ushbu kategoriyalar va atamalar fanning usul-uslublaridan foydalangan holda turli tomondan o‘rganiladi. Misol uchun, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi katego- riyasini oladigan bo‘lsak, umumiqtisodiy nazariya fanida ushbu katego- riyani mohiyati va mazmuni nimadan iborat ekanligi, qanday aniqla- nishi, tarkibi nimalardan iborat bo‘lishini bilib olishimiz mumkin. Iqtiso- diy tahlil fanida esa mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatki- chini davrlar, ularning tarkibidagi o‘zgarishlar hamda o‘zgarishlarga ta’sir etgan omillar va shu kabilar bo‘yicha tahlil qilishimiz mumkin. Tabiat, jamiyat va tafakkurni rivojlanishi haqidagi falsafiy ta’limotlardan ham tahlilda foydalaniladi, ya’ni umumiy rivojlanish, o‘rganilayotgan jarayonga dialektik qarash va hokazolar.
Download 158,66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |