Birlamchi tibbiyot muassasalari byudjeti qanday ko‘rsatkichlar asosida rejalashtiriladi? {= Biriktirilgan aholi soni, xarajatlarning bazaviy me’yorlari, tuzatuvchi koeffitsiyentlar:
~ Vrach qabillari soni, tibbiy xodimlar lavozimlari soni;
~ Muassasaning quvvati, aholi soni;
~ Muassasadagi o‘rinlarning o‘rtacha yillik soni, bazaviy me’yorlar;}
Agar turli darajadagi byudjetlarning zaxira jamg’armalaridan mablag’lar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega bo‘lsa, foydalanilmay qolgan mablag’lar nima qilinadi? {= Tadbirlarni o‘tkazish muddati tugaganidan keyin o‘n ish kuni ichida tegishli zaxira jamg’armasiga tiklanadi:
~ Tadbirlarni o‘tkazish muddati tugaganidan keyin o‘n ish kuni ichida tegishli byudjetga tiklanadi;
~ Tadbirlarni o‘tkazish muddati tugaganidan keyin besh ish kuni ichida tegishli zaxira jamg’armasiga tiklanadi;
~ Tadbirlarni o‘tkazish muddati tugaganidan keyin besh ish kuni ichida tegishli byudjetga tiklanadi;}
Agar sog’liqni saqlash muassasasi rahbari va uning yordamchilari tibbiyot va farmasevtika fanlari nomzodi bo‘lsa, ularga qancha miqdorda qo‘shimcha haq belgilanadi? {= Eng kam ish haqining 45% miqdorida:
~ Eng kam ish haqining 100% miqdorida;
~ Eng kam ish haqining 70% miqdorida;
~ Eng kam ish haqining 50% miqdorida;}
Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat byudjeti yil boshlangunga qadar qabul qilinmagan bo‘lsa, u holda Davlat byudjeti qabul qilingunga qadar bo‘lgan davrda davlat xarajatlari qanday shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi, noto‘g'ri javob? {= Davlat byudjetidan mablag’ ajratish davlat byudjeti qabul qilingunga qadar to‘xtatib turiladi:
~ Avvalgi moliya yilida amalda bo‘lgan soliq solish va majburiy to‘lovlar to‘lash tartibi davlat byudjeti qabul qilingunga qadar o‘z kuchini yo‘qotmaydi;
~ Byudjet mablag‘larining avvalgi moliya yili so‘nggi uch oyining uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda har oyda amalga oshiriladi;
~ Avvalgi moliya yilida qilinmagan byudjet xarajatlari amalga oshirilmaydi;}
Agar byudjet tashkilotlarining kreditorlik qarzi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini to‘lash bo‘yicha qarzi mavjud bo‘lmasa, Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armasidagi qolgan summalarning qancha qismi byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag’batlantirishga yo‘naltirilishi mumkin? {= Ko‘pi bilan 25 foizi:
~ Kamida 75 foizi;
~ Kamida 50 foizi;
~ Ko‘pi bilan 15 foizi;}