Xo‘jalik yurituvchi subyektlar: - mulk, kapital va majburiyatlarini, ularning o‘zgarishlarini tahlil etish;
- to‘lovga qobillik va mablag‘lar harakatchanligini tahlil etish;
- asosiy va aylanma kapitalini tahlil etish;
- iqtisodiy va moliyaviy salohiyatini tahlil etish;
- ish aktivligini tahlil etish;
- firma va kompaniyalar moliyaviy barqarorligini tahlil etish;
- debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini tahlil etish;
- iqtisodiy va moliyaviy reytingini baholash;
- moliyaviy holatini yaxshilash yuzasidan mavjud ichki imkoniyat- larni aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilab olishdan iboratdir.
4. Buxgalteriya balansi moddalarining likvidlilik bo‘yicha turkumlanishi. Buxgalteriya balansining likvidliligi va korxona to‘lov layoqatining tahlili. Buxgalteriya balansi likvidligi, korxona likvidligi tushunchalari moliyaviy holatini baholashning muhim ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Balans likvidlik aktivlarining pulga aylanish darajasini, korxona likvidligining qarshi tomonga bo‘lgan majburiyatlarini to‘lashga qobilligini xarakterlaydi. Buxgalteriya balansining likvidliligi va korxona to‘lov layoqatining tahlili. Buxgalteriya balansi aktivi likvidligi bo‘yicha, kapital va moliyalashtirish manbalariga ko‘ra, majburiyatlar to‘lovga tortilishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi. Aktivlarning birlashgan va tarkib qatorlari bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish uslubiyoti belgilangan. Ushbu uslubiyot xorij amaliyotiga to‘la mos tushadi va tarkib bo‘yicha nisbiy ifodalardagina farq etadi.
Aktiv tomon: -doimiy harakatdagi aktivlar (A1);
- tez pulga aylanadigan aktivlar (A2);
- sekin pulga aylanadigan aktivlar (A3);
- qiyin pulga aylanadigan aktivlar (A4).
Passiv tomon: - to‘lov muddati kelgan majburiyatlar (P1);
- qisqa muddatli majburiyatlar (P2);
- uzoq muddatli majburiyatlar (P3);
- doimiy passivlar (P4)
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini baholashda eng muhim sifat ko‘rsatkichi bu – to‘lov layoqati ko‘rsatkichidir. Korxonani to‘lovga layoqati to‘lov imkoniyatlarini, ya’ni uning o‘z majburiyatlarini to‘lashga qodirligini xarakterlaydi. Likvidlilik bilan to‘lov qobiliyati bir-biridan farq qiladi. Likvidlilik qarzlarni to‘lash uchun mablag‘lar mavjudligini ko‘rsatsa, to‘lov qobiliyati qarzni uzish imkoniyati borligini ko‘rsatadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning to‘lov layoqati deganda to‘lov muddati kelgan majburiyatlarni qoplashga joriy mablag‘larning yetarliligi yoki yetishmovchiligi tushuniladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning to‘lov layoqatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarga quyidagi ko‘rsatkichlar kiritiladi: - mutlaq to‘lov layoqati; - oraliq to‘lov layoqati; - joriy (umumiy) to‘lov layoqati.