Moliyaviy tahlil” fanidan kurs ishi mavzu: Xususiy kapital va uning samaradorligining tahlili. Bajardi: i-51 guruh talabasi Qosimov Dilshod toshkent-2022 Reja: Kirish



Download 64,9 Kb.
bet1/10
Sana21.07.2022
Hajmi64,9 Kb.
#834500
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Toshkent-2022 Reja Kirish Xususiy kapitalni tahlil qilishning m


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MOLIYAVIY TAHLIL” FANIDAN




KURS ISHI
Mavzu: Xususiy kapital va uning samaradorligining tahlili.


Bajardi: I-51 guruh talabasi
Qosimov Dilshod


TOSHKENT-2022
Reja:


Kirish
1. Xususiy kapitalni tahlil qilishning mazmuni, ahamiyati va tahlil vazifalari.
2. Xususiy kapital tarkibi, o’zgarishi va dinamikasi tahlili.
3. Sof aktivlar va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili.
4. Moliyaviy leveridj ko’rsatkichlarini tahlili.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Bozor munosаbаtlаri shаroitidа mаvjud moddiy, moliyaviy vа boshqа resurslаrdаn oqilonа vа sаmаrаli foydаlаnish lozim. Rаqobаtgа bаrdosh berish – bu rivojlаnishning muhim omillаridаn sаnаlаdi. Аyniqsа, mulkchilik shakli turlicha bo’lgan korxonalarda xususiy kapital miqdorini ko’paytirish hamda undan samarali foydalanish muhim аmаliy аhаmiyat kаsb etаdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga alohida e‘tibor qaratildi. Xususan, davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.1
Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yurituvchi subyektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali ko'rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga u darajada ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo'ladi. Shuning uchun ham xususiy kapitalga ega bo'lish, uni doimiy tarzda ko'paytirib borish bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo'jalik yurituvchi subyektning, shu jumladan aksionerlik jamiyatlarining rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element bo'lib hisoblanadi.
Kapital iqtisodiy rcsursdir. U o'z kapitali va chetdan jalb etilgan qarz mablag'lari yig'indisidan iborat bo'lib, korxonaning moliya­ xo'jalik faoliyatini yuritishning asosini tashkil etadl. Chetdan jalb etilgan mablag'lar qatoriga kredit va qarzlar, jismoniy va yuridik shaxslarga bo'lgan kreditorlik qarzlari kiradi.
Bozor munosabatlari sharoitida har bir korxona moliyaviy ehtiyojlarini o'zi mustaqil ravishda hal etadi. Korxona resurslari olingan foyda, qimmatbaho qog'ozlarni sotishdan kelgan tushum, aksionerlar, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan pay va boshqa to'lovlar, qonunga hilof bo'lmagan holda kirim qilingan mablag'lar evaziga tashkil topadi.
Bunday asosda kiritilgan mablag’ korxonaning xususiy kapitali deb ataladi.
Korxona kapitali ikki qismdan iborat shaklda tavsiflanadi. ulaming bir qismi xususiy kapital (o'z sarmoyasi) sifatida, ikkinchi qismi qarz kapitali (qarz sarmoyasi) sifatida qaraladi. Lekin shu ikkita birlik va uning tarkibiga kiruvchi birlik qatorlar korxona umumiy moliyaviy holatiga baho berishda, uning ish aktivligini baholashda muhim o'rin tutadi.
Xususiy kapital (o'z sarmoyasi) iqtisodiy harakat va faoliyatda alohida o'rin tutadi. Bu kapital o'z ichiga ustav kapitali, qo'shilgan kapital, zaxira kapitali va foydaning taqsimlanmagan qismini oladi. Xususiy kapital qarz kapitalidan farqli ravishda aniq muddatli harakat xususiyatiga ega emas. Ya'ni uning qaytaruvchanligi bclgilanmaydi. Ushbu kapital korxonaning butun faoliyati davomida harakatda bo'ladi va uning maqsadligi ta'sischi sifatida foydadan ulush olishdagi xususiyati bilan izohlanadi.
Korxonaning ish aktivligini xususiy kapital bilan bog'liq ko'rsatkichlarini asosiy va aylanma kapital aylanuvchanligidagi holatga qiyosan umumiy va birlik ko'rsatkichlarini belgilash mumkin.
Xususiy kapital hisobi hozirgi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudrat darajasi qay darajada ekanligini bildiradi. Shu taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6 – sessiyasida qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunida ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning 16 – moddasiga ko’ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5 – shakl “Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot” deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim.
Xususiy kapital tahlilining vazifalari bo'lib, quyidagilar hisoblanadi:

  • xususiy kapitallardan samarali foydalanganlikka baho bcrish;

  • xususiy kapitalda mavjud bo'lgan imkoniyatlarni aniqlash;

  • uning o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash va hakozolar kiradi.

Xususiy kapital tahlilini olib borishda axborot manbai bo'lib, «Buxgalteriya balansi»ning passiv 1 - bo'limi va «Xususiy kapital to'g'risida»gi hisobot shakllari kiradi. Bu hujjat shakllaridan foydalangan holda biz tahlil ishlarini olib boramiz.



Download 64,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish