Choraklar
|
Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushum, mln so’m
| |
Xaqiqatdagi darajaning rejadan farqi
|
Reja bajarilishi, %
| |
Reja
|
Xaqiqat
| | |
1
|
22 500
|
21 600
|
-900 (21 600 -22 500)
|
96 (21600/22500)
|
2
|
20 200
|
20 800
|
+600
|
102.9
|
3
|
28 000
|
28 200
|
+200
|
107.1
|
4
|
27 000
|
26 300
|
-700
|
97.4
|
Jami
|
97 700
|
96900
|
-800
|
99.18
|
Mahsulot sifati bo’yicha ishlab chiqarish rejasining bajarilishi tahlili
Nisbiy miqdorlarning turlari, ifodasi va uarning tasnifi
Taqqoslash turlari
|
Taqqoslash nisbiy ifodasi
|
Tasnifi
|
Reja vazifalari nisbiy miqdorlari
|
Krv=Kjr/Ko’y
|
Joriy yil reja ko’rsatkichini (Kjr) o’tgan yil yoki o’tgan yillarning o’rtacha ko’rsatkichlariga (Ko’y)nisbati
|
Rejani bajarish nisbiy miqdorlari
|
Krb=Kh/Kr
|
Haqiqatda erishgan daraja(Kh) bilan reja ko’rsatkichlari (Kr) nisbati
|
Dinamika nisbiy miqdorlari
|
Kdn=Kb /Kbv
|
Iqtisodiy ko’rsatkichlarni(Kb),(Kbv) vaqt ichida nisbiy o’zgarishini tavsiflaydi
|
Tuzilmaviy nisbiy miqdorlar
|
Ktn=Kab/Kuh
|
O’rganilayotgan to’’lamning ayrim birliklarini(Kab) uning umumiy hajmiga(Kuh) nisbati
| O‘rtacha miqdorlar. - Mutlaq va nisbiy miqdorlarning hodisa va jarayonlarni o‘rganish, baholash va tahlil etishdagi ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning qator kamchiliklari ham mavjud. Ya’ni ular o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib ta’rif bera olmaydi. Bu vazifani o‘rtacha miqdorlar bajaradi.
- O‘rtacha miqdorlardan rejalashtirish, boshqarish, ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi.
- O‘rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni o‘zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi.
- Moliyaviy tahlil jarayonida o‘rtacha miqdorlarning qator turlaridan foydalaniladi:
- o‘rtacha arifmetik miqdorlar;
- garmonik miqdorlar; o‘rtacha geometrik miqdorlar;
- o‘rtacha xronologik miqdorlar;
- o‘rtacha kvadratik miqdorlar.
Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan o‘rtacha miqdorlar
O‘rtacha arfimetik (Oddiy)
| |
X voqeliklar bir yoki teng marta takrorlangan paytda qo‘llaniladi. Misol uchun, ishchilarning (N) o‘rtacha ish haqini (X) topish.
|
O‘rtacha arfimetik (Tortilgan)
| |
X1 voqelik bir necha marta (F1) takrorlansa, ular o‘zaro ko‘p marta qo‘shib hisoblanmay, takrorlanish miqdoriga X1F1 ko‘paytirilib topiladi. Natijani esa takrorlanishlar (∑F) soniga bo‘linadi. Misol uchun, 20 kishining (F1) har biri 50 kg dan paxta (X1) terdi, 40 kishi (F2) esa 60 kg dan paxta (X2) terdi. Har bir kishi o‘rtacha qancha paxta terganligi aniqlanadi.
|
O‘rtacha xronologik
| |
Voqeliklarni sodir bo‘lish intervallari bir xil bo‘lganligi inobatga olinib, muayyan davrdagi o‘rtacha aniqlanadi. Misol uchun, ombordagi mahsulotlarning oy oxiriga yoki boshiga qoldiqlarini o‘rtacha miqdorlari topiladi.
|
O‘rtacha geometrik
| |
Voqeliklar o‘zgarishi koeffitsiyentlarda aniqlanib, koeffitsiyentlar asosida o‘rtacha miqdor topiladi. Misol uchun, baho o‘zgarishlarining o‘rtacha o‘zgarishi aniqlanadi.
|
O‘rtacha kvadratik
| |
Oddiy arfimetik o‘rtachani yanada aniqlikda hisoblab topish uchun zarur.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |