Moliyaviy siyosat - davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun moliyani tashkil etish va foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui. Moliyaviy siyosat eng avvalo moliyaviy resurslarningmaksimal hajmini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o’zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy ahvoli to’g’risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab oladigan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo’nalishlarining umumiy ko’lami bilan belgilanadi.
Fiskal (soliq-byudjet) siyosati- davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qo‘llaniluvchi chora-tadbirlar.
Fiscal siyosat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi uchun obyektiv shart sharoitlar vujudga keltiradi.