Moliyaviy siyosatning o’zga xos bo’lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga va iqtisodiy muvafaqqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko’rsatib turishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush darajasini oshishini ta’minlab va davlat daromadlarining niqdorni ko’paytirib, moliyaviy xo’jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin.
Moliyaviy siyosatning ana shunga yo’naltirilganligi orqali uning eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |