O‘zbekiston tom ma’nodagi mustamlaka mamlakat edi. Bu yerda yaratilgan boylik to’laligicha Moskva ixtiyoriga tashib ketilib, xuddi shu boylikning kichik bir qismi ortga qaytib berilardi. Shu bois mustaqillikka erishish arafasida, ya’ni 1989-1991 yillarda O‘zbekiston davlat byudjeti daromadining 30-40 foizi sobiq Ittifoqdan qaytib beriladigan subven-tsiyadan iborat edi. Lekin, 1988 yildagi hisob-kitoblarga ko’ra, O‘zbekistondan olib ketilgan bir yillik paxta tolasi-ning o’zidangina 25 milliard rubl daromad olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |