Moliyaviy siyosat Reja: Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari


Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari)



Download 34,73 Kb.
bet2/3
Sana18.07.2022
Hajmi34,73 Kb.
#819605
1   2   3
Bog'liq
moliya referat 2

Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari)

Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) quyidagilardan iborat:



  • byudjet siyosati;

  • soliq siyosati;

  • pul siyosati;

  • kredit siyosati;

  • baho siyosati;

  • investision siyosat;

  • sosial Moliyaviy siyosat;

  • boj siyosati.

О‘z navbatida, Moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va sosial siyosatini amalga oshirishning vositasi bо‘lib hisoblanadi va Shu ma’noda yordamchi rolni о‘ynaydi. Bir vaqtning о‘zida davlat siyosatining boshqa – milliy, gyeosiyosat, harbiy – yо‘nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana Shu barcha byesh yо‘nalishning (iqtisodiy, sosial, milliy, gyeosiyosat, harbiy) yig’indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy instrumyenti sifatida xizmat qiladigan Moliyaviy siyosatni aniqlab beradi.
Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvning Yuqori (oliy) organlariga tyegishlidir. Mamlakatning sub’yektlari darajasida Moliyaviy siyosat borasida qarorlarning qabul qilinish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari byudjet va mahalliy soliqlar bilan chyegaralanadi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitusiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. О‘zining hajmi va muhimligi jihatidan eng katta ish bо‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tyegishli dyeb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari funksiyalarini, mamlakat sub’yektlari funksiyalarini, byudjet fyedyeralizmi prinsiplarini, byudjet jarayoni sub’yektlarining huquq va majburiyatlarini va h.k.larni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati Shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda konsyentrasiya qilinadigan (tо‘planadigan) YAIM hissasini aniqlashda, mamlakat Yuqori va quyi organlarining о‘zaro munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar о‘rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defisitini qoplash yо‘llarini aniqlashda va h.k.larda ifodalanadi.
Dyemokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning о‘z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qо‘lida konsyentrasiya qilingan (tо‘plangan) pul mablag’larining harakati о‘z ifodasini topadi. Davlat siyosatini aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yо‘naltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag’lardan kо‘p mablag’ talab etsa, davlat qо‘shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qо‘llashga majbur bо‘ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va mol-mulkni ijaraga berish va konsyessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini tо‘ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yо‘qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chyegarasini oldindan belgilaydi.
Soliq siyosati Moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yо‘nalishi) hisoblanadi. Byesh Yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy Moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bо‘lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil topadi:

  • soliqlarsiz davlatning faoliyat kо‘satishi mumkin emas;

  • soliqli undirish qat’iy о‘sish tyendyensiyasiga ega;

  • oqilona soliq ostonasidan о‘tilganidan sо‘ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi – iqtisodiyotning о‘z-о‘zidan buzilishi (yemirilishi) sodir bо‘ladi;

  • tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada о‘rnatilmog’i lozim. Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investision salohiyatni safarbar etish hisobidan tiklanadi;

  • soliqning Yuqori ostonasi kapitalning chyetga chiqib kyetishiga olib kyeladi;

  • iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar о‘lchovlarda sof daromadning 30%dan ortiq qismining undirilishida mamlakatning iqtisodiy о‘sishi tо‘xtaydi;

  • soliq imtiyozlari ochiqlik xarakteriga ega bо‘lishi va barcha takror ishlab chiqarish sub’yektlari uchun tyeng bо‘lishi kerak;

  • soliq tizimi konfiskasion xarakterga ega bо‘lmasligi lozim. Faqat, jumladan, individual daromadlarning о‘sishida ifodalangan milliy boylikning о‘sishi soliqqa tortiladigan bazaning (asosning) barqaror о‘sishini ta’minlashi mumkin;

  • qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlarning summar о‘lchovi barqaror о‘sish tyendyensiyasiga ega bо‘ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat о‘zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, kapital xufyona iqtisodiyotga yoki xorijga о‘tishni boshlab, byudjetning daromadlar bazasini (asosini) qisqartiravyeradi;

  • soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bо‘lmog’i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish ob’yektlarini kо‘paytirish, kо‘p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bо‘yicha xarajatlarning ortishiga, boqimanda va jarimalarning о‘sishiga va pirovardida, mulkni qamoqqa olish, soliq tо‘lovchini kasod dyeb e’lon qilish va h.k. yо‘llar orqali iqtisodiyotning yemirilishiga olib kyeladi;

  • soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib kyeladi. CHunki bunday soliqlarning Yuki tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) istye’molchisi gardaniga (zimmasiga), ya’ni yashash minimumi darajasida yoki sosial tirikchilik darajasida daromadga ega bо‘lgan aholining 80-90% qismiga Yuklanadi. Bu paradoks daromadlarning turli darajalarida istye’molning nisbatan bir xil darajasiga asoslangan;

  • egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi Shundaki, bu tizimda aholining asosiy qismidan jamg’armalar olib qо‘yiladi va bu, о‘z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi Moliyaviy bozor tizimining asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kyechgan AQSH tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir;

  • egri (bilvosita) soliqlarni sog’liq uchun zararli bо‘lgan tovarlar, zyebu-ziynat buYumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar va boshqa bir qancha о‘ziga xos bо‘lgan maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur;

  • daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi bо‘lib hisoblanishi (xizmat qilishi) kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga asosan qurmoq lozim.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a’zolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolavyeradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag’batlantirilishini (motivasiya qilinishini) olib qо‘yadi, ya’ni mehnat daromad kyeltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita namoyon bо‘ladi – Yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investision imkoniyatlarini qisqartiradi (toraytiradi), jamiyatda istye’mol darajasi pasayadi va bu narsa, о‘z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat syektorlarining о‘sish bazalarining (asoslarining) pasayishiga olib kyeladi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yо‘nalishlaridan) yana biri pul siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tyezligini hisobga olgan holda) mos kyelmasa, pul massasining yetmagan qismi qog’oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valYuta hisobidan tо‘ldiriladi (tiklanadi). Va aksincha, agar pul massasi unga bо‘lgan talabdan ortiq bо‘lsa, yo pul massasining mamlakatdan chyetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valYutaning qadrsizlanishi sodir bо‘ladi. Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi mamlakatning qonunchiligiga ham bevosita bog’liq – mamlakatda xorijiy valYutaning muomalada bо‘lishiga ruxsat beriladimi yoki yо‘qmi, milliy valYuta konvyertasiya qilinadimi yoki yо‘qmi? va h.k.
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul birligiga nisbatan milliy pul birligining qadrsizlanishiga olib kyeladi.
Emissiya siyosati va milliy valYutaning barqarorligi pul siyosatining tarkibiy qismlaridir (yо‘nalishlaridir). Emission siyosat muomala uchun zarur bо‘lgan pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yо‘nalishga ega. Bu yо‘nalish byudjet daromadlarini kо‘paytirishdir. Ana Shu yо‘nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. CHunki ma’lum bir miqdoriy chyegaradan о‘tilganidan sо‘ng pul tizimi inflyasiyaga moyil (ta’sirchan) bо‘lib qoladi, ya’ni byudjet daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bо‘lishi mumkin. Agar qandaydir bir sabablarga kо‘ra davlat о‘z pul tizimini tartibga solishga qodir bо‘lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur yetadi. CHunki bunday sharoitda mamlakatning milliy valYutasi boshqa kuchli valYutalarning ekspansiyasiga qarshi turaolmaydi va milliy boylikdan mahrum bо‘lib qolish mumkin (о‘zaro hisobga olishlar, aksiyalarni sotib olish va h.k.lar orqali).
Kredit siyosati ham Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) bо‘lib, uning namoyon bо‘lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda kapitalining faoliyat kо‘rsatishini ta’minlaydi. О‘z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag’larni tо‘ldirish va investisiyalar uchun mablag’larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning kredit syektori о‘rtacha foyda normasini tyenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. U asossiz darajada Yuqori bо‘lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:

  • kreditlarning qaytarilmasligi;

  • ishlab chiqarish syektori va xizmatlar syektorida mahsulotlar narxining о‘sishi;

  • qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatida soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi;

  • ishlab chiqarishning qisqarishi;

  • takror ishlab chiqarish jarayoni sub’yektlari daromadlariningpasayishi natijasida ichki istye’mol bozorining torayishi.

Aksincha, kreditning arzonlaShuvi ishlab chiqarishning sog’lomlaShuviga, tovarlar massasining ortishiga, tovarlar va xizmatlar bahosining pasayishiga va ana Shularning natijasida esa, takror ishlab chiqarish jarayoni sub’yektlari daromadlarining oshishiga, soliqqa tortish bazasining kengayishiga va buning oqibatida byudjet daromadlarining kо‘payishiga olib kyeladi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida davlatning baho siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining korryektivka qilinishi (о‘zgartirilishi) orqali ifodalanadi. YEr, osti boyliklari, suv havzalari, tyemir yо‘llar, elyektr uzatish tarmoqlari, nyeft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosining о‘sishi (ortishi) milliy xо‘jalik barcha boshqa syektorlarida baholarning о‘sishiga olib kyeladi. Bu yerda bog’lanish Shunchalik ayonki, hyech qanday izohga hojat yо‘q. Shuning uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bо‘lib hisoblanadi.
Investisiya siyosati Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yо‘nalishlaridan) biri bо‘lib, u eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real syektoriga о‘z va xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun sharoitlarni yaratish bо‘yicha tadbirlar komplyeksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar Moliyasini boshqarishning turli darajalarida amalga oshiriladi. Investision siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar tomonidan Moliyaviy resurslarni kiritish (joylashtirish), mamlakatdan kapitalning “qochib” kyetmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi.
Sosial Moliyaviy siyosat Konstitusiyaga muvofiq mamlakat aholisining huquqlarini Moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog’liq. Hozirgi paytda bu siyosat, о‘z navbatida, pyensiya siyosati, immigrasion siyosat, aholi ayrim sosial guruhlariga Moliyaviy yordam kо‘rsatish siyosati va boshqa siyosatlarni о‘z ichiga oladi.
Boj siyosatini Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida qarash bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida e’tiborga olish kerak. CHunki soliqlar va bojlar (boj yig’imlari) tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Bir vaqtning о‘zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir kо‘rsatishning о‘ziga xos bо‘lgan usuliga ham egadir. Usulning о‘ziga xosligi Shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki bozoriga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag’batlantirishi yoki unga tо‘sqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda о‘xshashi bо‘lmagan texnologik asbob-uskunani import qilishga 20% li boj yig’imi о‘rnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarning investision imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki ishlab chiqarishning о‘sish sur’atlarini pasaytiradi, import qilinadigan mahsulotlarning salmog’ini oshiradi.
Har qanday mamlakatning boj siyosati bumyerang harakatiga egadir. CHunki boj undirishning cheklovchi yoki rag’batlantiruvchi stavkalarining joriy etilishi xuddi Shunday javob choralarining qо‘llanilishi bilan kuzatiladi. Boj siyosati yо‘nalishining tanlanishi mamlakatning iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Agar biz bugun oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlarining import qilinishiga bog’liq bо‘lsak, bu boj stavkalarida о‘z aksini topmog’i lozim. Ammo boj stavkalari rag’batlantiruvchi bо‘lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar xorijiy tovarlar bilan raqobat qila olmay qoladi.
Umuman olganda, aksariyat hollarda mamlakatning boj siyosati bojxona bojlari va tо‘lovlarini oshirishga yо‘naltirilgan byudjet siyosatiga bog’liq bо‘ladi.
Xullas, Moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) ilmiy jihatdan asoslangan, ma’lum bir maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan, muvofiqlashtirilgan, takror ishlab chiqarish sub’yektlarining manfaatlariga zid bо‘lmaydigan bо‘lishi kerak. Uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat ichki va tashqi qarzlarining kamayishiga, davlatning oltin-valYuta zahiralarining ortishiga, inflyasiyani jilovlashga, byudjet defisitining kamayishiga, YAIM kо‘payishiga, mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining kuchayishiga olib kyelmog’i lozim.



Download 34,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish