Moliyaviy Rejalashtirish va tartibga solish Reja: Moliyaviy Rejalashtirish va bashoratlash



Download 36,1 Kb.
bet1/2
Sana26.03.2022
Hajmi36,1 Kb.
#512038
  1   2
Bog'liq
Moliyaviy Rejalashtirish va tartibga solish (1)


Moliyaviy Rejalashtirish va tartibga solish
Reja:



    1. Moliyaviy Rejalashtirish va bashoratlash

2. Sosial-iqtisodiy jarayonlarni Moliyaviy tartibga solish



  1. Moliyaviy Rejalashtirish va bashoratlash

Har qanday sosial-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri Rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, Rejalashtirish istiqbolga yо‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish bо‘yicha faoliyat dyeb talqin qilinadi.


“Rejalashtirish” tuShunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq bо‘lgan va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’yektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “Rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham Rejalashtirish amaliyotda Rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bо‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, Moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga Moliyaviy Rejalashtirish deyiladi.
Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bо‘lgan Moliyaviy resurslar va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning ixtiyorida (qо‘lida) qolgan daromadlar о‘rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xо‘jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’yektlari bо‘yicha daromadlarning soliq tо‘languncha va soliq tо‘langandan kyeyingi о‘lchamlari (miqdorlari) о‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana Shu nisbatni kо‘paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag’batlantirish yoki cheklab qо‘yishi mumkin.
Umumiy va oddiy kо‘rinishda, Moliyaviy Rejalashtirish deyilganda Moliyaviy Rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy Rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi Moliyaviy kо‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va о‘zaro bog’lash tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tyez-tyez foydalaniladigan Rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modyelini ishlab chiqish va Shu asosda Moliyaviy kо‘rsatkichlarning Rejali tizimini aniqlashni, Moliyaviy Rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, Moliyaviy Rejalashtirish jarayonida u yoki bu sub’yekt faoliyat kо‘rsatishi Moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak.
“Moliyaviy Rejalashtirish” tuShunchasi о‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • taraqqiyotning asosiy tyendyensiyalarini aniqlash va Moliyaviy tahlil qilish;

  • jalb qilingan mablag’lar va vaqtincha bо‘sh turgan mablag’larni joylashtirish myenyejmyenti;

  • firma ichidagi Moliyaviy natijalar va pullarni Rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;

  • investision myenyejmyent;

  • kapitallar myenyejmyenti;

  • faoliyatning boshqa kо‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).

Quyidagilar Moliyaviy Rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • ishlab chiqarish, investision va Moliyaviy faoliyatlarni kerakli bо‘lgan Moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;

  • pul mablag’laridan iqtisod qilib, tyejab-tyergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bо‘yicha ichki ryezyervlarni qidirib topish;

  • kapitalni samarali joylashtirish yо‘llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;

  • kontragentlar bilan optimal Moliyaviy munosabatlarni о‘rnatish;

  • korxonaning Moliyaviy ahvoli, tо‘lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat о‘rnatish.

Bozor munosabatlariga о‘tilganiga qadar Moliyaviy Rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof opyerativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yetarli darajada formal bо‘lgan korxonalarning byesh yillik Moliyaviy Rejalaridagi kо‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mо‘ljallangan Rejalarning loyihasini baholash, korxonaning yillik Moliyaviy Rejalarini tuzish kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona Moliyaviy xizmatlarining obrо‘yiga obrо‘ qо‘shmas, chunki ularga hyech narsa bog’liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida Moliyaviy xizmatlarning roli tubdan о‘zgaradi. Ular korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va bir vaqtning о‘zida, Shu rivojlanishning yо‘nalishi va sifatini nazorat qiladi.
Hozirgi sharoitdagi Moliyaviy Rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan kо‘zda tutishgina (kо‘ra bilishgina) emas. Bu tyegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida Yuzaga chiqishi mumkin bо‘lganhar qanday kutilmagan holatlarni kо‘ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt о‘z faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana Shu risklarni samarali oldindan kо‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega.
Moliyaviy Rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy myetodlardan foydalanish mumkin:

  • iqtisodiy tahlil myetodi;

  • normativ myetod;

  • balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari myetodi;

  • kо‘p variantlilik myetodi;

  • iqtisodiy-matyematik modyellashtirish myetodi;

  • va boshqa myetodlar.

Moliyaviy Rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib kо‘rsatish mumkin:

  • xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatining Moliyaviy natijalarini tadqiq etish;

  • opyerativ Rejalarning о‘zgarishi asosida Moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish;

  • о‘z Reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning Moliyaviy resurslarga bо‘lgan konkryet ehtiyojlarini aniqlash;

  • Moliyalashtirish manbalari (Shu jumladan, о‘z va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;

  • xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar Moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni ushlab turish (qо‘llab-quvvatlash);

  • shakllantirilgan Rejalarni opyerativ о‘zgartirish tartibini (prosyedurasini) ishlab chiqish.

Moliyaviy Rejalashtirishning ikki turi bо‘lishi mumkin:

  • stratyegik Moliyaviy Rejalashtirish;

  • joriy Moliyaviy Rejalashtirish.

Stratyegik Moliyaviy Rejalashtirish о‘z ifodasini stratyegik Moliyaviy Rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda о‘zgarayotgan xо‘jalik Yuritish sub’yekti Moliyaviy taraqqiyotining kо‘p variantli bashoratidan iboratdir.
Stratyegik Moliyaviy Reja, hyech bо‘lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog’i lozim:

  • xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt uchun talab qilinadigan kapitalning о‘lchami qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi?

  • bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?

  • о‘z kuchiga ishongan holda xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt rivojlanishi mumkinmi? Agar yо‘q bо‘lsa, Moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari qanday?

  • xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt pul mablag’lari tuShumi, ishlab chiqarishning rentabelligi va investisiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda?

О‘z navbatida, joriy Moliyaviy Rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

  • ishlab chiqarish, investision, markyeting, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda sosial loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan Moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash;

  • mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizasiya qilish tannarxini Rejalashtirish;

  • pul oqimlarini Rejalashtirish;

  • butun xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt doirasida foydani Rejalashtirish (bashoratlash);

  • investisiyalarning daromadliligini Rejalashtirish.

Moliyaviy Rejalashtirish mamlakat milliy xо‘jaligini Rejalashtirishning tarkibiy qismi bо‘lib, sosial-iqtisodiy rivojlanish Rejasining kо‘rsatkichlariga tayanadi, Moliya tizimi barcha organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga (koordinasiya qilishga) yо‘naltiriladi. Moliya tizimi alohida bug’inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni о‘zida aks ettiruvchi Moliyaviy Rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi:

  • pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va myetodlarining о‘ziga xosligi;

  • Moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bо‘yicha qayta taqsimlash.

Moliyaviy Rejalashtirishning bosh ob’yekti Rejada о‘zining miqdoriy ifodasini oladigan Moliyaning bug’inlari (Moliyaviy munosabatlar) hisoblanadi. Konkryet pul fondlari mablag’larining harakati yagona tizimga birlashtirilgan tyegishli Moliyaviy Rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi.
Moliyaviy Rejalar tizimining markazini byudjet Rejasi egallaydiki, unda byudjet fondining harakati, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning shakllari va myetodlari, daromad va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi о‘zining miqdoriy ifodasini topadi.
Nobyudjet fondlarning harakati, mos ravishda, Pyensiya fondi, Sosial sug’urta fondi, Majburiy tibbiyot sug’urtasi fondi, Yо‘l fondi, Aholi bandligi davlat fondi kabilarning Moliyaviy Rejalarida (smetalarida), ularning daromadlari va xarajatlarida о‘z aks ettiriladi. Ularning daromadlar qismida Yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari ifodalanadi. Sug’urta badallarining miqdori mehnat haqiga nisbatan foizlarda о‘rnatiladi. Nobyudjet fondlarga qisman byudjet mablag’lari tushishi, mablag’lar yetishmaganda nobyudjet fondlari bir-birlaridan qarzga mablag’lar olishi mumkin. Shunday qilib, nobyudjet fondlari bir-biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog’liqdir.
Sug’urta fondi butun jamiyat, alohida mintaqalar, hududlar va fuqarolar masshtabidagi yо‘qotmalarni tiklash uchun kerak bо‘ladi. Barcha hо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning ehtiyojlarini hisobga olish uchun sug’urta fondi ham Rejali tarzda shakllantiriladi va undan foydalaniladi. Bu yerdagi Moliyaviy Rejaning daromadlar qismida korxona, tashkilot va alohida fuqarolarning badallari, boshqa fondlardan (byudjet yо‘nalishidagi) mablag’larning tushishi, xarajatlar qismida esa tabiiy ofatlardan kо‘rilgan zararlarni qoplash, sug’urtalanganlarga sug’urta tо‘lanmalari summasini tо‘lash kabilar aks ettiriladi. Sug’urta fondini shakllantirish va undan foydalanishning Rejasi mablag’larning yanada samaraliroq foylanilishiga imkon beradi.
Moliyaviy Rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajalariga istiqboldagi (istiqbol uchun mо‘ljallangan) Moliyaviy Rejalar, Moliyaviy balanslar va Shuningdyek, aholi daromadlari va xarajatlari harakatining balansini ishlab chiqish va amalga oshirishlar kiradi.
Istiqboldagi (istiqbol uchun mо‘ljallangan) Moliyaviy Rejalashtirish iqtisodiy va sosial taraqqiyot hamda Moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni (koordinasiya qilishni) ta’minlash, Shuningdyek ishlab chiqiladigan islohotlar, dasturlar va qonunlarning Moliyaviy oqibatlarini komplyeks tarzda bashoratlash, uzoq muddatli salbiy tyendyensiyalarni kuzatish va ularga nisbatan tyegishli choralarni о‘z vaqtida qabul qilish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Odatda, istiqboldagi (istiqbol uchun mо‘ljallangan) Moliyaviy Rejalar navbatdagi uch yil uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun byudjet tuziladi, navbatdagi ikki yil Reja davri hisoblanib, ular davomida e’lon qilingan iqtisodiy siyosatning haqiqiy natijalari kuzatiladi. Istiqboldagi (istiqbol uchun mо‘ljallangan) Moliyaviy Rejalar mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari sosial-iqtisodiy rivojlani-shining aniqlashtirilgan о‘rta muddatli bashoratining kо‘rsatkichlarini hisobga olgan holda har yili о‘zgartirilishi (korryektirovka qilinishi) mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga suriladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning proporsionalligi va balansliligini ta’minlashda, pul muomalasini tartibga solishda davlatning yig’ma Moliyaviy balansi (Moliyaviy resurslar balansi) va har bir ma’muriy-hududiy tuzilmalarning daromadlar va xarajatlar balansi muhim о‘rinni egallaydi. Davlatning yig’ma Moliyaviy balansi (Moliyaviy resurslar balansi) mamlakat, uning sub’yektlari, mahalliy-hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat kо‘rsatayotgan barcha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning barcha daromadlari va xarajatlarining jamidan iboratdir. U о‘tgan yilgi davlatning hisobot yig’ma Moliyaviy balansi ( hisobot Moliyaviy resurslar balansi) asosida va mamlakat sosial-iqtisodiy taraqqiyotining bashorat kо‘rsatkichlariga muvofiq ravishda tuziladi hamda ular byudjet loyihalarini ishlab chiqishda asos bо‘lib xizmat qiladi.
Bu Moliyaviy Rejalar (hujjatlar) Moliya vazirligi va Moliya tizimining boshqa bо‘linmalari faol ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. Balansda byudjet fondi, nobyudjet fondlar, sug’urta fondi, kredit fondi, korxona va tashkilotlarning pul fondlari va nihoyat, fuqarolarning pul mablag’lari tarkibida Rejalashtirilayotgan resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanish aks ettiriladi. Moliyaviy Rejalashtirishning balans myetodi mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari va mahalliy ma’muriyatlari masshtabida Moliyaviy resurslar defisitini aniqlashga, barcha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar о‘rtasida mablag’larni samarali va asosli qayta taqsimlashga imkon beradi. Davlatning yig’ma Moliyaviy balansi (Moliyaviy resurslar balansi) mavjud barcha Moliyaviy Rejalarni yagona tizimga birlashtiradi. Uning kо‘rsatkichlari byudjet va kredit Rejalarini, Shuningdyek boshqa Moliyaviy Rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi.
Boshqa bir sintetik balans – aholi daromadlari va xarajatlarining balansi - davlatning yig’ma Moliyaviy balansi (Moliyaviy resurslar balansi) bevosita bog’langandir. Unda naqd pulli va naqd pulsiz shakllardagi aholi pul resurslarining harakati о‘z ifodasini topadi. Balansda aks ettirilayotgan aholining pul daromadlari о‘zining manbasiga kо‘ra quyidagi uch guruhga bо‘linadi:

  • ish haqi va ish haqiga ustamalar, mukofotlar, safar xarajatlari uchun mо‘ljallangan mablag’lar, yollanma ishchilarga (xodimlarga) ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan sosial xarakterdagi tо‘lanmalar;

  • tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, korxonalarning foydasiga ishtirok etish, shaxsiy mulk bilan opyerasiyalar va Moliya-kredit opyerasiyalaridan olinadigan daromadlar;

  • sosial transfyertlar - davlat pyensiyalari, nafaqalar, stipyendiyalar va Shunga о‘xshashlar.

Xuddi Shuningdyek, balansda aks ettirilayotgan aholining pul xarajatlari ham quyidagi guruhlardan iborat bо‘ladi:

  • istye’mol xarajatlari;

  • soliqlar, boshqa majburiy tо‘lovlar va ixtiyoriy badallar;

  • pul tо‘planmalari va jamg’armalar.

Moliyaviy Reja hisoblangan ushbu balans aholining daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi proporsiyani aniqlaydi, mehnat haqi va pyensiya ta’minotining о‘sganligi, tovarlar taklifi hajmining oshganligini ifodalaydi. Shularga muvofiq ravishda, aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi naqd pulli pul aylanmasi, chakana tovar aylanmasi, soliq tuShumlari, kredit resurslarini Rejalashtirish uchun muhim rol о‘ynaydi. Bu balans Moliya vazirligi, Markaziy bank va Moliya tizimining boshqa organlari ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, Moliyaviy Rejalar quyida ikki guruhga bо‘linishi mumkin:

  • uzoq muddatli Moliyaviy Rejalar;

  • qisqa muddatli Moliyaviy Rejalar.

Uzoq va qisqa muddatli Moliyaviy Rejalar bir-birlaridan nafaqat о‘zining qamrab olish gorizonti bо‘yicha, balki Rejalashtirish maqsadlariga kо‘ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli Moliyaviy Rejalarning (Rejalashtirishning) bosh maqsadi Moliyaviy barqarorlik nuqtai-nazaridan firma kengayishining yо‘l qо‘yilishi mumkin bо‘lgan sur’atlarini aniqlash bо‘lsa, qisqa muddatli Moliyaviy Rejalarning (Rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy tо‘lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir.
Alohida olingan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning Moliyaviy Rejasi unga tyegishli bо‘lgan biznyes-Rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda markyeting, opyerativ faoliyat, mulkka egalik huquqi va korxona faoliyat kо‘rsatishining boshqa yо‘nalishlari (aspyektlari) qiymat kо‘rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy Reja korxona butun faoliyatini Moliyaviy jihatdan ta’minlashning instrumyenti sifatida maydonga chiqadi va bir vaqtning о‘zida, Shu faoliyatning Moliyaviy natijalarini xarakterlaydi. Biznyes-Rejaning tarkibida Moliyaviy Reja quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha ishlab chiqiladi:

  • bozorlarni va kо‘zda tutilayotgan sotuvlar hajmini о‘zlashtirishning loyihaviy kо‘rsatkichlarini ishlab chiqish;

  • tannarxning turli kо‘rinishlarini (tо‘liq, ishlab chiqarish, tо‘g’ri va boshqalar) hisob-kitob qilish. Bu yerda markyeting tadqiqotlari, ryeklama, bozorlarni о‘zlashtirish xarajatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi;

  • pul mablag’larining yillik oqimini loyihalashtirish va Moliyaviy natijalarni aniqlash. Bu tuShumlarning kelib tushishi, dyebitorlik va kreditorlik qarzlarining о‘zgarishi, moliq tо‘lovlarini optimallashtirish va boshqalar bо‘yicha dinamikalarning bashorat qilinishini taqoza etadi. Shu yerning о‘zida foydaga oid hisob-kitoblar korxonaning joriy istiqboldagi salohiyati bilan, Shuningdyek biznyes-Rejaning boshqa bо‘limlarida aniqlanadigan cheklanmalar bilan muvofiqlashtirilishi kerak;

  • zaruriy investisiyalarning hajmi, ishlab chiqarishni kengaytirish bо‘yicha Moliyaviy resurslarning hajmi, ularning samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash;

  • va boshqalar.

Umuman olganda, Moliyaviy Rejalarning kо‘rsatkichlari davlatning Moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlang’ich matyerial hisoblanadi, istiqboldagi (istiqbol uchun) Rejalashtirishning informasion asosi bо‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy Rejalar tizimi Moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va Yuridik shaxslar daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi о‘zgarishlarning ob’yektiv ravishda о‘zaro bog’liqligi va uzoq muddatli tyendyensiyalarini, Shuningdyek kyelajakda bu tyendyensiyalar rivojlanishiniga ta’sir kо‘rsatishi mumkin bо‘lgan omillarni aniqlashga imkon beradi.
Moliyaviy Rejalashtirishni Moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur etib bо‘lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bо‘lgan Moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan kо‘ra bilish va Moliyaviy Rejalarning kо‘rsatkichlarini asoslashga Moliyaviy bashoratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda Moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi:

  • о‘rta muddatli (5-10 yillik) Moliyaviy bashoratlash;

  • uzoq muddatli (10 yildan ortiq) Moliyaviy bashoratlash.

Moliyaviy bashoratlash Moliyaviy Rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bо‘ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag’ishlangan Moliyaviy siyosatning konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bо‘lishi mumkin bо‘lgan Moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar Moliya tizimi organlariga Moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, Moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va myetodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi. Shu ma’noda, Moliyaviy bashoratlar Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning о‘zida muhim bosqichi bо‘lib hisoblanadi. Ular yordamida Moliya tizimining barcha sub’yektlari oldida turgan sosial-iqtisodiy vazifalarni yechishning (hal qilishning) turli ssyenariyalari ishlab chiqiladi.
Moliyaviy bashoratlash turli myetodlarning qо‘llanilishini taqoza etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bо‘lishi mumkin:

  • iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog’liq ravishda Moliyaviy Reja kо‘rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan ekonomyetrik modyelni qurish (yaratish);

  • korryelyasion-ryegryession tahlil;

  • bevosita ekspyertli baholash myetodi.

Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning vositalari yotgan dasturli-maqsadli yondaShuvdan foydalanadigan Moliyaviy Rejalashtirishning myetodi sifatida Moliyaviy dasturlashtirish quyidagilarning bо‘lishini kо‘zda tutadi:

  • yо‘nalishlar bо‘yicha davlat xarajatlarining ustuvorlarini belgilash (о‘rnatish);

  • davlat mablag’lari sarflanishining samaradorligini oshirish;

  • muqobil variantning tanlanishiga muvofiq ravishda Moliyalashtirishni tо‘xtatish.

Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga (resurslarga) bog’liq. Bunda faqat maqsadga erishishning masshtabi, ahamiyati va murakkabligi emas, balki mavjud zahiralarning hajmi, kutilayotgan jami samara, maqsadga erishilmaganda potyensial yо‘qotmalar ham hisobga olinadi. Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq va qisqa muddali maqsadlar va choralarni muvofiqlashtirishning muhim myetodi sifatida dasturlashtirishdan Moliyaviy Rejalashtirishning hozirgi amaliyotida faol foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda о‘tgan asrning 60-yillaridanoq foydalanib kelinayapti. Uning asosiy mohiyati byesh yillik “о‘zgarib turadigan” xarajatlar Rejasini tuzish bilan belgilanadi. Har yili joriy yil Rejasi kо‘rsatkichlarining kutilayotgan ijrosi asosida Reja о‘zgartiriladi (korryektirovka qilinadi). Bunda kо‘rsatkichlar byesh yillik shkala bо‘yicha bir yil oldinga (hisobot yilidan kyeyingi yilga) “kо‘chiriladi”. Oldinda turgan birinchi yilning Reja kо‘rsatkichlari diryektiv (majburiy), kyeyingi tо‘rt yillik kо‘rsatkichlar esa mо‘ljalli (oriyentirovkali) xarakterga ega hisoblanadi.
Hozirgi paytda dunyoning juda kо‘p mamlakatlarida ishlab chiqarish maqsadlariga, resurslar va ijrochilar bо‘yicha balanslilikka yо‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xо‘jalik va boshqa tadbirlar tizimidan iborat bо‘lgan maqsadli komplyeksli dasturlarlardan keng foydalanilmoqda.



Download 36,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish