Moliyaviy oqimlar


 Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana03.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#633853
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3 мав

6. Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi 
ishtirok ulushining bo‘linishi

Moliyaviy tizim katta ko‘lamdagi korxonani tashkil etish yoki yirik 
korxonalar kapitalini ko‘p sonli mulkdorlar o‘rtasida bo‘lish uchun moliya-viy 
mablag‘larning birlashish mexanizmini ta’minlaydi. 
Zamonaviy iqtisodiyotda to‘laqonli biznesni yurgizish uchun zarur bo‘lgan 
investitsiyalarning minimal hajmi, ko‘pincha, alohida odamning va hatto eng 
katta oilaning pul mablag‘laridan oshiq bo‘ladi
95
. Moliyaviy tizim uy xo‘jaliklari 
mablag‘larini, keyinchalik unga muhtoj bo‘lgan firmalar foydalanadigan yirik 
kapitalga birlashtirish yoki yirik-lashtirish uchun imkoniyat yaratadi (masalan, 
fond bozorlari yoki banklar yordamida).
Moliyaviy tizim tufayli individual uy xo‘jaliklari katta miqdor-dagi pul talab 
qilinadigan investitsiyalarda resurslarning birlashishi va umumiy investitsiyalarda 
ulushlarning keyingi bo‘linishi yo‘li bilan qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Masalan, faraz qilaylik, Siz 10,0 mln. so‘mlik uloqchi otni sotib olish uchun 
mablag‘ kiritishga qaror qildingiz. Lekin Sizda hammasi bo‘lib 1,0 mln. so‘m bor. 
Agarda otni o‘nta qismga bo‘lishning jismoniy imkoniyati bo‘lganda, Siz uning 
o‘ndan birini sotib olishingiz mumkin edi. Biroq biz bu yerda hamma qismlarning 
summasidan ko‘ra butuni shubhasiz ancha-muncha qimmat bo‘ladigan vaziyat-
lardan birini ko‘ryapmiz. Shunday qilib, otni jismoniy bo‘lish muammoni hal 
qilmaydi. Va bu yerda hayvonni unga zarar keltirmasdan “bo‘lish” imkonini 
beradigan moliyaviy tizim yordamga keladi. Investitsion pul (moliyaviy 
resurslarning birlashishi)ni yaratib va investorlar o‘rtasidagi ulushni taqsimlab, 
10,0 mln. so‘mlik investitsiyani, otni bo‘laklamagan holda, 1,0 mln. so‘mdan 
iqtisodiy «qism»larga bo‘lish mumkin. Bundan keyin, ko‘pkari (uloq)dan 
topilayotgan pul, otni mashq qildirishga va boqishga ketgan xarajatlarni chiqarib 
tashlab, barcha ulushi borlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Yana bir misol sifatida pul bozorida amalda bo‘lgan investitsion fondlar 
operatsiyasini ko‘rib chiqamiz. Tasavvur qilaylik, Siz ko‘proq ishonchli va 
likvidli dollarlik aktiv – AQSh G‘aznachiligi veksel
96
iga kapital qo‘yishga qaror 
qabul qildingiz. Taklif qilinayotgan veksellarning eng arzoni milliy valyutamizda 
10,0 mln. so‘m turadi. Siz esa bor-yo‘g‘i 1,0 mln. so‘mlik investitsiya 
qilmoqchisiz. Ushbu holatda bu kabi veksellarga ham Sizning moliyaviy 
resurslaringizni boshqa investorlarning resurs-lari bilan birlashtirish yo‘li 
bilangina mablag‘ qo‘yish mumkin. O‘tgan asrning 70-yillarida shunday 
jarayonni rag‘batlantirish uchun investorlarga g‘aznachilik veksellarini qo‘lga 
kiritish imkonini beradigan o‘zaro jamg‘armalar tuzilgan.
95
Bunga misollar keltiringchi?! 
96
“Veksel” nemischa “Wechsel” – o‘zgarish; almashtirish. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B.454. 


353 
O‘zaro jamg‘armada investorlarning mablag‘lari vaqtinchalik birlashtiriladi va 
ularga mazkur jamg‘arma kapitalidagi ularning ulushi ko‘rsatilgan hisobraqamlar 
ochiladi. Jamg‘arma vaqti-vaqti bilan mijozlarga o‘zlarining aksiyalari kursi 
to‘g‘risidagi axborotni taqdim qiladi va ularga amalda istalgan vaqtda o‘zining 
hisobraqamiga istalgan qo‘shimcha summani kiritish yoki pulni qaytarib olish 
imkonini beradi. Shunday qilib, agar jamg‘arma aksiyasining joriy kursi 11 000 
so‘mni tashkil etsa, Siz esa 1,0 mln. so‘m qo‘yayotgan bo‘lsangiz, unda Sizning 
jamg‘armadagi hisobingizda 90,91 aksiya bo‘ladi (1 000 000 : 11 000). Bu 
g‘aznachilik veksellariga investitsiya qiluvchi o‘zaro jamg‘armalar moliyaviy 
tizimning to‘rtinchi funksiyasi bajarilishiga yordamlashayotganidan dalolat beradi. 
Zero, ular tufayli katta qadr-qimmatga ega bo‘lgan veksellar amaliy jihatdan 
benihoya (cheksiz) bo‘linuvchi qimmatli qog‘ozlarga aylanadi. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish