351
Endi yuqorida tasvirlangan vaziyatning o‘rniga
quyidagilarni tasav-vur
qiling: Siz hukumati o‘zining fuqarolariga xorijiy valyuta operatsiya-larini
cheklab qo‘yuvchi davlatda yashovchi boy odamsiz va Siz ham dunyo bo‘ylab
sayohat qilishga qaror qildingiz. Bunda Siz o‘z mamlakatingizda milliy
valyutadan foydalangan holda xohlagan narsangizni sotib oli-shingiz mumkin.
Biroq uning tashqarisida uni (Sizning milliy valyu-tangizni) to‘lov
vositasi
sifatida hech kim qabul qilmaydi. Sizning davlatingizdagi
xorijiy valyutaning
defitsitli ekanligi hukumatni o‘zining fuqarolariga xorijiy valyutani sotib olish
yoki xorijdan qarz olishini ta’qiqlab qo‘yishiga majbur qiladi. Bunday vaziyatda
Siz nima qilgan bo‘lardingiz?
Bunday vaziyatda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan imkoniyatlardan biri, u
qanchalik noqulay bo‘lmasin, quyidagicha: vataningizda qimmatbaho va
tashishga qulay bo‘lgan tovarlar sotib oling. Ularni o‘rab-chirmab, o‘zingiz bilan
olib chiqib keting va xorijda ovqat sotib olish va
yashash uchun ishlatishga
harakat qiling. Boshqacha qilib aytganda,
barter,
ya’ni pul mablag‘laridan
foydalanmagan holda tovar ayirboshlashdan foydalaning. Bu o‘rinda dunyoni
ko‘rish uchun bu eng qulay usul emasligini aytishning hojati ham yo‘q. Zero, Siz
o‘zingiz bilan katta bagaj olib yurishga hamda bor vaqtingiz va kuchingizni
muzey va teatrlarni tomosha qilishga emas, balki mehmonxona yoki tushlik uchun
to‘lov sifatida Siz tomoningizdan taqdim etiladigan ayrim qimmatbaho narsalarni
qabul qilishga rozi bo‘ladigan restoran yoki
mehmonxonani qidirishga
sarflashingiz aniq.
Ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy tizimning muhim
funksiyalaridan biri uy xo‘jaligi va firmalarga u yoki bu tovar va xizmatlarni sotib
olishga ortiqcha ko‘p vaqt sarflashga yo‘l qo‘ymaydigan samarali to‘lov tizimi
faoliyatini ta’minlash hisoblanadi. To‘lov vositasi bo‘lgan oltinni qog‘oz pullarga
almashtirish to‘lov tizimi samaradorligini oshirish misollaridan biri bo‘lib xizmat
qilishi mumkin. Bizning davrda oltin tibbiyotda va zargarlik ishlarida
foydalaniladigan defitsit resurs bo‘lib, qog‘oz pullar esa asosiy to‘lov vositasi
hisoblanadi. Oltinga nisbatan qog‘oz pulning haqiqiyligini tekshirish oson (ularni
soxta-lashtirish qiyinroq) va ulardan turmushda foydalanish, masalan, cho‘ntakda
olib yurish ancha qulay. Bundan tashqari, pulni bosmadan chiqarish (nashr etish)
– bu qazib olish, qayta eritish va oltin tangani zarb qilishdan anchagina arzon
jarayon. To‘lovlarni amalga oshirishning alternativ
94
vositalari: cheklar,
kredit
yoki plastik kartochkalari va elektron to‘lov tizimlari paydo bo‘lishi natijasida
hisob-kitobni amalga oshirishning samaradorligi yanada oshdi.
94
“Alternativ” – mumkin bo‘lgan ikki yoki bir necha imkoniyatdan birini tanlashga asoslangan; muqobil.
“Alternativa” fransuzcha “alternative”, lotincha “alter” – ikkitadan bittasi. 1. Bir-birini inkor etuvchi
imkoniyatlardan birini tanlash; muqobillik. 2. Shu imkoniyatlardan biri. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B.75.