Ichki nazorat xizmati tashkilot yoki muassasaning ichida tashkil qilinsa, tashqi tekshiruv xizmati tekshirilayotgan muassasaning tashkiliy tarkibiy qismi hisoblanmaydi. Oliy nazorat organi tashqi nazorat organi hisoblanadi. Ichki nazorat xizmati qaysi tashkilotda tashkil etilgan bo’lsa, o’sha idora rahbariga bo’ysunishi kerak. Ba’zida, u tashkiliy struktura tarkibida funksional va tashkiliy jihatidan mustaqil bo’lishi mumkin. Oliy nazorat organi tashqi tekshiruv xizmati sifatida ichki nazorat tizmini samaradorligini tekshiradi. Agar ichki nazorat xizmati samarali deb baholansa, ichki nazorat xizmati va oliy nazorat organi o’rtasida vazifalarni taqsimlash va hamkorlik qilish uchun oliy nazorat organi qolgan tekshiruvlarni o’tkazmasligi mumkin.
3. Auditorlik nazoratining nazariy va huquqiy asoslari.
Auditorlik nazorati nodavlat moliyaviy nazoratining yangi turi bo’lib, u mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekistonda ham paydo bo’ldi. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor tizimiga o’tilishi va turli tijorat tizimlarining paydo bo’lishi bilan ularning moliyaviy ishonchliligiga, shuningdek ular moliyaviy holatini obyektiv baholashga nisbatan talablar keskin oshirildi.
Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari buxgalterlik va moliyaviy hisobotning ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xo’jalik operatsiyalarining amalda bo’lgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash, tekshirilayotgan iqtisodiy subyektlarning to’lov-hisobot hujjatlarini, soliq deklaratsiyalarini va boshqa moliyaviy majburiyatlarini tekshirishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonuni yangi tahrirda 2000 yil 26 mayda qabul qilingan bo’lib, unga 2009 yil 9 sentyabrda O’zbekiston Respublikasining 216-son Qonuni bilan o’zgatirishlar kiritilgan. Mazkur qonunning 3-moddasiga binoan “Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi”.
Auditorlik tashkilotlari quyidagi professional xizmatlarini ko’rsatishlari mumkin:
• buxgalteriya xisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish; •moliyaviy xisobotni tuzish;
• milliy moliyaviy xisobotni buxgalteriya xisobi xalqaro standartlariga o’tkazish;
• xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini taxlil qilish;
• buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menejment va moliyaxo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
• soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha xisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |