Umumdavlat nazorat organlari va ularni moliyaviy nazoratni tashkil etishdagi roli.
Javob:
Umumdavlat moliyaviy nazorati qonun chiqaruvchi organlar Oliy majlis, Vazirlar maxkamasi tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli nobyudjet fondlarining loyihalarini ko’rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 78-moddasining 8-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bo’yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o’rnatadi.
O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi — Hukumati O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
1-rasm. Milliy parlamentariyning uchta asosiy davri
Senat tomonidan nazorat qilish sohasidagi vakolatlarning amalga oshirilishi quyidagilar bilan izohlanadi:
Senat, shuningdek senatorlar davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kirgan maslalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqti nazarini bayon qilish talabi bilan parlament so’rovi yuborishga haqli;
Paralament so’roviga javobni davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxmlari Senat majlislarida beradilar;
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xo’jalik sudining raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlari nomiga yo’llangan parlament so’rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taaluqli bo’lishi mumkin emas;
Parlament so’rovlari bo’yicha axborot Senat majlisida muxokama qilinishi mumkin. Senat muhokama yakunlari bo’yicha qaror qabul qiladi.
Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo’lgan Oliy majlis soliqlar, yig’imlar, nosoliqli to’lovlarni belgilaydi (o’rnatadi), Davlat byudjetini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o’zida davlat ichki va tashqi qarzining tegishli (chegaraviy) darajasini belgilash (o’rnatish) ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |