Moliyaviy nazorat - bu xo'jalik yurituvchi subyektlar va boshqaruv faoliyatining moliyaviy va ular bilan bog'liq masalalarini, uni tashkil etishning o'ziga xos shakllari va usullaridan foydalangan holda tekshirish bo'yicha harakatlar va operatsiyalar majmui. Moliyaviy nazorat xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, boshqaruv funktsiyalaridan biridir. Bu vakolatli shaxslar tomonidan nazorat qilinadigan ob'ektga muvofiqlikni tekshirish bo'yicha harakatlar tizimi:
Moliya nazorati
moliyaviy hujjatlarning yuritilishini, uning belgilangan meʼyorlar va kriteriyalarga muvofiqligini nazorat qilish;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan moliyaviy operatsiyalar, bitim va kelishuvlarni amalga oshirishda qonunlar va meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish.
Moliyaviy nazorat o`zi nima ?
Moliyaviy nazorat quyidagi tekshirishlarni o‘zida aks ettiradi: - obyektiv iqtisodiy qonunlar talabiga rioya etish; - milliy daromad va yalpi ijtimoiy mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlashdagi optimallikni ta’minlash; - davlat budjeti daromadlarini tashkil etish va ijrosi (budjet nazorati)ni ta’minlash; - korxona, tashkilot va budjet muassasalarida moliyaviy, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish; - xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holati va soliq nazorati.
Jamoat nazoratini mustaqil, masalan, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati, atrof-muhitni himoya qilish jamiyatlari amalga oshira boshladilar.
Moliyaviy nazorat amalga oshirish usullari bo‘yicha ham farqlanib, u quyidagilarga bo‘linadi:
tekshirish;
o‘rganish;
tahlil;
taftish.
Moliyaviy nazoratning mohiyati.
Moliyaning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan o’ziga xosligi uning iqtisodiy kategoriya sifatida nazorat funksiyasini bajarishi hisoblanadi. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning instrumenti hisoblanuvchi moliya taqsimlash jarayonini obyektiv aks ettirib beradi. Moliyaning nazorat funksiyasi markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini tashkil qilinishi va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha YAIMni taqsimlanish jarayonida paydo buladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy nazorat ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishini ta’minlashga yo‘naltirilgandir. Moliyaviy nazorat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini qamrab oladi. Chunki moliyaning taqsimlash obyekti YAIM hisoblanib YAIM umumiy tarzda 2 qismdan tashkil topadi: Moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari. Moliyaviy nazorat jamiyat iqtisodiyotidagi iqtisodiy samaradorlikni rag’batlantirish, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini imkoniyat darajasida iqtisod qilishga yo‘naltirilgan.
Moliyaviy nazoratning muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bo‘yicha qonunchilikka rioya qilish, xo’jalik subyektlarining budjet tizimi, kredit tizimi, soliq tizimi hamda korxona va tashkilotlar bilan zarur hisob kitoblar va to’lovlar bo‘yicha o’zaro moliyaviy majburiyatlarga aniq rioya qilishni tekshirish hisoblanadi. Moliyaviy nazorat odatda 2 asosiy jihatlarda ko’rib o‘tiladi: 1) Barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishini nazorat qilish uchun tashkil qilingan maxsus nazorat organlarining faoliyati. 2)Moliyaviy operatsiyalarni maqsadga muvofiqligi va samaradorligini ta’minlash maqsadidagi makro va mikrodarajalarda moliyaviy boshqaruv va pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elementi sifatida. Ikkala jihati ham uzaro bog’liq bo’lib, ular o’zlarining amalga oshirish maqsadlari, usullari va nazorat subyektlari bilangina farqlanadilar. Agar birinchi jihatda nazoratning xuquqiy va miqdoriy tomonlari qamrab olinsa ikkinchi holatda asosiy e’tibor moliyaviy nazoratning analitik tomonlariga qaratiladi.
Moliya nazoratining dastlabki shakli yuridik va jismoniy shaxslarning moliya xo‘jalik jarayonini yurgizishda muhim ahamiyat kasb etib, u korxona moliya rejasini tashkil qilishda, ko‘rib chiqishda va tasdiqlashda, muassasa va tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar smetasi, ta’sis hujjatlarini imzolashdan oldin amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jarayonlar tartibidir. Shunday qilib, dastlabki nazorat moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga ijobiy shart-sharoit yaratib beradi. Moliyaviy nazoratning bu shakli amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Moliyaviy nazoratning zaruriyati Moliyaviy nazoratning turkumlanishi